Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA AYRIMLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) 2-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining oxirgi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar importini tariflar bilan boshqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi R QT, 2001-y., 6-son, 35-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 3-bandining uchinchi va toʻrtinch xatboshlari hamda 4-bandining ikkinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-iyul,
267-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 14-son, 111-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda)