Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2004 20.12.1996 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2004
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llamoqdalar. Shu bilan birgalikda ularning faoliyatida ish holatlarini va aybdorning shaxsini ta’rif-tavsiflovchi ma’lumotlarni yuzaki tekshirish faktlari, sodir etilgan jinoiy harakatlarni tavsiflashda va qilingan jinoyat uchun jazo tayinlashda xatoga yo‘l qo‘yish hollari uchramoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatning subyektiv tomonlarini to‘g‘ri aniqlamaslik, ayrim hollarda, sudlarning jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir shikast yetkazishni yoki ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishni qasddan odam o‘ldirishdan, shuningdek qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilishni boshqa jinoyat tarkibidan farqlay olmasligiga sababchi bo‘lmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘pincha bezorilik orqasida odam o‘ldirishga, juda raxmsizlik bilan odam o‘ldirishga, jabrlanuvchining xizmat va fuqarolik burchini bajarishi bilan o‘ldirishga, ikki yoki bir necha kishini o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha aybdorning harakatlarini tavsiflashda xatoga yo‘l qo‘yiladi. G‘araz niyat odam o‘ldirgandan so‘ng yuzaga kelgan yoki bunday maqsad bo‘lmagan hollarda odam o‘ldirish harakatlari, ba’zan g‘arazlik bilan odam o‘ldirish deb noto‘g‘ri tavsif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha kishi ishtirokida odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlarni sudlar tomonidan ko‘rishda ham aybdorning harakatlarini tavsif qilishdagi xatolar uchrab turadi. Sudlar har doim ham har bir sudlanuvchining jinoyatni sodir etishdagi xatti-harakatlari na tutgan o‘rnini aniqlamaydilar va ayrim hollarda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishda bevosita qatnashmagan shaxslarni, shuningdek, jabrlanuvchini o‘ldirish maqsadi bo‘lmagan va jinoyatning boshqa ishtirokchilarida bunday niyat bo‘lganligini bilmagan shaxslarni asossiz ravishda odam o‘ldirish jinoyatining birgalikda bajaruvchilari deb topadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning e’tibori har bir jinoyat ishini ko‘rishda majburiy hisoblangan sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, to‘la va xolis ravishda tekshirish to‘g‘risidagi qonun talabi, ayniqsa, odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha inobatga olinishi kerakligiga qaratilsin, chunki qonun aybni og‘irlashtiradigan holatlarda bu jinoyatni sodir etgan aybdorga o‘lim jazosini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergovning to‘la o‘tkazilmaganligi va bir tomonlama yurgizilganligi natijasida ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan odam o‘ldirish jinoyatining barcha holatlari aniqlanmagan hollarda va bu kamchiliklarni sud majlisi vaqtida to‘ldirish mumkin bo‘lmasa ish qo‘shimcha tergovga yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sodir etilgan harakatni to‘g‘ri baholash va jazo tayinlashi uchun odam o‘ldirishning sabablari, maqsadi va usuli muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarga olib, sudlar, barcha hollarda, bu holatlarni aniqlashlari zarurdir. Shuning bilan birgalikda hukmda sudlar tomonidan qilingan xulosalarni asoslovchi aniq dalillar keltirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sudlar qasddan odam o‘ldirish uchun jazo tayinlashda aybdorning ijobiy yoki salbiy tomondan ta’rif-tavsiflovchi ma’lumotlarni aniqlash jiddiy ahamiyatga ega ekanligini nazardan chetda qoldirmasliklari lozim. Shu barobar jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni, uning aybdor bilan o‘zaro munosabatini, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi xatti-harakatini ham tekshirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchining ruhiy tomondan sog‘lomligiga shubha bo‘lgan taqdirda sud ruhshunoslik ekspertizasi o‘tkazish, zaruriyat tug‘ilganda esa shaxsni tegishli tibbiyot muassasasiga yotqizib tekshirtirish to‘g‘risida ekspertiza tayinlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bir necha shaxs javobgarlikka tortilayotgan qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar har bir sudlanuvchining jinoyatda ishtiroki xarakteri va darajasini tekshirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuning bilan birgalikda odam o‘ldirish maqsadi bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishga bevosita qatnashgan shaxslar jinoyatning bajaruvchilari