Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.05.1999 yildagi 255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 20.05.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QURILISh MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining texnologiya asbob-uskunalarini zamonaviylashtirish va xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining erkin bozorda (shu jumladan xorijiy investorlarga) sotish uchun moʻljallangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshQMK” aksiyadorlik jamiyatining 37005 ta yoki aksiyadorlik jamiyati ustav fondining 35,7 foizi miqdoridagi aksiyalari paketlarini Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ohangaron plastmassa qurilish materiallari” aksiyadorlik jamiyatining 25776 ta yoki ustav fondining 36,1 foizi miqdoridagi aksiyalar paketlarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ka sotish hamda mablagʻlarni ishlab chiqarishni renovatsiyalash va yangilashga, shuningdek xorijiy kreditlarni qaytarishga yoʻnaltirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovaga kiritilgan quyidagi korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalarini sotishdan tushgan tushum toʻliq hajmda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kvars” aksiyadorlik jamiyatiga — arxitektura-qurilish oynasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi obyektni ishga tushirish uchun olingan davlat va tijorat kreditlarini qisman qaytarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kulol” aksiyadorlik jamiyatiga — texnologiya asbob-uskunalarini yangilash va zamonaviylashtirish hamda zamonaviy santexnika buyumlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Santexquyma” aksiyadorlik jamiyatiga — kreditor qarzlarni qaytarish va import xomashyo xarid qilish uchun toʻliq hajmda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Ohangaronsement” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilayotgan, erkin sotuvga va xorijiy investorlarga sotishga moʻljallangan aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻlar qaytarish asosida 5 yil muddatga renovatsiyaga maqsadli yoʻnaltirish va texnologiya asbob-uskunalarini yangilashda foydalanish uchun aksiyadorlik jamiyatlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda vaqtincha berilayotgan mablagʻlarni qaytarish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovadagi 120-“Ohangaron plastmassa qurilish materiallari” AJ va 124 - “ToshQMK” AJ tartib raqamlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Emitentlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar maqsadli foydalanilishi hamda asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar sotib olishga tuziladigan kontraktlarning asoslanganligi uchun javobgarlik “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Isayev va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-son