Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Havo qatnovi va havo transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 1995-yil 30-martda imzolangan Bitimga toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati bundan keyin Ahdlashuvchi “Tomonlar” deb ataluvchilar,
fuqaro havo transporti sohasida ikki tomonlama huquqiy asoslarni takomillashtirish zarur deb hisoblab,
bundan keyin “Bitim” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi va havo transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 1995-yil 30-martda imzolangan Bitimning 22-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitim matni quyidagi tahrirdagi yangi “18a-modda”sini kiritish orqali oʻzgartiriladi:
“18a-modda
Parvozlar xavfsizligi
Parvozlar xavfsizligi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtda havo kemasidan foydalanish va aeronavigatsiya vositalari, uchuvchi ekipaji va havo kemasiga taalluqli sohalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bajaradigan parvoz xavfsizligi boʻyicha meʼyorlarga tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar talab qilingandan keyin oʻttiz kun davomida oʻtkaziladi.
2. Agar banday maslahatlashuvlardan keyin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri, boshqa Ahdlashuvchi Tomon 1-bandda koʻrsatilgan Xalqaro fuqaro aviatsiya haqidagi Konvensiyaga (Doc 7300) muvofiq amal qiladigan standartlarga mos parvoz xavfsizligi meʼyorlariga samarali rioya qilish nazoratini taʼminlamasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon IKAO standartlarini bajarishga kerakli hisoblangan bunday xulosa va tadbirlar haqida axborot oladi. Bundan soʻng kerakli chora-tadbirlarni koʻradi.
3. Konvensiyaning 16-moddasiga muvofiq, aviakompaniya tomonidan, yoki bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakompaniyasi tomonidan bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga parvoz qilayotgan havo kemasi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻla turib, havo kemasidan foydalanishni sababsiz kechiktirishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolat berilgan vakillari koʻrigidan oʻtiladi. Chikago Konvensiyasining 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlarga qaramay, ushbu nazorat maqsadi, havo kemasi hujjatlari va uni ekipaj guvohnomalarini amaldagiga mos kelishi va Konvensiyaga muvofiq amal qiluvchi standartlarga havo kemasi jihozlanishi va holatini mos kelishi tekshirish hisoblanadi.
4. Agar aviakompaniya parvozlari xavfsizligini taʼminlash uchun kechiktirmaydigan choralar koʻrilishi kerak boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon amaliyoti toʻxtatishi, aviakompaniya yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakompaniyasi taqdim etgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini oʻzgartirishi mumkin.
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning yuqoridagi 4-bandiga muvofiq koʻriladigan choralari, ularni qabul qilishga asos yoʻqolganida tugatiladi.
6. Yuqoridagi 2-bandiga nisbatan qoʻllanadigan bir Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan vaqt muddati tutagandan keyin IKAO standartlariga rioya etmaslikni davom ettirsa, bu haqida IKAO Bosh kotibi xabardor boʻlishi kerak. Shuningdek, keyinchalik Bosh kotib muammoni qoniqarli hal etilishi haqida xabardor boʻlishi kerak”.
2-modda
Ushbu Bayonnoma Bitimning 23-moddasiga muvofiq kuchga kiradi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bitim amal qilishdan toʻxtashi bilan ushbu Bayonnoma ham amal qilishdan toʻxtaydi.
Ushbu Bayonnoma Toshkent shahrida 2002-yil 10-dekabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, moldavan va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ushbu Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda har-xilliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)