deb tanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar tomonidan birgalikda jinoyat sodir etilganda sudlar xavfli retsidivist, alohida xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam o‘ldirgan shaxslar tomonidan odam o‘ldirishni ko‘rsatuvi alomatlar faqat shunday holatlar tegishli bo‘lgan jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini tavsiflashda e’tiborga olinishini ko‘zda tutmoqlari darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sudlar qasddan odam o‘ldirishni qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan hollardan farqlashlari shart. Qasddan odam o‘ldirishda, aybdor o‘ldirish niyati bilan harakat qiladi, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish o‘limga sabab bo‘lgan hollarda esa yuzaga kelgan o‘limga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik formasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybdorning qasdi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda sudlar sodir etilgan jinoyat holatlarini barcha tomonlari yig‘indisini inobatga olishlari va jumladan, jinoyat usuli va qurolini, jarohatlarning sonini, xarakterini, joylashishini va boshqa yetkazilgan shikastlarni, jinoiy harakatlarning to‘xtash sabablarini va h.k., shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining voqeagacha bo‘lgan fe’l-atvorini, ularning o‘zaro munosabatini, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xarakterini e’tiborga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agarda aybdor ikki yoki bir necha kishini o‘ldirish yagona maqsadi bilan ikki yoki bir necha kishini o‘ldirsa — bunday odam o‘ldirish harakatlari 97-modda 2-qismining “a” bandi bilan tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir odam o‘ldirilib ikkinchisining hayotiga suiqasd qilinganda, ikki yoki bir necha kishi o‘ldirish jinoyatini oxiriga yetkazilgan deb baholab bo‘lmaydi, chunki bu vaziyatda ikki yoki bir necha kishini o‘ldirish to‘g‘risidagi jinoiy maqsad aybdorning erkiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelishi natijasida oxiriga yetkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda jinoiy qilmishni ish holatlaridan kelib chiqib, 97-moddaning tegishli bandlari bilan yoki shu moddaning 1-qismi va 25-modda orqali 97-modda 2-qismining “a” bandi bilan tavsiflanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismining “b” bandi o‘ldirilgan ayolning homiladorlik muddati va homilaning kelajakda yashash qobiliyatidan qat’iy nazar qo‘llaniladi. Bunday holda javobgarlik jabrlanuvchining homilador ekanligini aybdor bilgan taqdirdagina yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Aybdorning harakatlarini “v” bandi bo‘yicha tavsif qilganda jabrlanuvchining ojiz ahvoli deb uning jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy kamchiligi, balog‘at yoshdaligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi, kasal yoki hushsiz ahvoldaligi va h.k.) tufayli unga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning mohiyati va mazmunini anglab yetmagan yoki o‘zining xatti-harakatlarini boshqara olmagan holatda bo‘lishi va aybdor jabrlanuvchining shu ahvolda ekanligini bilishligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi o‘zining atrofidagi vaziyatni anglab yetmaydigan darajadagi alkogoldan yoki giyohvandlikdan mastligi uni ojiz ahvolda bo‘lgan deb tan olinishi mumkin, bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga duchor etgani ahamiyatga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini amalga oshirishdagi qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida, shuningdek bunday faoliyatini bajarishi munosabati bilan o‘ch olish niyatida sodir etilgan odam o‘ldirish harakatlari “g” bandi bilan tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat burchini bajarish deganda har qanday shaxsning unga xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan yuklatilgan barcha faoliyat fuqarolik burchini bajarish deganda esa fuqarolar tomonidan ularga maxsus topshirilgan jamoat majburiyatlari, shuningdek, jamoat yoki ayrim shaxslarning manfaati uchun qilingan boshqa harakatlar (qonun buzilishining oldini olish, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat to‘g‘risida hokimiyat organlariga xabar berish va h.k.) tushunilmog‘i lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qasddan odam o‘ldirishni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usullar bilan qilingan deb tavsif qilish uchun aybdorning, muayyan shaxsni o‘ldirish