Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2021 31.07.2015 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2021
Hujjat 10.08.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xususiy tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar cheklangan sonining belgilangan mezonlariga rioya etishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin, shuningdek yollanadigan xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 31-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar uchun qonunchilikda xususiy tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda qonunchilikda belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bogʻliq holda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qatʼi nazar, uch nafardan koʻp boʻlmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xususiy tadbirkor bilan mehnat munosabatlari oʻrnatgan jismoniy shaxslarga xususiy tadbirkorlar sifatida qaralmaydi va ular xususiy tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Mehnat shartnomasini tuzish va yollangan xodimlarning mehnat stajini hisoblash xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xususiy tadbirkor va xususiy tadbirkor tomonidan yollangan xodim (keyingi oʻrinlarda xodim deb ataladi) oʻrtasidagi mehnat munosabatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xususiy tadbirkor xodimlarning qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlariga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xodimni yollashda (ishga qabul qilishda) xususiy tadbirkor uning bilan ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yozma mehnat shartnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimning ahvolini qonunchilik normalariga nisbatan yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlari haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnat shartnomasining muddati xususiy tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan bittasi xususiy tadbirkor soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga beriladi, ikkinchisi xususiy tadbirkorda, uchinchisi esa — xodimda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mehnat shartnomasida xususiy tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash, shuningdek ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xodimga xususiy tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xususiy tadbirkorda yollash boʻyicha ishlagan ish davrlari uning uchun ushbu davrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda xodimning mehnat stajiga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga olish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xususiy tadbirkor yollangan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy tadbirkor va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning 3 x 4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yollangan xodim pasportining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat soliq xizmati organlari xususiy tadbirkorlarning yollangan xodimlari hisobini belgilangan tartibda yuritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat soliq xizmati organlari yollangan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy tadbirkorga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Yollangan xodimni hisobga qoʻyish kartochkasini (keyingi oʻrinlarda Hisobga qoʻyish kartochkasi deb ataladi) beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hisobga qoʻyish kartochkasi xodim va xususiy tadbirkor oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Amal qilish muddati tugagach Hisobga qoʻyish kartochkasi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi va yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xodim bilan mehnat shartnomasi muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda xususiy tadbirkor soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga xodim bilan mehnat shartnomasi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani va bir vaqtning oʻzida Hisobga qoʻyish kartochkasini topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan Hisobga qoʻyish kartochkasi oʻrniga xususiy tadbirkorning arizasiga binoan, ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlarga soliq solish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xususiy tadbirkor oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga, sugʻurta badallarini ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xususiy tadbirkorga oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini — har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatʼiy belgilangan soliqni — xususiy tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha nazarda tutilgan belgilangan stavkaning 30 foizi miqdorida toʻlash majburiyati yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini faqat bitta obyektda amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xususiy tadbirkor bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullangan taqdirda qatʼiy belgilangan soliq har bir xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqning tegishli faoliyat turlari uchun belgilangan maksimal stavkasining 30 foizi miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xususiy tadbirkor faoliyatning ushbu turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan faoliyat turini amalga oshirgan taqdirda, qatʼiy belgilangan soliq har bir xodim uchun har oydagi fizik koʻrsatkich birligiga belgilangan qatʼiy soliq stavkasining 30 foizi miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xususiy tadbirkor tomonidan uning bilan mehnat munosabatlari oʻrnatgan va tuzilgan mehnat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajaradigan xodimga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek I va II guruh nogironlari hisoblanadigan xodimlar uchun sugʻurta badali miqdori ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan miqdorning 50 foizini tashkil etishi kerak. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga huquq paydo boʻlganda yoki toʻxtaganda sugʻurta badallarini qayta hisoblash ushbu huquq paydo boʻlgan yoki toʻxtagan oydan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xususiy tadbirkor kasb-hunar kollejini tamomlagan xodimlar uchun qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan xodim kollejni tamomlagan sanadan boshlab oʻn ikki oy mobaynida ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xususiy tadbirkor qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ozod qilingan hollarda, mazkur imtiyoz qatʼiy belgilangan soliqni har bir xodim uchun toʻlashga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga har bir xodim uchun toʻlash xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga toʻlashda toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining (xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiyalash tartib raqami va toʻlovning qaysi davr uchun toʻlanayotgani majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda xodimlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir xodim uchun alohida yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydan boshqa joyda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor qatʼiy belgilangan soliqni har bir xodim uchun uning roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi boʻyicha, roʻyxatdan oʻtkazish joyi va faoliyatni haqiqiy amalga oshirayotgan joyi boʻyicha belgilangan stavkalaridan eng yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Agar xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatib tursa, u tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan organga faoliyatning vaqtincha toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida ariza berilgan oy mobaynida har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkalari soliqni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasi xususiy tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davrga har bir xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz faoliyatini toʻxtatib turgan xususiy tadbirkor har bir xodim uchun hisobga qoʻyish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda topshirmagan taqdirda, xususiy tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq va sugʻurta badallarini hisoblab yozish toʻxtatib turilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni (mehnat shartnomasi mavjud boʻlganda) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilmasdan ularni yollash holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan yillik miqdorlarda undiradi. Xususiy tadbirkorni davlat roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan boshlab koʻrsatilgan holatlar aniqlangan sanagacha bir oydan kam vaqt oʻtgan taqdirda har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha ravishda hisoblash uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan boshlab xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻymasdan ularni yollash holatlari aniqlangan sanagacha boʻlgan davr uchun amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlar aniqlangan taqdirda, xususiy tadbirkor xodimlar sonini yashirganlik uchun nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlarga davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar sifatida qaraladi va davlat soliq xizmati organlari ulardan qatʼiy belgilangan soliqni qonunchilikda belgilangan tartibda yillik miqdorda undiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlar, ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashning toʻgʻriligi hamda ularning qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Xususiy tadbirkorning xodimi savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalarini buzgan taqdirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari tatbiq etiladi, moliyaviy sanksiya esa xodimni yollagan xususiy tadbirkorga nisbatan qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Faoliyat turining nomi

