Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-yanvarda 2589-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 7-yanvardagi 2-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2589-4, 07.01.2020-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 13-maydagi 332-V, 40, 69 va 01/22-26/75-sonli qarori (roʻyxat raqami 2589, 2014-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikki nusxada, konvert ichida sotib olish summasi va toʻlovlarni toʻlash muddatlari toʻgʻrisidagi takliflar. Bunda, taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgor imzosi va muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-dekabr,
332-V-1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-dekabr,
111-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 30-dekabr,
108-son
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-dekabr,
01/22-26/28-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 16-modda)