LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 30-apreldagi 608-I-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning vasiylik va homiylik organlari to‘g‘risidagi, shuningdek bolalarni tarbiyaga berish (patronat) tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida” 1970-yil 19-yanvardagi 20-son qarori (O‘zSSR QT, 1970-y., 1-son, 7-modda);
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnatkashlar deputatlari rayon, shahar Soveti ijroiya komiteti huzuridagi grajdanlarning yoshini belgilash komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1976-yil 9-iyuldagi 393-son qarori (O‘zSSR QT, 1976-y., 7-son, 42-modda);
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR xalq deputatlari rayon, shahar, shahardagi rayon Sovetlari ijroiya komitetlarining ZAGS bo‘limlari va posyolka, qishloq hamda ovul Sovetlari ijroiya komitetlari tomonidan grajdanlik holati aktlarini qayd qilish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1982-yil 16-dekabrdagi 803-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y., 12-son, 46-modda);
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarining yangi fuqarolik urf-odatlarini joriy etishga doir ishlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1989-yil 26-iyuldagi 239-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D. M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari* o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga**, FHDY organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnomaga va FHDY organlari faoliyatiga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
2. FHDY organlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik, FHDY organlarini tashkil etish, qo‘shib yuborish, tugatish, qayta tashkil etish va ular faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi FHDY organlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalarning davlat blankalari bilan ta’minlaydi.
3. FHDY organlari va konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuv blankalari bilan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ta’minlanadi.
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish davlat ahamiyatiga molik hujjatlar bo‘lib, ikki nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan mazkur Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari amalga oshiradi.
Konsul O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolaridan, fuqarolik holatlarini O‘zbekiston Respublikasida qayd ettirgan xorijiy davlatlarning fuqarolaridan hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan dalolatnomalarga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash to‘g‘risida arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi va ushbu hujjatlarni vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd ettirish masalasida konsulga murojaat etgan shaxslardan biri O‘zbekiston fuqarosi, ikkinchisi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan hollarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish, agar bu yozuvni qayd etish konsullik muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga zid bo‘lmasagina amalga oshiriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarida ko‘rsatilmagan boshqacha normalar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
6. Tug‘ilishni yoki o‘limni qayd etishda, shuningdek bu dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha birinchi marta gerbli guvohnomalar berishda konsullik yig‘imi undirilmaydi.
Boshqa dalolatnomalar yozuvlarini qayd etishda va takroriy guvohnomalar (shu jumladan dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish sababli) berishda konsullik yig‘imi belgilangan tartibda undiriladi.
agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.
8. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishning yuqori turuvchi organiga yoki sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
9. Konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari bo‘yicha harakatlari ustidan shikoyatlar bo‘ysunish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘iga yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
10. FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul o‘zi, eri yoki xotini va bolalari to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar.
11. Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma, unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
12. Tug‘ilish va o‘lish faktlarining o‘z vaqtida qayd etilishini ta’minlash mas’uliyati tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi, o‘lim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘limni qayd etish borasidagi harakatlari o‘zlari turadigan hududlardagi tegishli o‘limni yozish bo‘limlarining nazorati ostida bo‘ladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 203-modda) amalga oshiriladi.
Konsul vaqtincha bo‘lmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan xorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa xorijiy davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.
14. Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi FHDY organida amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin.
16. Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Agar tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan o‘tkazilib berilgan bo‘lsa, tug‘ilish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi, bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib raqami, sanasi bolaning haqiqiy tug‘ilgan yilidagi hamda shu yilgi yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qo‘yiladi.
Bunday hollarda zaruratga qarab, FHDY organi tug‘ilish haqidagi hujjatga qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.
17. 16 yoshdan oshgan, tug‘ilishi qayd etilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tug‘ilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomasi, ota-onalarining pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Tug‘ruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish uning shu onadan tug‘ilganligiga guvohlik beruvchilar imzolagan va uchastka shifokori yoki feldsherining imzosi bilan tasdiqlangan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan alohida hollarda FHDY organi tug‘ilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari bo‘lmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh yoki avvalgi bolalarining tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari asosida ko‘rsatiladi.
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasi ma’muriyatining yoki vasiylik va homiylik organining arizalariga asosan amalga oshiriladi.
19. Ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasi o‘limi haqidagi guvohnoma taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida nikohdan ajralish yoki o‘limning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi ko‘rsatiladi.
20. Agar ota-onalari o‘rtasida nikoh qayd etilmagan bo‘lsa (tug‘ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
21. Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, bobolaridan birining yoxud otaning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa konsul tomonidan hal etiladi.
22. Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya).
23. Bolaning ota ismi uning otasining ismiga ko‘ra beriladi. Agar otasining ismi qisqartirilib, erkalagan holda, imlo xatolar bilan yozilgan bo‘lsa, u holda ota ismi to‘g‘ri, to‘liq yoziladi.
Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
24. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma hamda sug‘urta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ota-onasining pasportlariga ichki ishlar organlari tomonidan bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, ota ismi, jinsi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi yozib qo‘yiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
26. Egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tug‘ilganda ularning har biri uchun tug‘ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tug‘ilganlik haqida alohida-alohida dalolatnoma yozuvlari, tartib raqamlari kasr chizig‘i orqali (masalan, Po‘latova Zuhra Asad qizi — d/yo 545/546, Po‘latov Hasan Asad o‘g‘li — d/yo 546/545) yozilgan holda, qayd etilib, ularning har biriga tug‘ilganlik haqida alohida gerbli guvohnomalar beriladi.
27. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar bo‘limi, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat ichida ushbu tumandagi ichki ishlar bo‘limiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.
28. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ichki ishlar bo‘limi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati to‘g‘risidagi dalolatnomasi;
b) tibbiy muassasaning topib olingan yoki tashlab ketilgan bolaning yoshi va jinsini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi.
29. Uning ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bolaning tug‘ilishi haqidagi dalolatnoma yozuviga mazkur Qoidalarning 27-bandida sanab o‘tilgan organlarning ko‘rsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va bolaning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
“Belgilar uchun” ustuniga “Bola topilgan” yoki “Tashlab ketilgan” deb yoziladi va ota-onasi haqidagi ma’lumotlar kimning ko‘rsatmasiga asosan yozilganligi ko‘rsatiladi.
30. O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligi va o‘limini qayd etish tibbiy muassasa arizasiga binoan shu hududdagi FHDY organi tomonidan 24 soat ichida amalga oshiriladi.
O‘lik tug‘ilgan bolani qayd etish perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma asosida faqat tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida amalga oshiriladi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi Alfavit daftariga kiritiladi.
Agar bola tug‘ilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tug‘ilishi hamda o‘limi haqidagi ikkita yozuvdan iborat dalolatnomalar tuziladi.
Bunday hollarda tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida, o‘lganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq keltiriladi, “Belgilar uchun” ustunida esa o‘lganligi qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bolaning tug‘ilganligi haqida (o‘lik tug‘ilganda ham) sug‘urta kassasiga va qabriston uchun ma’lumotnoma beriladi. Zarur hollarda ota-onasining iltimosiga ko‘ra (tirik tug‘ilib, so‘ng vafot etgan bola uchun) o‘limi haqida guvohnoma berilishi mumkin.
31. Bolaning otasi bilan nikohda bo‘lmagan ona vafot etgan taqdirda, shuningdek onaning yashash joyi noma’lum bo‘lganda va otalikni belgilash haqidagi ariza berilmaganda bolaning tug‘ilishini qayd etish mazkur Qoidalarning 27-bandida sanab o‘tilgan organlarning arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilish haqidagi ma’lumotlar sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida ko‘rsatiladi, dalolatnoma yozuvida ota-ona haqidagi ma’lumotlar chizib tashlanmaydi va hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi.
Bunday hollarda otalik-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarga bolalarining tug‘ilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
33. Sudning ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Ota-onalik huquqlari tiklandi” degan belgi qo‘yiladi.
34. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
35. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, tug‘ilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin bo‘lgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish bola tug‘ilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan o‘sha konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.
36. O‘zbekiston Respublikasining havo yoki suv kemasida tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish havo kemasi yerga qo‘ngan joyda yoki suv kemasi portga yetib kelgach joyda konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu holda bolaning tug‘ilganligini qayd etish havo kemasi komandiri yoki dengiz kemasi kapitani va guvohlar ishtirokida tuzilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
37. Tug‘ilganlikni konsullik muassasasida qayd etishda ota-onasining pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarga bola haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, ota ismi, tug‘ilgan kuni, oyi va yili yoziladi, bolaning fotosurati yopishtiriladi, ular konsullik muassasasi mansabdor shaxsining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
38. Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining O‘zbekiston Respublikasida yashab turgan joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etilishi mumkin.
39. Tug‘ilishni qayd etishning barcha hollarida bola tug‘ilgan ma’muriy hudud uning tug‘ilgan joyi sifatida yoziladi.
40. Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tomonidan FHDY organiga birgalikda berilgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
41. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga beriladi.
43. Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
Bunday hollarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.
45. Agar otalik bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan so‘ng belgilansa otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.
46. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning arizadagi imzosi qonun bilan belgilangan tartibda (tibbiyot muassasasi, FHDY organi, notarius, harbiy qism, jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
47. Onasi vafot etganda, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki onalik huquqlaridan mahrum etilganda, uning yashash joyini belgilashning imkoni bo‘lmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
ichki ishlar organlarining 6 oydan ortiq muddat davomida onasi haqidagi ma’lumotlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
48. Agar bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.
49. Ota-onaning birgalikdagi arizasi bo‘lmagan taqdirda otalik (agar otasi yoki onasi voyaga yetmagan bo‘lsa) ota-onalardan biri yoki vasiylik va homiylik organining da’vo arizasi bo‘yicha sud tartibida belgilanishi mumkin.
Bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud qaroriga asosan kiritiladi. Bu holda FHDY organiga qonuniy kuchga kirgan sud qarori va bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
50. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, FHDY organi ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarida ularning doimiy yashash joyi ko‘rsatilmagan hollarda ham otalikni belgilashni rad qila olmaydi.
51. Otalikni belgilash haqidagi ariza maxsus shaklda bo‘lishi va unda ko‘rsatilgan barcha savollarga aniq va to‘liq javob bo‘lishi lozim. Ariza FHDY organida imzolanadi, undagi ma’lumotlar arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirib ko‘riladi. Har bir ariza uning tushgan kunida ro‘yxatga olinadi.
52. 10 yoshga to‘lgan bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.
FHDY organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Agar otalik belgilangan shaxs nikoh tuzgan bo‘lsa, u holda FHDY organi nikoh tuzilganligi va bolalarining tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlariga, tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek otalikning belgilanganligi haqida ma’lumotnoma beradi. Agar ko‘rsatilgan dalolatnoma yozuvlari boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, u holda o‘zgartirishlar kiritish masalasi mazkur yozuvlarni qayd etgan FHDY organida manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra hal etiladi. Bunda arizaga otalik belgilangan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvidan nusxa (kiritilgan o‘zgartirishlar bilan) ilova qilinadi. Ayni bir vaqtda ichki ishlar bo‘limiga va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga otalik belgilanganligi munosabati bilan kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
53. Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qat’i nazar, belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.
54. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan kiritilgan bo‘lsa, u holda ota haqidagi ma’lumotlar sud tartibida bekor qilinmay turib, boshqa shaxs tomonidan bu bolaga nisbatan otalik belgilanishi mumkin emas.
55. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qolgan bo‘lsa, u holda tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi tiklangandan so‘nggina otalik belgilanishi mumkin.
56. Agar tug‘ilganlikni qayd etish va otalikni belgilash ayni bir vaqtda amalga oshirilsa, u holda bolaga familiya ota-onaning kelishuvi bo‘yicha bir yo‘la beriladi, otasi haqidagi ma’lumotlar berilgan arizaga binoan yoziladi. Bunda yolg‘iz ona arizasi talab qilinmaydi.
57. Otalikni belgilashdagi barcha hollarda bolaning ota ismi otaning ismi bo‘yicha o‘zgartiriladi (yoziladi).
Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvida ilgari ko‘rsatilgan ota ismi bolaning otasi deb yozilgan shaxs ismi bilan to‘g‘ri kelmasa, u holda FHDY organi otalikni belgilashni rad etishga va ota-onasidan bu masala bo‘yicha tushuntirish xati talab qilishga haqli emas.
58. Agar ota-onaning nikohi bolaning tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin qayd etilgan bo‘lsa, ushbu nikoh tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi haqidagi ma’lumotni yozish uchun asos bo‘lolmaydi.
Bunda bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar otalikni belgilash haqidagi arizaga muvofiq kiritiladi.
59. Otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan FHDY organi bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shu kuniyoq kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
60. Agar tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi arizadagi ma’lumotlarni arizachilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib, imzolarini tasdiqlaydi va tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun jo‘natadi.
FHDY organi tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur o‘zgartirishlarni kiritadi, tug‘ilganligi haqidagi yangi guvohnomani jo‘natadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun FHDYning yuqori arxiviga xabarnoma yuboradi.
61. Agar bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi MDH davlatlarida qayd etilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash haqidagi ariza yoki ushbu masala bo‘yicha sud qarori (rus tilidagi tarjimasi bilan), tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tegishli FHDY organiga yuboriladi.
62. 16 yoshgacha bo‘lgan bolaga otalikni belgilashda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish qoidalari qo‘llanilishi mumkin, ya’ni bolaning faqat familiyasi va ota ismi emas, balki ismi ham o‘zgartirilishi mumkin.
Bolaning yangi familiyasi va ismi bolaning tug‘ilgan yilida yuritilgan tug‘ilganlik haqidagi Alfavit daftariga zaruriy tartibda kiritiladi.
63. Farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa farzandlikka oluvchilar yashaydigan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar FHDY organlari tomonidan, farzandlikka olish to‘g‘risidagi qaror chiqqan kundan boshlab o‘n kun mobaynida kiritiladi. FHDY organiga ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorning haqiqiyligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
65. Hokim qarori kelib tushgan vaqtiga ko‘ra maxsus daftarda qayd etiladi va alohida yig‘majildga xronologik tartibda tikib qo‘yiladi.
66. FHDY organi xokim qarori va farzandlikka oluvchilarning hujjatlari asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi, tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnoma va zarur bo‘lganda farzandlikka olinganligi haqida ma’lumotnoma beradi.
