O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1996-YILNI “AMIR TEMUR YILI” DEB E’LON QILISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Buyuk davlat arbobi Amir Temur tug‘ilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz jamoatchiligidan tushayotgan ko‘plab takliflarni inobatga olib,
uning davlatchilikni barpo etishdagi, fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyotidagi ulkan hissasini nazarda tutib,
YUNESKO Bosh konferensiyasining 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi jahon jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanishi to‘g‘risidagi qaroriga e’tiboran xalqaro va respublika miqyosida tadbirlar o‘tkazilayotganligini hisobga olib,
O‘zbekiston fuqarolarining, yosh avlodning milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirish maqsadida,
1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-dekabr,
PF-1333-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 303-modda)