Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 17-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 va 2017-yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-yanvar,
OʻRQ-400-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3(I)-son, 31-modda)