26.04.2004 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.12.2006 23 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

LIZING XIZMATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lizing operatsiyalarini yanada rivojlantirish, ulardan korxonalarni tashkil etish va zamonaviylashtirish uchun samarali foydalanish, korxonalarni raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni taʼminlovchi zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soliq solinadigan daromadlar (foyda)ni aniqlashda lizingga oluvchilarning 2009-yil 1-yanvargacha lizingga olingan asosiy vositalar boʻyicha jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari jami summasini, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tezlashtirilgan usul bilan hisoblangan summani chegirib tashlash huquqiga ega boʻlishiga doir tartib belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda belgilangan tartibga qatʼiy amal qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2004-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun Moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobining yangi hisob-kitoblar rejasi joriy qilinishini hisobga olgan holda, ikki hafta muddatda Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 26-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat bojlari stavkalari 4-bandining “u” kichik bandiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi boʻyicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan toʻlanmagan toʻlovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) II boʻlim 16-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16. Yuridik shaxslar transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) V boʻlim 1-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash” soʻzlaridan keyin “lizing, sublizing” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi VII boʻlim qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“VII. Lizing obyekti hisoblangan transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs tomonidan mulk sifatida sotib olingan va jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsga vaqtincha egalik qilish va foydalanish huquqi bilan lizing shartnomasi yoki sublizing shartnomasi asosida berilgan transport vositalari, lizingga beruvchi nomiga yoki lizingga oluvchi nomiga tomonlarning yozma bitimi boʻyicha (belgilangan namunadagi blankalarda) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Lizingga beruvchi nomiga transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish umumiy asoslarda lizing beruvchi joylashgan joyda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchiga lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi lizing yoki sublizing shartnomasiga asosan vaqtinchalik egalik va foydalanish huquqi berilgan transport vositalari shartnoma amal qilish muddatiga lizingga oluvchining joylashgan joyi boʻyicha quyidagilarga asosan roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga beruvchining transport vositalariga mulk egasi huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (oldi-sotdi shartnomasi, maʼlumotnoma-hisob raqami va/yoki davlat orderi va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing yoki sublizing shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi (agar transport vositasi ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda — bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga oluvchining, agar u yuridik shaxs boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazish lizing yoki sublizing shartnomasida yoxud transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlarda koʻrsatilgan muddatga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgan holda amalga oshiriladi. Bunda lizingga beruvchining ruxsatisiz transport vositalari hisobdan chiqarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazishda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining “Muhim belgilar” ustuniga “Lizing, vaqtincha hisobda turishi ____gacha” yozuvi yoziladi va transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish muddatining tamom boʻlish sanasi koʻrsatiladi, lizing (sublizing) shartnomasining tartib raqami va shartnomaning tuzilgan sanasi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Lizing shartnomasi muddati tugagach lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositasi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek transport vositalarini hisobdan chiqarishga asos boʻlgan hujjatlar tikib qoʻyiladi va hujjatlar belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasi asosida lizingga beruvchi yoki lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari transport vositasiga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishi toʻgʻrisida lizingga beruvchining yozma tasdigʻi va lizing shartnomasi asosida lizingga oluvchi nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Transport vositalariga mulk egasi huquqining lizingga oluvchiga oʻtishini nazarda tutmaydigan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagach transport vositalari hisobdan chiqarilishi va faqat koʻrsatilgan transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga oʻtishini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar asosida lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Lizing shartnomasi bekor qilinganda va lizingga oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari lizingga beruvchiga qaytarilganda, koʻrsatilgan transport vositalari lizingga beruvchi va lizingga oluvchining birgalikdagi yozma arizasi yoki sud organlari yoki boshqa organlarning ijro hujjati nusxasi ilova qilingan holda lizingga beruvchining yozma arizasi asosida lizingga beruvchiga qayta rasmiylashtiriladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganda uni oʻz vaqtida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun lizingga beruvchi ham, lizingga oluvchi ham javob beradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) VII boʻlim VIII boʻlim deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Vazirlar Mahkamasining “Normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 6-maydagi 194-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qarorning toʻrtinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Lizingga beruvchi nomiga import boʻyicha keluvchi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokeri ularni qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar bilan birga bojxona organiga taqdim etadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 4-modda) ilovaga quyidagi mazmundagi XI boʻlim qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“XI. Lizingga oluvchidan qarzni undirish va lizing obyektini talab qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Lizingga oluvchining qarzini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro xatlarini olish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qarzni undirish va/yoki lizing obyektini talab qilib olishni amalga oshirishga asos boʻladigan lizing shartnomasining asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) lizingga oluvchining lizingga beruvchi oldidagi qarzini tasdiqlaydigan ikki tomonlama taqqoslash dalolatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) lizingga oluvchining ogohlantirishni olganligi toʻgʻrisidagi tilxati bilan birga qarzni qaytarish toʻgʻrisida ogohlantirish xatining nusxasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(V band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 486-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari” nomli 20-ilova jadvalidagi 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asosiy faoliyati lizingga mol-mulk taqdim etish boʻlgan korxonalar tomonidan mablagʻlar ajratish — lizing boʻyicha daromad (foizlar) summasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 197-modda; 2006-y., 48—50-son, 486-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)