Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018 10.01.2001 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasini TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 704-sonli “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga solish va takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublika soliq organlari uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining o‘quv markazi negizida soliq kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi, davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha respublika ilmiy-metodik markazi va oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 155-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 316-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyada tinglovchilarni o‘qitish kunduzgi va sirtqi shakllarda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga soliq kollejlarini tamomlaganlar 4 yil muddat bilan bakalavrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qitish uchun, oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganlar qisqartirilgan bir yillik dastur bo‘yicha qayta tayyorlash va 2 yil o‘qitish muddati bilan magistrlar tayyorlash uchun qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya bazasida soliq organlari xodimlari uchun o‘qitish muddati 3 oygacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning ma’muriy-boshqaruv va professor-o‘qituvchilar tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun xizmatni o‘tash shartlari tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son , 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Akademiyaning ma’muriy-boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni 105 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) iborat etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya rektoriga Akademiyaning tuzilmasi va shtatlar soniga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2003-yil 1-sentabrgacha Akademiya tuzilmasida Rezerv va zaxira ofitserlarini tayyorlash harbiy kafedrasini tashkil etsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son , 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiya to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyada soliq va bojxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlarning 2001-yil 1-sentabrdan boshlanishini ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyadagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarini, dasturlarini hamda o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001/2002 o‘quv yili boshlangungacha, o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini ta’minlash xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘qituvchi kadrlarni tanlov asosida tanlash tizimini ishlab chiqsinlar va shu asosda Akademiyaning professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat test markazi bilan kelishgan holda, Akademiyaga tinglovchilarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soliq va bojxona organlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi 2001/2002 o‘quv yilida “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Bojxona ishi” fakultetlariga quyidagi dasturlar bo‘yicha tinglovchilar qabul qilinishini ta’minlasinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavrlar tayyorlash to‘liq dasturi bo‘yicha har biri 25 kishidan iborat ikkitadan guruh;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yillik qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha har biri 25 kishidan iborat bittadan guruh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiyani oziq-ovqat, ashyoviy mulklar, mebellar va kazarma jihozlari, oziq-ovqat xizmati anjomlari va avtotransport vositalari bilan ta’minlashning belgilangan normalarini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akademiya Toshkent shahar, Sobir Yusupov ko‘chasi, 3-uy va Muqimiy ko‘chasi, 166-uydagi Toshkent soliq kolleji va Davlat soliq qo‘mitasining o‘quv markazi binolariga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (“Biznes fond”) va “Madad” sug‘urta agentligining Sobir Yusupov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan binosini hamda “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi o‘quv markazining Sobir Yusupov ko‘chasi, 3-uyda joylashgan binosini (tutash hududlari bilan) qoldiq balans qiymati bo‘yicha Akademiya balansiga bersinlar. Berilayotgan binolar uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi maxsus fondlari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilayotgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalarini to‘lovsiz ajratsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (“Biznes fond”)ni hamda “Madad” sug‘urta agentligini joylashtirishni ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xarajatlar smetalariga va shtat jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasiga ta’minlash uchun belgilangan tartibda zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Akademiya uchun oshxona, yordamchi transformator stansiyasi va nazorat-o‘tkazish punkti qurilishini, uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilishni 2001-yil investitsiya dasturiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-maydagi 175-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O‘.T.Komilov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-yanvardagi 16-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi229-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y.,9-10-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 9-10-son , 77-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 1-2-son, 3-modda; 2003-y., 9-10-son, 77-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)