Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 26.01.2011 yildagi 238-II-son
Дата вступления в силу
26.01.2011
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 30-dekabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, Qonunchilik palatasi, uning organlari, xususan uning qoʻmitalari faoliyatini yanada takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan harakat dasturini muvaffaqiyatli bajarish garovidir. Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalarining oʻtgan davr mobaynidagi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish shundan dalolat beradiki, ular faoliyatida ijobiy natijalar bilan bir qatorda foydalanilmagan imkoniyatlar va kamchiliklar ham mavjuddir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani yanada rivojlantirish, shuningdek qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishga doir yagona yondashuvlar va uslublarni belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ishchi guruhning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ishini tashkil etishga doir yagona yondashuvlar va uslublarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari hamda Devoni ishini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi uslubiy tavsiyalar va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va deputatlar korpusi bilan ommaviy axborot vositalari, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish; deputatlar korpusining professional darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga doir takliflar ishlab chiqish. 3. Ishchi guruh rahbari (U.N. Muhammadiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining normativ bazasini rivojlantirishga doir takliflarni ikki haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA Toshkent sh., 2011-yil 26-yanvar, 238-II-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2011-yil 26-yanvarda qabul qilingan 238-II-sonli qaroriga ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh TARKIBI
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 14-modda) |
Постановление Кенгаша Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан О дальнейшем совершенствовании деятельности Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан в целях выполнения Постановления Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 30 декабря 2010 года «О Программе действий на 2011 и последующие годы по реализации положений доклада Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова «Концепция дальнейшего углубления демократических реформ и формирования гражданского общества в стране» на совместном заседании Законодательной палаты и Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан 12 ноября 2010 года» Кенгаш Законодательной палаты отмечает, что залогом успешного выполнения Программы действий на 2011 и последующие годы по реализации положений доклада Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова «Концепция дальнейшего углубления демократических реформ и формирования гражданского общества в стране» на совместном заседании Законодательной палаты и Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан 12 ноября 2010 года является дальнейшее совершенствование деятельности Законодательной палаты, ее органов и особенно ее комитетов. Критический анализ деятельности Законодательной палаты, ее комитетов за истекший период свидетельствует, что наряду с положительными результатами в их деятельности имеются неиспользованные возможности и недостатки. В целях дальнейшего развития нормативной базы, регламентирующей деятельность комитетов Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, а также определения единых подходов и методов осуществления законотворческой и контрольно-аналитической деятельности Кенгаш Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан постановляет: 1. Образовать Рабочую группу по совершенствованию нормативной базы, регламентирующей деятельность комитетов Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан согласно приложению (далее — Рабочая группа). 2. В качестве основных задач Рабочей группы определить: обобщение и анализ информации об итогах законотворческой и контрольно-аналитической деятельности комитетов Законодательной платы Олий Мажлиса Республики Узбекистан; разработку предложений и рекомендаций, направленных на внедрение в практику единых подходов и методов организации работы комитетов Законодательной платы Олий Мажлиса Республики Узбекистан; подготовку предложений по совершенствованию норм Регламента Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, а также проектов методических рекомендаций и нормативных документов, регламентирующих вопросы организации работы комитетов и Аппарата Законодательной платы Олий Мажлиса Республики Узбекистан; разработку предложений по обеспечению тесного взаимодействия комитетов Законодательной платы Олий Мажлиса Республики Узбекистан и депутатского корпуса со СМИ, ННО и иными институтами гражданского общества; разработку предложений по организации и проведению мероприятий, направленных на повышение профессионального уровня депутатского корпуса. 3. Руководителю Рабочей группы (У.Н. Мухаммадиев) в двухнедельный срок представить предложения по развитию нормативной базы Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан в Кенгаш Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Спикер Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан Д. ТАШМУХАМЕДОВА г. Ташкент, 26 января 2011 г., № 238-II ПРИЛОЖЕНИЕ к постановлению Кенгаша Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 26 января 2011 года № 238-II СОСТАВ Рабочей группы по совершенствованию нормативной базы, регламентирующей деятельность комитетов Законодательной платы Олий Мажлиса Республики Узбекистан
(Ведомости палат Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2010 г., № 1, ст. 14) |