67. Farzandlikka olingan bolaning familiyasi va ismi tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.
68. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, FHDY organi farzandlikka oluvchilar haqidagi ma’lumotlarni, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani va xokim qarorini o‘sha FHDY organiga yuboradi.
FHDY organi qabul qilingan hujjatlar asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
Agar hokim qarorida 10 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilgan joyi (viloyatdan tashqari, lekin respublika doirasida) o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchining yashash joyidagi FHDY organida tug‘ilganlik haqidagi mavjud guvohnoma asosida tiklangan dalolatnoma yozuvini qayd etishni amalga oshiradi va hokim qaroriga muvofiq zarur o‘zgartirishlar kiritadi.
Bola haqidagi avvalgi va so‘nggi ma’lumotlar bolaning tug‘ilgan yilida va joriy yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.
69. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy fuqarolar tomonidan farzandlikka olinganda tegishli hujjatlar FHDY organiga vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim etiladi.
70. Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning advokatlari tomonidan taqdim etilishi mumkin.
71. Agar farzandlikka olish sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilsa yoki bekor qilinsa u holda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga: “Farzandlikka olish ______________ tuman (shahar) sudining ____ yil _________ oy __ kundagi qarori bilan bekor qilindi (haqiqiy emas deb topildi)” deb yoziladi va dalolatnoma yozuvidagi dastlabki ma’lumotlar qayta tiklanadi hamda tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnoma beriladi.
72. FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
73. Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Ayrim hollarda tuman (shahar) hokimining qarori bilan nikoh yoshi ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirilishi mumkin.
74. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘risida ulardan birining yashash joyidagi FHDY organiga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat etgan kundan bir oy o‘tgach qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikohini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13-moddasi beshinchi bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
75. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikoh tuzayotgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasining turli viloyat yoki tuman (shahar)larida yashab turgan bo‘lsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida ham qayd etilishi mumkin.
76. FHDY organi mudiri uzrli sabablar bo‘lganda, arizachilarning iltimoslariga ko‘ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.
Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi va shu kabi hujjatlar ko‘rsatiladi.
77. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
78. Belgilangan shakldagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to‘ldiriladi va barcha savollarga aniq va to‘liq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastxat bilan yozilishi kerak.
79. FHDY organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusidagi er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari to‘g‘risida va oilaviy ahvoli to‘g‘risida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.
80. Agar nikoh tuzuvchi shaxslarning otalik belgilanmagan birgalikdagi bolalari bo‘lsa, u holda FHDY organi ularga otalikni belgilash tartibini tushuntirishi lozim.
81. Qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDY organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib ko‘rishi kerak.
Ilgari nikohda bo‘lgan shaxs FHDY organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu — nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo‘lishi mumkin.
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
83. FHDY organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan o‘tuvchilardan uni tantanali vaziyatda o‘tkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali nikoh faqat nikoh tuzuvchilarning xohishlariga ko‘ra o‘tkaziladi. Nikohlanuvchilarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari, tanishlari ishtirokida qayd etiladi. Nikohni qayd etishda guvohlarning soni ikki kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
84. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, harbiy bilet, ofitser yoki praporshchikning shaxsiy guvohnomasi ko‘rsatilishi kerak.
85. Agar nikoh tuzishni xohlovchi harbiy xizmatchi nikohga kirish haqidagi arizani xizmatni o‘tayotgan joyida bersa, tegishli harbiy qism yoki muassasa joylashgan manzil harbiy xizmatchining yashash joyi hisoblanadi.
86. Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati bo‘lmasa, u holda FHDY organiga arizani ulardan biri berishi mumkin. Bu holda kela olmagan shaxsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
88. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari to‘g‘risida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohning ishonchnoma bo‘yicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma bo‘lmaganda qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
FHDY organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida ularga ma’lum bo‘lgan shifokorlik sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun javob beradilar.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 136-modda)
89. Nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDY organiga kela olmagan istisno hollarda nikoh shifoxonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda nikohlanuvchi ikkala shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida bu haqda tegishlicha yozib qo‘yiladi.
90. Agar FHDY organiga ushbu Qoidalarning 82-bandida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan bo‘lsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDY organi manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan zarur tekshiruv o‘tkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar xabardor qilinadi. Nikohni qayd etishga to‘siq bo‘luvchi qonuniy holatlar mavjud bo‘lganda FHDY organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
91. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki o‘zlarining nikohgacha bo‘lgan familiyalarida qolishlari mumkin.
92. Er va xotinning pasportlariga yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga shtamp qo‘yiladi va nikohning tuzilgan vaqti va joyi, dalolatnoma yozuvi raqami, er (xotin)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili yozib qo‘yiladi.
93. Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilmoqchi bo‘lsa, unda pasportini almashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchining nikoh qayd etilganligi sababli familiyasi o‘zgartirilganda FHDY organi 7 kun muddatda bu haqda harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi ro‘yxatda turgan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.
95. Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek g‘arazli maqsadni ko‘zlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi.
Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qo‘yadi va FHDYning yuqori arxiviga xabarnoma yuboradi.
Sobiq er yoki xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sud tomonidan xuddi shunday belgilar qo‘yiladi. Nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan hollarda nikoh haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
96. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va O‘zbekiston fuqarosi o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar ushbu shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinishi lozim.
O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarolarining, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
97. Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o‘sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
98. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish konsullik muassasasi joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
99. Boshqa davlatda yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo‘lgan o‘sha davlat fuqarosining iltimosiga ko‘ra, konsul nikohni qayd etuvchi o‘sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda konsul bu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
100. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
101. Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus shakldagi arizaning o‘ziga taalluqli qismini to‘ldirib o‘zi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organiga topshiradi. FHDY organi arizada keltirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan so‘ng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga topshiradi.
102. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasa ma’muriyati uni tegishli joyini to‘ldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlarni mahkumning shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDY organiga yuboradi.
Agar mahkumning shaxsiy yig‘majildida uning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, kam yoki noaniq bo‘lsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni o‘tash muassasalari ma’muriyati sudlanganlarni nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan belgilangan tartibda o‘tkazadi.
(102-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 136-modda)
103. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDY organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan belgilangan binoda nikohga kiruvchilarning ishtirokida amalga oshiriladi.
104. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
105. Mahkumning shaxsiy yig‘majildidagi anketasiga FHDY organi tomonidan shtamp bosiladi, er yoki xotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, FHDY organining nomi va nikoh tuzilgan sana va dalolatnoma yozuvi raqami yozib qo‘yiladi. Xuddi shunday ma’lumotlar er-xotinlarning pasportlariga ham kiritiladi.
106. Sudgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqda ushlab turilgan shaxslar bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaxs yoki organ ruxsati bilan shu hududdagi FHDY organi tomonidan tergov izolyatori (qamoqxona)da amalga oshiriladi.
107. Mazkur Qoidalarning 106-bandida ko‘rsatilgan holatda nikohga kirish haqidagi arizaga va nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga qayd etishga ruxsat bergan mansabdor shaxsning imzosi qo‘yiladi.
108. Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi.
109. Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin yashab turgan joydagi FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Arizani qabul qilishda arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatda voyaga yetmagan farzandlari to‘g‘risida belgi bor-yo‘qligi tekshirilishi lozim.
110. Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
111. Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDY organiga ariza berganlaridan keyin uch oy o‘tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.
112. Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.
Nikohdan ajratish qayd etilganidan so‘ng nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qo‘yiladi va u arizachilarga qaytariladi.
113. Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Er yoki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi.
Bolalari to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
115. Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni ozodlikdan mahrum etish joyida o‘tayotgan shaxs bilan nikohdan ajralishni xohlovchi er(xotin) o‘z arizasida sudlangan shaxsning jazoni o‘tayotgan joyni ko‘rsatishi lozim.
Arizani qabul qilgan FHDY organi shu kuniyoq bu to‘g‘rida jazoni ijro etish muassasasiga xabarnoma jo‘natadi. Muassasa ma’muriyati xabarnomani olgach, 2 hafta mobaynida mahkumning arizachi bilan o‘rtada bolalar va mol-mulk to‘g‘risida nizosi yo‘qligi haqida yozma ravishda bildirishnomasini tasdiqlab FHDY organiga jo‘natadi.
Mahkumning nikohdan ajratishga roziligi olingach va o‘rtada bolalar va mol-mulk yuzasidan nizolari yo‘q bo‘lganda, FHDY organi ariza beruvchi ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etadi.
116. O‘zaro bolalari va mulkiy nizolari bo‘lmagan va 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nikohdan ajratish er-xotinning o‘zaro roziligiga ko‘ra umumiy qoidalar asosida FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
117. Sudning er-xotindan birining bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha nikohdan ajratish er yoki xotindan birining turar joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
118. Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs qaytib kelganda uning murojaati bo‘yicha FHDY organi unga ham nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
119. Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
120. FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Er-xotinlarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlar yoki boshqa hujjatlarga nikohdan ajratilganlik to‘g‘risida FHDY organi tomonidan shtamp qo‘yiladi.
Ushbu Qoidalar 1998-yil 1-sentabrgacha va 2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan sud qarorlariga nisbatan qo‘llanadi.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
121. Respublika sudlarining 1998-yil 1-sentabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi;
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDY organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganligi rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Tekshiruvni sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi Alfavit daftari bo‘yicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yilganligi yoki yo‘qligi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar nikohdan ajratish FHDY organida tomonlardan birining arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va nikohdan ajratganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qo‘shimchalar kiritish va nikohdan ajratilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi o‘z vakili orqali berilgan arizasi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ariza va ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(121-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
122. MDH mamlakatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan tuzilgan nikohni bekor qilish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizachining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi.
123. O‘limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
124. O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgan vaqtdan boshlab 3 kundan kechikmay berilishi kerak.
O‘limni qayd ettirish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari yoki yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o‘lim to‘g‘risida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.
