Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“N.S. Yusupovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 16-aprelda chiqargan Farmoni;
“T. Xoltoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-aprelda chiqargan Farmoni;
“Oʻ.T. Komilovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“B.A. Xodjayevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“Oʻ.T. Komilovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-aprelda chiqargan Farmoni;
“R.H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 16-mayda chiqargan Farmoni;
“R.H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-mayda chiqargan Farmoni;
“A.N. Oripovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksining rahbari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktori etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 30-mayda chiqargan Farmoni;
“B.R. Parpiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 24-iyunda chiqargan Farmoni;
“Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 3-iyulda chiqargan Farmoni (1-band);
“Oʻ.T. Komilovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-iyulda chiqargan Farmoni;
“J.B. Sayfiddinovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 24-iyulda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-avgust,
406-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 166-modda)