Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QAYMOGʻI OLINMAGAN SUTNI QAYTA IShLOVChI KIChIK ZAVODLAR TAShKIL ETISh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻtkazilgan tenderga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlashning eng maqbul shartlarida kredit jalb qilingan holda qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, “Leumi-Le-Izrail B.M.” (Isroil) banki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish chora-tadbirlari haqida” 1998-yil 10-oktabrdagi 434-son qaroriga muvofiq kichik zavodlar sotib olish yuzasidan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlashni tashkil etish boʻyicha xorijiy kreditor bank hisoblanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-aprel,
139-son