Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-iyuldagi PF 3103-son Farmonining 6-bandini hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qarorining 14-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-avgust,
305-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga
ILOVA
2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarori 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarori 6-bandidagi “Davlat matbuot qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda)ning 1, 2, 3 va 5-bandlaridagi “Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi” ustunidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda)ning 8-bandidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 78-modda)ning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarorining 4, 6, 7 va 8-bandlaridagi Davlat matbuot qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2004-y., 24-son, 273-modda; 2009-y., 13-son, 145-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)