20.08.2002 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LITSENZIYALASHNI BEKOR QILISH HAMDA ISTEʼMOL TOVARLARINI OLIB KELISH VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ICHKI BOZORIDA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq va respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kelish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, ichki isteʼmol bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tayyor isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishning ustuvor huquqini beruvchi litsenziyalar berish mexanizmi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlar uchun birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishga vakolatli banklarga har choraklik limitlar bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2002-yil 1-oktabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyati uchun Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga barcha isteʼmol tovarlari olib kelinishiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan majburiy tartibda muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona chegarasi orqali isteʼmol tovarlarini olib kelishda bojxona toʻlovlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiy toʻlovlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kelinayotgan isteʼmol tovarlariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni toʻlash va naqd savdo tushumini har kuni banklarning kassalariga majburiy topshirish qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi xalqaro amaliyotda umumiy qabul qilingan normalarga rioya etilgan taqdirda isteʼmol tovarlarini respublikaga import qilish va ularni sotish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2002-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari tuzilgan shartnomalar asosida faqat oʻzining rasmiy eʼlon qilingan distribyutorlariga, shuningdek nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalanilgan taqdirda turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga ulgurji sotiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import isteʼmol tovarlarini olib kelish va ularni ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvida oʻzining rasmiy distribyutorlari roʻyxatini taqdim etishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji savdo subyektlarining distribyutorlari nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchasiga ega boʻlishlari kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol tovarlari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish shaklida ulgurji sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻzlarining rasmiy distribyutorlari sifatida eʼlon qilinmagan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga isteʼmol tovarlarini ulgurji sotishi taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ulgurji va ulgurji-chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishda koʻrsatib oʻtilgan tartibga qatʼiy amal qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ulgurji sotish uchun import qilinayotgan isteʼmol tovarlarini bojxonada rasmiylashtirishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2002-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning buyum bozorlarida import isteʼmol tovarlari faqat yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va eksport-import operatsiyalarini hamda chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga tovarlar ular tomonidan olib kelinganligini, muvofiqlik sertifikatlarini, bojxona toʻlovlari va qatʼiy belgilangan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda sotilishiga belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. Bunda ular tomonidan isteʼmol tovarlarini nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmasdan sotishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyum bozorlarida isteʼmol tovarlarini sotishning koʻrsatib oʻtilgan tartibiga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, tijorat banklari savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi va isteʼmol tovarlarini sotishdan tushgan naqd savdo tushumi har kuni banklarning kassalariga toʻliq topshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2003-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar yorliqlarida (etiketkalarida) Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot va ularni qoʻllash, ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud boʻlmagan erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarning ayrim turlarini markalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilikka qatʼiy rioya qilinishi, isteʼmol tovarlari bozorida raqobat munosabatlari samarali ishlashi, narxlar sunʼiy ravishda oshirilishiga, nohalol raqobatga, eng avvalo, tovarlarning tayyorlanish joyi, isteʼmol xususiyatlari va sifati yuzasidan isteʼmolchilar chalgʻitilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 20-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari va dori-darmonlar importini tarif bilan va notarif boshqarish tizimini joriy etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import isteʼmol tovarlari tender asosida olib kelinishini nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, yuridik shaxslar tomonidan respublikaga texnologiya xom ashyosi, butlovchi uzellar va buyumlar sifatida olib kelinayotgan nooziq-ovqat tovarlari Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-son qarori bilan belgilangan tovar bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida isteʼmol tovarlari importi uchun yigʻimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda tayyor mahsulotlarni texnologiya xom ashyosi, butlovchi uzellar va buyumlar qatoriga kiritishni aniq cheklovchi qoidani ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini yaratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-iyuldagi 305-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 20-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 122-modda, 23-son, 188-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda, 23-son, 302-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)