02.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-2
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qarori, 02.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-2
Дата вступления в силу
07.09.2015
Hujjat 07.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilidagi matnning muqaddimasidagi “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida” degan so‘zlar “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 32-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376-son bilan tasdiqlangan, Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (ro‘yxat raqami 565, 1998-yil 17-dekabr)” degan so‘zlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.