Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-iyul,
53-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-iyul,
2016-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoʻshimcha foyda — sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi boʻyicha aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.”.
3. 1-ilovaning 010-satridagi “Realizatsiya qilingan sement hajmi” degan soʻzlar “Jami realizatsiya qilingan sement hajmi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2-ilovaning 010-satridagi “Realizatsiya qilingan klinker hajmi” degan soʻzlar “Jami realizatsiya qilingan klinker hajmi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 373-modda)