maqsadini amalga oshirishda, yagona odam uchungina emas, balki boshqalarga nisbatan ham xavfli bo‘lgan odam o‘ldirish usulini qo‘llaganligini anglaganligi aniqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxslarga tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda aybdorning harakatlari “d” bandidan tashqari Jinoyat kodeksining qasddan badanga shikast yetkazishni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan ham tavsif qilinishi darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aybdorning boshqa millatga, irqqa, dinga mansub shaxsni muayyan millat va irqqa mansubligi, diniy e’tiqodi yoki boshqa millat, irq va dinga mansub shaxslar tomonidan o‘z millati va irqining urf-odatlarini, diniy e’tiqodini amalga oshirgani uchun qasddan o‘ldirish harakatlari, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari “k”, “m”, “e” bandlari bilan tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy tartibsizliklar jarayonida aybdor tomonidan qasddan odam o‘ldirishdan tashqari qirg‘in solish, vayron qilish, o‘t qo‘yish va shu kabi boshqa jinoyatlar ham sodir etilsa, uning harakatlari jinoyatlar yig‘indisi bilan tavsif qilinmog‘i kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qasddan odam o‘ldirishni 97-modda 2-qismining “j” bandi bilan tavsif qilishda qonun juda ham rahmsizlikni odam o‘ldirishning usuli bilangina emas, balki aybdorning juda raxmsizligini namoyon etuvchi boshqa holatlar bilan ham bog‘lashligini e’tiborga olish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Juda raxmsizlikning belgilari, jumladan: jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yoki odam o‘ldirish jarayonida qo‘llanilgan qiynash, azoblash yoki o‘likni taxqirlash hollarida, shuningdek, odam o‘ldirish aybdor tomonidan ataylab jabrlanuvchini qattiq azoblash usuli bilan sodir etilganda (juda ko‘p miqdorda jarohat yetkazish, azoblaydigan zaxar berish, insonni tirikligicha yoqib yuborish, uzoq muddat oziq-ovqat, suv bermaslik va h.k.) namoyon bo‘ladi. Shuningdek, aybdor o‘zining harakatlari bilan ularga azob-uqubat berayotganini anglagan holda jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining ko‘z oldida o‘ldirganida juda raxmsizlik alomatlari ifoda bo‘lishi mumkin. Jinoyatni yashirish maqsadida o‘likni yo‘q qilish yoki bo‘laklarga bo‘lish odam o‘ldirishni juda rahmsizlik bilan tavsif qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar sifatida qaralishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar, ko‘p miqdorda tan jarohatlari yetkazish, shuningdek, jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining ko‘z oldida o‘ldirishdek juda raxmsizlikning alomatlari mavjud bo‘lsa, jabrlanuvchi tomonidan qilingan noqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan odam o‘ldirishni Jinoyat kodeksining 98 yoki 100-moddasi bilan tavsif qilinishi kerakligini e’tiborga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nosumga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish deb nomusga tegish yoki zo‘rlik ishlatib jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish yoki uni yashirish jarayonida, shuningdek, masalan bu jarayonda ko‘rsatilgan qarshilik uchun o‘ch olish maqsadida sodir etilgan qotillik tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda bir-biridan alohida bo‘lgan ikkita jinoyat sodir etilishini nazarda olib, sodir etilgan harakatlarni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “z” bandi va 118-moddasi bilan tavsif qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “i” bandi bilan o‘zi va boshqa shaxsning qanday bo‘lmasin moddiy manfaatdor bo‘lishiga (pul, buyum, mulk, mulkiy huquq, uy-joyga egalik qilish huquqi) yoki moddiy javobgarlikdan qutulishiga (qarz, nafaqa to‘lash va h.k.), shuningdek, boshqa g‘araz maqsadlarga erishish istagi bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda bosqinchilik jarayonida qasddan odam o‘ldirilsa, sodir etilgan jinoiy harakatni qayd etilgan jinoyatlar yig‘indisi bilan tavsif qilmoq darkor, chunki 97-modda 2-qismining “i” bandi bosqinchilikni o‘z ichiga qamrab olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybdorning harakatlarini “i” bandi bilan tavsif qilishda sudlar, odam o‘ldirish jinoyati faqat qanday bo‘lmasin moddiy manfaatga ega bo‘lish niyati aybdorda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yuzaga kelgan hollardagina g‘araz maqsadda sodir etilgan deb tanilishini e’tiborga olishlari kerak. Agarda bunday niyat odam