Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-aprelda 2525-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 5-noyabrdagi 01-02/12-29-son “Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2525, 2013-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 619-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-aprel,
01-02/12-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-16-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deklarant — aviakerosin mahsulotini va transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan aviakerosin mahsuloti va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs”;
b) 2-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” hamda “, Tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazish qoidalari (roʻyxat raqami 875, 2000-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son), “Vaqtincha saqlash” bojxona rejimi haqidagi nizom (roʻyxat raqami 447, 1998-yil 17-iyun) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 8-son, 103-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish hududiy bojxona organi tomonidan berilgan ruxsatnoma raqami va sanasini bojxona yuk deklaratsiyasining 44-grafasida qayd etish asosida amalga oshiriladi”;
g) 7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 51-son, 575-modda) talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 16-bandda:
birinchi xatboshidagi “deklaratsiyasining asl nusxalari” degan soʻzlar “deklaratsiyasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 17-banddagi “partiya” degan soʻzlar “turkum” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 18-banddagi “37-katagidagi” degan soʻzlar “37-grafasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 19-banddagi “nizom va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral)” degan soʻzlar “nizomda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 1-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 159-modda)