Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1885-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 13-dekabrdagi 28/4-son qarori (roʻyxat raqami 1885, 2009-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-iyul,
19/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/12-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish va qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilik bilan bogʻliq operatsiyalar hamda qimmatli qogʻozlar bilan muddatli bitimlarga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning emitent bankka berilgan nusxasiga asosan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90329 — “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 — “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
3. 4-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toʻlov toʻliq olingandan soʻng bitim amalga oshirilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan bir vaqtning oʻzida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:”;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha:
Dt 96314 — “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kt 90329 — “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”.
4. 6-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) aksiyalar sotilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan:
Dt 29830 — “Aksiyalar uchun obuna mablagʻini toʻlash boʻyicha depozitlar” — toʻlov summasiga;
Kt 30315 — “Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli” yoki
30318 — “Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy” — aksiyaning nominal qiymatiga;
Kt 30603 — “Qoʻshilgan kapital” — toʻlov summasi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq summasiga.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 423-modda)