Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tadbirkorlik subyektlarini va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalaridagi boʻlimlari negizida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalaridagi boʻlimlari tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 2016-yil 1-fevraldan Yagona tarif setkasiga muvofiq 1 razryadga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin va ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-yanvar,
PQ-2480-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 1-ilovaning 8-bandi 8.10-kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
““bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishning, shu jumladan roʻyxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibini murakkablashtiradigan turli shakllarini qoʻllashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga toʻsqinlik qiluvchi boshqa byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatadigan yagona markazlar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
“bir darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatadigan yagona markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam koʻrsatadi”;
b) 3 — 6-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
TUZILMASI
Jami: boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 160 kishi.
* Izoh: departament direktori, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlari markaziy apparatning umumiy shtatlar soniga kirmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ–2480-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 31 birlikni tashkil qiladi.
* Notarial idoralar va FHDY organlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan notarial idoralar va FHDY organlari xodimlari sonini aniqlash tartibi va mezonlariga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 — 36 birlikni tashkil qiladi.
* Notarial idoralar va FHDY organlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan notarial idoralar va FHDY organlari xodimlari sonini aniqlash tartibi va mezonlariga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
|
T/r |
Hudud nomi |
Shtat birliklari soni |
|
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi |
31 |
|
|
2. |
Andijon viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
3. |
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
4. |
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
5. |
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi |
30 |
|
|
6. |
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi |
27 |
|
|
7. |
Namangan viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
8. |
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi |
32 |
|
|
9. |
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi |
29 |
|
|
10. |
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
11. |
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi |
34 |
|
|
12. |
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi |
31 |
|
|
13. |
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
14. |
Toshkent shahar adliya boshqarmasi |
36 |
|
|
JAMI |
418 |
” |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 3-ilovaning nomidagi “investitsiy i torgovli” soʻzlaridan keyin “Ministerstva yustitsii” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-ilovaning nomidagi “ekonomicheskix svyazey” va “ekonomicheskim svyazyam” soʻzlaridan keyin tegishlicha “Ministerstva yustitsii” va “upravleniy yustitsii” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 34-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)