125. O‘limni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy guvohnoma dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasi chap tomonining yuqori qismiga qistirib qo‘yiladi.
126. Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
127. Chet elda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘limini qayd etish marhum yashab turgan yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar o‘limni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda o‘limni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘lgan sanasi, shuningdek o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va o‘lim qayd etilgan sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
128. Agar o‘limni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi ma’lum bo‘lsa, u holda konsul shu kunning o‘zidayoq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasiga xabar beradi.
129. O‘lim qayd etilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasiga jo‘natiladi.
Marhumning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yo‘qligi o‘limni qayd etish uchun to‘siq bo‘la olmaydi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi xabardor qilinadi.
130. Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaxslarning o‘limini qayd etish mazkur muassasa ma’muriyatining xabariga ko‘ra, vafot etgan kishining ozodlikdan mahrum qilingunga qadar doimiy yashagan joyidagi yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
131. Sudning fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori bilan o‘limni qayd etish yoki o‘limi qonunda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limi umumiy asoslarda qayd etiladi. Bunday holda marhum haqidagi ma’lumotlar o‘lim qayd etilgan yildagi va o‘lim sodir bo‘lgan yildagi Alfavit daftarlariga kiritiladi.
132. O‘limni qayd etishda marhumning pasporti, harbiy bileti, 16 yoshgacha vafot etganlarning esa tug‘ilganlik haqida guvohnomasi taqdim qilinadi. Bunda FHDY organi xodimi (konsul) hujjatlarning birinchi sahifasiga o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va sanasini yozadi.
Vafot etganlarning pasportlari va 50 yoshgacha vafot etganlarning harbiy biletlari har oyda bir marta, ro‘yxat bo‘yicha IIB va mudofaa ishlari bo‘limiga topshiriladi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar esa har chorakda bir marta, dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
Agar o‘limni qayd etishda vafot etgan shaxsning pasporti va harbiy bileti taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda bu haqda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
133. O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan so‘ng o‘lim haqida gerbli guvohnoma yoziladi va arizachiga taqdim etiladi. Ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga va qabristonga taqdim etish uchun tegishli shakldagi ma’lumotnomalar beriladi.
(133-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 24-son, 249-modda)
134. O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash tuman, shahar sudlarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar sud qarorida marhumning o‘lgan sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda sud qarori kuchga kirgan sana marhumning o‘lgan kuni hisoblanadi.
135. Temir yo‘l yoki avtomobil transportida sodir bo‘lgan o‘limni qayd etish o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomaga asosan yaqinroq joydagi FHDY organi yoki marhumning doimiy yashagan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Havo yoki dengiz kemasida sodir bo‘lgan o‘limni qayd etish havo kemasi qo‘ngan joydagi yoki dengiz kemasi to‘xtagan portdagi FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
136. Shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etish sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomasiga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday hollarda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi barcha ma’lumotlar o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma asosida ko‘rsatiladi va faqat qabristonga taqdim etish uchun ma’lumotnoma beriladi.
O‘lim haqidagi gerbli guvohnoma faqat dalolatnoma yozuvidagi yetishmaydigan ma’lumotlar to‘ldirilgandan keyingina beriladi.
137. FHDY organi qo‘shimcha tibbiy ma’lumotnoma yoki murdaning tanib olinganligi to‘g‘risidagi prokuratura xabarnomasini olgach, dalolatnoma yozuviga yetishmaydigan ma’lumotlarni kiritadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga zarur o‘zgartirishlar kiritish uchun FHDYning yuqori arxiviga xabarnoma jo‘natadi.
138. Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi.
139. Tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajratish haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o‘rtasida nizo bo‘lsa yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
140. Dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan hollarda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga to‘lgan fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra uning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlanganidan keyingina amalga oshiriladi.
141. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDY organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
shahar (Toshkent), viloyat, respublika (Qoraqalpog‘iston)* FHDY arxivining ariza beruvchining tug‘ilgan joyi bo‘yicha dalolatnoma yozuvining yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomasi;
ota-onalarining hujjatlari bo‘lmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlari nusxalari;
142. Ariza qabul qilishda ariza beruvchi yolg‘on ko‘rsatmalar berganligi uchun javobgarligi haqida FHDY organi tomonidan ogohlantiriladi.
143. Tug‘ilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvida arizachining tug‘ilgan yili: pasporti, harbiy bileti va boshqa mavjud hujjatlariga asosan ko‘rsatiladi.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda ariza beruvchining faqat tug‘ilgan yili ko‘rsatilib, tug‘ilgan kuni va oyi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning tug‘ilgan sanasi o‘sha yilning 1-iyuli deb hisoblanadi.
144. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng FHDY organi mudiri tomonidan xulosa tuziladi va uning asosida tug‘ilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va tug‘ilganlik haqida guvohnoma beriladi.
