Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
185-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 275-modda)