Yollanadigan xodimlarning cheklangan soni (nafar)

1.

Chakana savdo

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 1 — 5-bandlari)

1

2.

Qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyati

3

3.

Maishiy xizmatlar, qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyatidan tashqari

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 6 — 351-bandlari)

3

4.

Faoliyatning boshqa turlari*

(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 36 — 41, 51 — 59, 62, 64 — 66, 68 — 74-bandlari)

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 42, 50, 60, 61, 63, 67, 75-bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor faoliyatining asosiy turi boʻyicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Xususiy tadbirkor va xususiy tadbirkorning xodimi oʻrtasidagi
‎MEHNAT ShARTNOMASI

‎‎MEHNAT ShARTNOMASI №______

____________________
‎(tuzilgan joyi)‎‎

20__ yil “___” ___________‎‎

‎‎1. STIR kodi ____________________ boʻlgan, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb
‎ataladigan ‎xususiy tadbirkor __________________________________ va keyingi oʻrinlarda

‎‎(F.I.O.)

‎‎“Xodim” deb ataladigan fuqaro _______________________________ ushbu shartnomani

‎‎(F.I.O.)

‎‎quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
‎‎2. Xodim ___________________________ kasbi boʻyicha, faoliyatning quyidagi turlarini

‎‎(kasb, lavozim nomi.)

amalga oshirish uchun ishga qabul qilinadi:‎‎

‎‎____________________________________________________________________________
‎‎‎(faoliyat turi va mehnat funksiyalari)
____________________________________________________________________________

‎‎3. Shartnoma muddati __________________________________________________________

‎‎(oylar soni, belgilanmagan muddat, ishlarni bajarish muddati)

‎‎4. Ishning boshlanish sanasi: 20__ yil “___”___________
‎Mehnat shartnomasining toʻxtatilish sanasi: 20__ yil “___”___________
‎5. Xodimning majburiyatlari:

____________________________________________________________________________
‎‎‎(asosiy majburiya�lar)
‎____________________________________________________________________________

‎‎
‎‎6. Ish beruvchining majburiyatlari:

____________________________________________________________________________
‎‎‎‎‎(asosiy majburiyatlar koʻrsatiladi)
‎____________________________________________________________________________

7. Ish rejimi:
‎ishning boshlanish vaqti _____________
‎ishning tugash vaqti ______________
‎ish haftasining turi: _______________, dam olish kuni: ___________________;
‎mehnat taʼtilining davomiyligi: ________ kun.
‎8. Mehnatga haq toʻlash shartlari: _________________________________________________