145. Sobiq Ittifoq respublikalaridan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash haqida tushgan hujjatlar asosida FHDY organi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tug‘ilganlik haqida guvohnoma jo‘natadi.
146. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
shahar, viloyat, respublika FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomasi;
nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, so‘ngra nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida oxirgi dalolatnoma yozuvining raqami takroriy ravishda “T” harfi qo‘ygan holda yoziladi va nikoh tuzilganligi haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikoh tuzilganligi haqida guvohnomada “nikohlandilar” grafasida tiklanayotgan dalolatnoma yozuvining birinchi qayd etilgan sanasi, “tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etildi” ustunida nikoh tuzilganligi haqida tiklanib tuzilgan dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
147. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
shahar, viloyat, respublika FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi haqida ma’lumotnomasi;
nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining nikohdan ajratish haqidagi belgi qo‘yilgan nusxasi;
ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari daftarida oxirgi dalolatnoma yozuvi tartib raqami takroriy ravishda “T” harfi yozib qo‘yiladi va nikohdan ajratish haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning “bu haqda ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd qilish daftarida” ustunida nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining dastlabki sanasi, qavs ichida esa — tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.
148. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar bo‘lmaganda FHDY organi ariza beruvchiga rad qilinganlik haqidagi asoslangan xulosasini beradi. Ushbu xulosa bilan arizachi masalani mohiyatiga ko‘ra hal etish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
149. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi ariza FHDY organi tomonidan barcha zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi zarur.
151. O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan berilgan fuqarolik holatlarini tasdiqlovchi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining gerbli guvohnomalariga almashtirilishi mumkin.
152. Hujjatlarni almashtirish fuqarolarning yozma arizalariga ko‘ra doimiy yashash joylaridagi FHDY organlari tomonidan ushbu hujjatlar va ularning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida legalizatsiya qilingan tarjimalari asosida, hujjatning berilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
153. Almashtirish paytida topshirilgan va chet el vakolatli muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar va ularning legalizatsiya qilingan tarjimalari tiklangan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari bilan ushbu yozuvni qayd etgan FHDY organi arxivida 75 yil saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
154. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘lsa, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
FHDY organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
155. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
g) ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
e) nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
j) ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
z) imlo xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi yozilmay qolganda;
i) 16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
k) agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda.
156. Dalolatnoma yozuvlari O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan, shuningdek nikoh to‘g‘risida va o‘lim to‘g‘risida, aka-ukalar va opa-singillarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi va boshqa dalolatnoma yozuvlarida tafovutlar bo‘lgan hollardan tashqari, yuqorida keltirilgan barcha holatlarda dalolatnoma yozuvlari tuzilgan joyi bo‘yicha ariza berilgan kunidayoq xulosa tuzilmay tuzatishlar kiritiladi.
157. O‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi arizaga ariza beruvchining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (pasportning nusxasi (kseronusxasi), dalolatnoma yozuvlari nusxalari ilova qilinadi. Ular bilan birga yig‘majildga o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan guvohnomalarning asl nusxasi tikib qo‘yiladi.
158. Agar o‘zgartirish kiritiladigan dalolatnoma yozuvi respublikadan tashqarida bo‘lsa, u holda FHDY organi xulosa tuzadi yoki (davlatlararo kelishuv mavjud bo‘lsa) ariza beruvchining arizadagi imzosini tasdiqlaydi va yig‘majildni (arizani) dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga ijro etish uchun yuboradi.
Xulosaga ko‘ra dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritilishi zarur bo‘lgan hollarda, ariza unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
159. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi xulosa 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yig‘majildga tikiladi, ikkinchisi FHDY organida qoladi, uchinchi nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
160. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritgan FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun bu haqda FHDY arxivini shu kunning o‘zidayoq xabardor qiladi.
161. Ariza beruvchining familiyasi, ismi o‘zgartirilganda tegishli Alfavit daftarlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
162. Ariza beruvchining xohishiga binoan FHDY organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
163. Shaxsning tug‘ilish dalolatnoma yozuvida uning jinsini o‘zgartirish tibbiyot muassasasining xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
164. Mazkur Qoidalarning 155-bandi “b” va “v” qismlaridan tashqari barcha hollarda o‘zgartirishlar kiritilganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
165. O‘zbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalari ushbu Qoidalar bilan belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
166. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach turar joydagi FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, unda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma va tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi nusxasi ilova qilinadi.
xohishga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oilada bir xil familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiyani tanlamagan bo‘lsa);
b) agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
v) agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
d) agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
169. O‘zgartirishlar kiritilishi uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari yo‘qolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish ular tiklanganidan keyin amalga oshiriladi.
171. FHDY bo‘limi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDY organlaridan o‘zining talabi bo‘yicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini olganda yig‘ilgan hujjatlarni yig‘majildga tikadi va tegishli tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar bo‘limiga jo‘natadi.
