Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hamda bozor infratuzilmasining ta’sirchan mexanizmi sifatida tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Respublika tovar-xomashyo birjalarining hisob-kitob (kliring) palatalari to‘g‘risida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralarning korxonalari hamda ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalariga, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolariga, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolariga bitishuvlarni, qoidaga ko‘ra, birjalar va yarmarkalarda tuzish tavsiya qilinsin, bunda raqobat, qulaylik va bitishuvlarning oshkoraligi ta’minlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tovarlar va xomashyolarning asosiy turlari uchun Birjalar kengashi tomonidan taqdim etilgan birja kotirovkalari ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘zlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va u to‘lov hamda hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “so‘m”da nazarda tutiladigan birja savdolarida tuziladigan tovarlar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha import kontraktlarga joriy etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Import tovarlarni birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali sotuvga qo‘yishda sotuvchi yoki sotuvchining brokeri birjaga:
sotuvga qo‘yilayotgan tovarga uning mijozining mulk huquqini, tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat ta’minoti mablag‘larini to‘lagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonun hujjatlarida belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sotuvchi tomonidan imzolangan kafolat xatini;
kafolat ta’minoti mablag‘lari to‘lanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor ma’lumotnomasini;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining belgilangan tartibdagi shartnoma-kafolatnomalari, kafolatlari so‘m asosida birjalarda tuzilgan import kontraktlarni ta’minlash shakllari hisoblanadi.
4. Birja savdolarida tuzilgan import kontraktlarida konsalting xizmatlarining narxlar darajasi haqidagi ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Birjaning barcha qatnashchilari uchun real vaqt rejimida tashkil etilib o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan import kontrakti:
tovar-xomashyo birjalarining birja savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan Tartibiga muvofiq birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) rasmiylashtiriladi hamda ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
Mazkur Tartibning 2-bandida sanab o‘tilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun ushbu ma’lumotlarni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
6. Birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan import kontraktlari ikki ish kuni davomida ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida yoki uning hududiy organlarida hisobga qo‘yish uchun shaxsan jo‘natiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bojxona organlari birja yoki uning filiali (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasi) brokerlaridan import kontraktlarini ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladigan mas’ul xodimlarni belgilaydi, kontraktlar hisobga qo‘yilgandan keyin ikki ish kuni davomida birjaga qaytarilishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 96-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Import kontraktlari bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tegishli bank muassasalari tomonidan ijro etishga qabul qilinadi. Birjada tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha haq to‘lash kontrakt asosida amalga oshiriladi. Faksimil aloqa bo‘yicha olingan va birja muhri bilan tasdiqlangan shartnomalar — topshiriqlar, kafolat xatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, keyinchalik asl nusxalari navbatdagi o‘n kalendar kun davomida taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 42-son, 455-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 42-son, 455-modda)
10. Import kontrakti tuzilgandan keyin xaridor uch bank kuni davomida kontraktda ko‘rsatilgan to‘lov shartlariga muvofiq, biroq bitishuv summasining kamida 15 foizi miqdorida birja hisob-kitob (kliring) palatasining maxsus schyotiga pul mablag‘lari o‘tkazadi. To‘lov fakti bojxona organida kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yetarli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan yoki uning hududiy organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja import kontraktlari bo‘yicha tovarni olib kelishda tovarning kelib tushish joyidagi bojxona bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun tegishli hujjatlarni taqdim etgan shaxs javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tovar birja import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgandan va xaridor tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin birjaning hisob-kitob-kliring palatasi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mda sotuvchi-norezidentning birjaning hisob-kitob (kliring) palatasidagi hisob raqamiga o‘tkazadi, sotuvchi ulardan faqat birjalar va birjalarning ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida birjalar faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 3-martdagi 95-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 3-son, 5-modda):
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan birjalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartibi 3-bandidagi “lekin 2500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari “lekin eng kam oylik ish haqining besh baravaridan kam va yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
“import kontraktlarini hisobga qo‘yish (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish bo‘limlarida — ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari amalga oshiriladi”;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 2003-y., 416-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
“Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tadbiq etiladi”.