____________________________________________________________________________
‎‎‎‎(mehnatga haq toʻlash miqdori, shakli va davriyligi koʻrsatiladi)
‎____________________________________________________________________________

‎‎9. Boshqa shartlar:
‎9.1. Ish beruvchi xodim uchun qatʼiy belgilangan soliqni va sugʻurta badallarini qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda toʻlash majburiyatini oladi.
‎9.2. Boshqa shartlar (taraflarning xohishiga koʻra) ___________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎Taraflarning manzili va imzolar:

Xodim:
‎________________________
‎‎________________________ ‎‎

Ish beruvchi:
‎________________________
‎‎________________________ ‎‎‎

Manzil:‎

____________________
‎____________________

Manzil:‎

____________________
‎____________________

______________________
‎(imzo)

‎20__ yil “___”___________ ‎‎

______________________
‎(imzo) ‎

‎20__ yil “___”___________ ‎‎ ‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

____________________________________________________________________dan
‎‎(xususiy tadbirkorning F.I.O. )

‎______________________________________________________________ga taqdim etiladi
‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎‎Yollanadigan xodimni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎__________________________________________________________________________ni
‎(xodimning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________ni amalga oshirish uchun
‎(faoliyat turi)
‎__________________________________________________________________________ga
‎(faoliyat amalga oshiriladigan joy)

‎‎_________________________________________________ muddatga xususiy tadbirkorning
‎yollanma xodimi sifatida hisobga qoʻyishingizni soʻrayman.

‎Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
‎F.I.O. ______________________________________________________________________
‎Pasport seriyasi ______ № ____________ _______________________ tomonidan berilgan
‎Uy manzili _______________________________________________________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami______________________________________
‎‎
‎Xususiy tadbirkor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
:
‎Pasporti maʼlumotlari: _____________________________________________________

‎‎(seriya №, kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎Uy manzili: _________________________________________________________________
‎Pochta indeksi: __________________________ Bogʻlanish telefoni: ___________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami ________________________________________
‎Arizaga qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar:
‎1. __________________________________________________________________________
‎2. __________________________________________________________________________
‎3. __________________________________________________________________________

‎‎_________________________________
‎(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

________________________________
‎(ariza beruvchining imzosi)‎‎

_________________________________
‎(qabul qilingan sanasi va vaqti)‎‎

________________________________
‎(davlat soliq xizmati organi masʼul xodimining imzosi)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎YoLLANGAN XODIMNI HISOBGA QOʻYISh KARTOChKASI
‎№ __________
‎20__ yil “___” ___________

Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Surat uchun joy

‎‎F.I.O. ______________________________________________________________
Pasport seriyasi ______ № ___________ _________________ tomonidan berilgan‎‎
Uy manzili __________________________________________________________‎‎
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami _________________________________

______________________ tumani (shahri) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan xususiy tadbirkorning yollangan xodimi sifatida hisobga qoʻyilgan.

‎‎
‎Ish beruvchi (xususiy tadbirkor) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
‎F.I.O. _______________________________________________________________________
‎Pasport seriyasi ______ № ____________ ________________________ tomonidan berilgan
‎Uy manzili __________________________________________________________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami _________________________________________
‎Amalga oshiriladigan faoliyat turi ______________________________________________
‎Faoliyatni amalga oshirish joyi ________________________________________________
‎‎20__ yil “___”___________ gacha haqiqiydir.

‎ M.Oʻ.

‎DSI rahbari (oʻrinbosari) ____________________________.

(imzo)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi tartibiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Tadbirkor” soʻzidan keyin “oʻzi uchun” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan har bir xodim uchun tadbirkor har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarning sugʻurta badallarini hisobga olish ushbu Nizomda oilaviy tadbirkorlik subyektining oila aʼzolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 27-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkor tomonidan yollangan xodimning pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi sugʻurta badallari toʻlangan oydagi mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik miqdoriga teng qilib olinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun Inspeksiyalar tomonidan davlat boji undiriladi, uning stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Olingan mablagʻlar Inspeksiyalar ixtiyorida ular faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida qoladi va faqat ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 411-modda; 2016-y., 8-son, 77-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son, 19.04.2021-y., 09/21/221/0350-son; 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)