Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2820]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-iyul,
7-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-iyul,
52-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 12-iyuldagi 7-mh, 52-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini (bundan buyon matnda toʻlov deb yuritiladi) undirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
2. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) uzaytirilgan kun guruhlari Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida toʻlov har bir oy uchun eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhidagi bolalar soni 25 — 30 nafar etib belgilanadi.
2-bob. Toʻlovni amalga oshirish
5. Toʻlov ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
6. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan toʻlovning shartnomada belgilangan miqdorda uzrli sabablarsiz toʻlanmasligi bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlarida boʻlishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.
7. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquv yili (sentabr — may oylari) davomida oyma-oy toʻlab boriladi. Joriy oy uchun toʻlov shu oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
8. Toʻlov tijorat banki orqali istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda, shu jumladan bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) toʻlanadi. Bunda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
9. Toʻlov umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasining hududiy gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasasining shaxsiy gʻaznachilik hisobvaragʻida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Toʻliq qatnashilmagan kunlar uchun toʻlov hisob-kitobi
10. Ota-onaning yozma arizasiga asosan, bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatiladigan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda uzaytirilgan kun guruhiga qatnashadigan kunlar uchun toʻlanadi.
11. Bolaning oʻzi yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin, shuningdek ota-onalarning mehnat taʼtili paytida yoki boshqa sabablarga koʻra bola uzaytirilgan kun guruhiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan taqdirda, ota-onaning yozma arizasiga asosan, ushbu kunlar uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlov keyingi oylar uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi.
Bunda bolaning uzaytirilgan kun guruhiga kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
12. Bir kunlik toʻlov miqdori oylik toʻlov miqdorini uzaytirilgan kun guruhi ish kunlarining rejadagi soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
13. Bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
14. Toʻlanishi belgilangan oxirgi kundan boshlab ikki hafta mobaynida toʻlov belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhida boʻlishi toʻxtatiladi.
15. Toʻlov amalga oshirilmaganligi oqibatida kelib chiqqan qarzdorlik toʻliq bartaraf etilmagunga qadar bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhiga qatnashiga ruxsat berilmaydi hamda qarzdorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgargan hollarda, eng kam oylik ish haqi oʻzgargan sanadan boshlab toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Toʻlovdan ozod qilish
17. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Toʻlovdan ozod qilinadigan bolalar roʻyxati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli va kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va umumiy oʻrta taʼlim muassasasi ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati oʻquv yilining 25-sentabr sanasiga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlariga qatnashi toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar toʻlovdan ozod qilingan bolalar roʻyxatiga kirmay qolgan kam taʼminlangan oilalar farzandlari hisobiga toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Toʻlovdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
21. Toʻlovdan tushgan mablagʻlar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlarining tarbiyachilari (bundan buyon matnda tarbiyachi deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlash xarajatlariga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.
22. Tarbiyachilarning oylik ish haqi miqdori pedagog xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Tarbiyachilarga mehnat taʼtili berish mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mehnat taʼtili muddati belgilangan tartibda ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Tarbiyachilarning mehnatiga haq toʻlash va mehnat taʼtili haqini toʻlashdan keyin boʻshab qolgan mablagʻlar ularni moddiy ragʻbatlantirish xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Buxgalteriya hisobi va hisoboti
25. Uzaytirilgan kun guruhlarining buxgalteriya hisobini yuritish umumiy oʻrta taʼlim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning kirim qilinishi va sarflanishi hisobotlarini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Yakuniy qoidalar
27. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining direktori va bosh buxgalteri (buxgalterlari) toʻlovlarning maqsadli sarflanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 383-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/2820-1/3644-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son; 11.08.2025-y., 10/25/2820-3/0719-son; 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)