o‘ldirilgandan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning harakatlarini tegishlicha odam o‘ldirish va o‘g‘irlik deb tavsif qilish lozim bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Aybdorning atrofdagilarga o‘zini qarshi qo‘yish, ularga iltifotsizligini namoyish etish istagi bilan jamoat tartibini oshkora mensimagan holda jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilish, jamoat tartibini va axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish orqasida qasddan odam o‘ldirish harakatlarini “l” bandi bilan tavsif qilish kerak. Tashqaridan qaraganda bezorilik tuyg‘ulari bilan odam o‘ldirish ko‘pincha sababsiz yoki odam o‘ldirishga arzimas bahonani sabab qilib sodir etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rashk orqali, o‘ch olish maqsadida va boshqa shaxsiy munosabatlar zamirida yuzaga kelgan qasddan odam o‘ldirish, ularning qayerda sodir etilishidan qat’iy nazar “l” bandi bilan tavsif qilinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki sodir etilishini osonlashtirish maqsadida odam o‘ldirish alohida jinoyat sifatida tavsif qilinishi lozim. Masalan, bosqinchilik jinoyatini sodir etishni osonlashtirish yoki yashirish maqsadida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “o” bandi va 164-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “p” bandi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan uyushgan guruh deb uning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishi va h.k. tushunmoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xavfli retsidivist deb shaxs tergov organi tomonidan u ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida qarorda tanilishi tushuntirilsin. Bunda Jinoyat kodeksining 34-moddasi talabidan kelib chiqqan holda ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, Jinoyat kodeksida alohida ko‘rsatilgan hollarda esa maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi tushunilishi ta’kidlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda aybdordan muqaddam sodir etgan qasddan odam o‘ldirganligi uchun sudlanganligi amnistiya yoki afv etish yo‘li bilan olib tashlansa, yoxud qonunda belgilangan tartibda bekor qilinsa yoki olib tashlansa, shuningdek odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan vaqtga kelib Jinoyat kodeksining 78-moddasida ko‘rsatilgan muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari o‘tgan bo‘lsa, odam o‘ldirish “r” bandi bilan, ya’ni xavfli retsidivist belgisi bilan tavsif qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining ikki yoki undan ortiq bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari shu holatlarni ko‘zda tutgan barcha bandlar bilan tavsif qilinishi lozim. Bunday holatlarda jazo har bir band bo‘yicha alohida tayinlanmasligi kerak, ammo jazo tayinlashda aybni og‘irlashtiradigan bir necha holatlar borligi inobatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “b”, “d”, “r”, “s” bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda, to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish, shuningdek, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam o‘ldirish, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish deb tavsif qilinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqib sodir etgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari qasddan odam o‘ldirish uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalar va Jinoyat kodeksi 206-moddasining tegishli qismlari bilan tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirishini, Jinoyat kodeksining 220-modda dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni o‘z ichiga qamrab olmasligi sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sudlarning e’tibori qasddan odam o‘ldirishda aybdor bo‘lgan shaxslarga jazo tayinlashda alohida yondoshish tartibiga qattiq rioya qilishga qaratilsin. Shu bilan birgalikda sudlar o‘lim jazosi favqulotda jazo chorasi ekanligini va aybni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun ham qonun uni tadbiq etishga yo‘l qo‘yishini, ammo bu jazoni albatta qo‘llashlikni talab etmasligini inobatga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudlarida ko‘rilishi ustidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichi sudlari tegishli nazoratni ta’minlashlari, qabul qilingan hukmlarning qonuniyligini va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishlari zarur.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. MUHAMMADIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-son