Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-oktabr,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi*.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati*.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi*.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
9. Markaziy saylov komissiyasi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 980-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/980/2262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
112. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni.
(112-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 129-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 09/19/129/2617-son)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Toshkent shahri hokimligi.
13. Toshkent viloyati hokimligi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
191. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 552-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/552/1537-son)
20. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi*.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/758/1958-son)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi*.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi*.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
282. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
283. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
(283-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
36. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT,2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(362-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
363. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi.
(363-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 419-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/419/1306-son)
Oldingi tahrirga qarang.
364. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(364-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
365. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi.
(365-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 887-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 09/18/887/2131-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
366. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi.
(366-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 345-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/345/2993-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
38. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
40. Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. “Oʻzarxiv” agentligi.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
461. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
(461-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 900-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/900/2150-son)
47. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati.
Keyingi tahrirga qarang.
49. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati.
50. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati.
51. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi.
52. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
54. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
56. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi.
57. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
59. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati.
60. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-apreldagi 179-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
601. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
(601-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 317-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/317/2950-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 813-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/813/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
611. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.
(611-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 618-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2019-y., 09/19/618/3467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
612. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.
(612-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/675/3574-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 113-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/113/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
621. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi.
(621-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 319-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 09/18/319/1143-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
631. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati.
(631-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-yanvardagi 21-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2019-y., 09/19/21/2463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 653-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/653/1703-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati.
(65 va 66-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 62-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 07/19/62/2540-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 191-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 09/19/191/2709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 241-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2019 y., 09/19/241/2806-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 249-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/249/2836-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 475-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/475/3060-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 781-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 09/19/781/3768-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 1, 2 va 3-bandlarda koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida boʻlmaganda — ularning oʻrinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/758/1958-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) 4-bandda:
“er-xotinning amalda yashagan joyida” soʻzlaridan oldin “birgalikdagi nikohdan bolalari boʻlmagan” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Fuqaro Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) koʻrsatib oʻtilgan organlar rahbarlarining oʻrinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkita xatboshi tarzida bayon qilinsin:
“Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Roʻyxatning 3-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadi.
Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha doimiy propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila aʼzolarini (eri, xotini, shuningdek oʻz oilasi boʻlmagan farzandlarini) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining (mulkdorlarining) roziligi bilan tegishli ravishda Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha amalga oshiriladi”.
v) quyidagi mazmundagi 71, 72 va 73-bandlar qoʻshilsin:
“71. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar doimiy propiska qilingan shaxslarning toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ularning turar joy maydoniga Roʻyxatning 2-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadilar.
72. Roʻyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Roʻyxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar.
73. Roʻyxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan farzandlari (oʻz oilasiga ega boʻlmagan) Roʻyxatning 2-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadilar”;
g) 8-bandning birinchi xatboshidagi “va hadya qilishni” soʻzlaridan keyin “shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini” soʻzlari qoʻshilsin, matndan esa “va Toshkent viloyatida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 9-bandning birinchi xatboshidagi “va hadya qilishni” soʻzlaridan keyin “shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini” soʻzlari qoʻshilsin;
e) quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni sud ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi taklifi boʻyicha qarzni undiruvchiga — garovni saqlovchiga berish sotib oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs boʻlsa yoʻl qoʻyiladi”;
j) 14-bandning toʻqqizinchi xatboshi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga olish yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan shartnomaning nusxasi”.
2. 2-ilovada (Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, ushbu Nizomga ilovadagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari Roʻyxati”ga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga egadirlar”;
b) 3-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nikoh tuzilganlik, tugʻilganlik, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomga ilovaning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilishda)”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (1992-yil 28-iyul) kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va sobiq SSSR namunasidagi pasportlarga ega boʻlgan yoki ularni yoʻqotgan, shuningdek hujjatlarga ega boʻlmagan (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan Roʻyxatga kiruvchi uzoq vaqt Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida yashayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TSHIIBB XCHKvaFRBga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi) bundan mustasno.
Ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan Roʻyxatga kirmaydigan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, tegishli hujjatlar (fuqaroligi yoʻq shaxs uchun yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi yoʻq shaxs uchun harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtirilib, poytaxt mintaqasi yoki respublika hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi, ushbu toʻgʻrisida ulardan belgilangan namunadagi majburiyatnoma olinadi”;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. TSHIIB XCHKvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda matnda — IIBB XCHKvaFRB) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — IIB XCHKvaFRB) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi”;
d) 8-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nikoh tuzilganlik, tugʻilganlik, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomga ilovaning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilishda)”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 9 — 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. TSHIIB XCHKvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng bir sutka mobaynida arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni IIBB XCHKvaFRBga yoki IIB XCHKvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi”
10. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB XCHKvaFRB yoki IIB XCHKvaFRB oʻn kun muddatda Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB boshligʻining tegishli oʻrinbosari tasdiqlaydigan qarorni chiqaradi.
11. Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror TSHIBB XCHKvaFRB yoki IIBB XCHKvaFRB, IIB XCHKvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.
12. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TSHIBB XCHKvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng qolish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.
Quyidagilar yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha boʻlishlari uchun asos hisoblanadi:
qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud boʻlganda;
yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud boʻlganda;
vasiylar (homiylar) mavjud boʻlganda;
mehnat faoliyati bilan shugʻullanganda, taʼlim muassasalarida oʻqiganda;
davolash muassasalarida davolanayotganda”.
j) quyidagi mazmundagi 121, 122 va 123-bandlar qoʻshilsin:
“121. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs:
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyxatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisida ichki ishlar organining maʼlumotnomasini taqdim etsa.
122. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs:
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyxatning 2, 3 va 6 bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
123. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga oʻtish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TSHIIB XCHKvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan koʻrib chiqiladi”;
z) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini koʻrib chiqish TSHIIB XCHKvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tamom boʻlishidan oʻn besh kun oldin TSHIIB XCHKvaFRBga ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TSHIIB XCHKvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi”;
i) Nizomga quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
“Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari
ROʻYXATI
1. Qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega boʻlgan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari va FBSHlar deb ataladi) — xususiy mulk qilib sotib olingan uy-joyga.
2. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
3. Er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan boʻlsa.
4. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
5. Ota-onalari boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar — oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
6. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik davlat boshqa tashkilotlariga ishga taklif etiladigan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — koʻrsatib oʻtilgan shaxslar lavozimda turadigan davrga.
Izoh: ushbu qaror kuchga kirganidan soʻng mazkur Roʻyxatning 2 (er yoki xotin, oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan bolalari va er-xotinning birgalikdagi va/yoki oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari bundan mustasno), 3, 4, 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.