Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BIRJADAN TASHQARI VALYUTA BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 29-IYUNDAGI 245-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga 3-ilovaning 44-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-mart,
130-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 31-modda)