172. Ichki ishlar bo‘limi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida o‘rganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishi xususida asoslangan xulosa tuzadi va FHDY organiga taqdim qiladi.
173. Ichki ishlar bo‘limining xulosasini olgandan keyin FHDY organi taqdim etilgan hujjatlar asosida familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish yoki rad qilish to‘g‘risida asoslangan xulosa tuzadi.
174. Familiya, ism, ota ismi o‘zgarganligi to‘g‘risida ichki ishlar bo‘limiga 7 kun mobaynida, agar ariza beruvchi harbiy xizmatga majbur bo‘lsa, mudofaa ishlari bo‘limiga xabarnoma yuboriladi.
175. Xulosa asosida tug‘ilganlik to‘g‘risida, nikohni qayd etish yoki nikohdan ajratish to‘g‘risida, bolalarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va yangi guvohnoma beriladi. Eski guvohnomalar yig‘majildga tikib qo‘yiladi.
176. Agar o‘zgartirish kiritish talab etiladigan dalolatnoma yozuvi boshqa joyda bo‘lsa, u holda FHDY organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
177. FHDY organi xabarnomaga binoan dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va yangi guvohnomani to‘ldiradi va uni ariza beruvchiga topshirish uchun uning yashash joyidagi FHDY organiga yuboradi, shuningdek dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga ana shunday o‘zgartirishlarni kiritish uchun tegishli FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
178. O‘zaro qonuniy nikohda turgan er yoki xotindan birining familiyasi o‘zgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini o‘zgartirganligi ularning voyaga yetgan bolalarining familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilishi 16 yoshga to‘lmagan bolalar familiyasining ham o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.
Agar ota-onadan biri familiyasini o‘zgartirsa, ularning voyaga yetmagan bolalarining familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onalarning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
180. Agar nikohga kirish paytida o‘zining nikohgacha bo‘lgan familiyasini saqlab qolgan shaxs keyinchalik erining familiyasini qabul qilsa, shuningdek, nikohga kirish paytida qabul qilgan familiyasini nikohgacha bo‘lgan familiyasiga o‘zgartirsa, u holda o‘zgartirish faqat nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
Agar nikohdan ajratilgandan keyin nikohdagi familiyasini saqlab qolgan shaxs uni nikohgacha bo‘lgan familiyasiga o‘zgartirsa, u holda o‘zgartirish faqat nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
181. 16 yoshga to‘lgan shaxslar tomonidan familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirilgan barcha hollarda o‘zgartirish faqat tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “bola to‘g‘risida ma’lumotlar” ustuniga kiritiladi.
182. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 167-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli organlardan talab qilib oladi.
Yig‘ilgan hujjatlar asosida konsul Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirishiga ruxsat berilganligi haqidagi xulosani olishi zarur.
Ushbu xulosa asosida konsul familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida asoslangan xulosa tuzadi va uni yig‘majild bilan birga o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi saqlanib turgan FHDY organiga yuboradi.
183. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza 45 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
185. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 233-moddasiga muvofiq, agar FHDY organi tomonidan ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligi aniqlansa, tiklangan yozuvlar ular tuzilgan joydagi FHDY organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Agar topilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan sana, ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlarda jiddiy farq bo‘lsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.
186. Dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi sudning qarorini olgach bekor qilingan yozuvni tuzgan FHDY organi uning diagonali bo‘ylab chiziq tortib, bu haqda belgi qo‘yadi va arizachiga ma’lumotnoma beradi.
187. FHDY organi yuqori turuvchi shahar, viloyat, respublika FHDY arxiviga va dastlabki dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga dalolatnoma yozuvlarining bekor qilinganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi.
FHDY arxivi xabarnomani olishi bilan tegishli dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yadi, FHDY organi esa ariza beruvchiga dalolatnomaning dastlabki yozuviga muvofiq takroriy guvohnoma beradi (yuboradi).
188. Sobiq Ittifoq respublikalaridan kelgan hujjatlar bo‘yicha yozuvlarni bekor qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari xulosasi bo‘yicha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi, yozuvni bekor qilish bo‘yicha hujjatlar esa shu FHDY organida saqlanadi.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastxat bilan to‘ldiriladi.
190. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari to‘liq, xatosiz va qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) to‘ldirilishi kerak.
191. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari pasport asosida, u bo‘lmagan taqdirda — shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida to‘ldiriladi.
Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham ko‘rsatiladi. Millati haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumot yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(192-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(193-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(194-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(195-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(196-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(197-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
198. O‘lik tug‘ilgan bola to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma bo‘yicha kiritiladi.
(198-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
199. Tirik tug‘ilib, ammo hayotining birinchi haftasida o‘lgan bolaga nisbatan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
(199-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(200-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
201. Dalolatnoma yozuvlari to‘ldirilgandan keyin ariza beruvchi tomonidan o‘qib chiqiladi va imzolanadi.
202. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi asosida tegishli gerbli guvohnomalar davlat tilida to‘ldiriladi va ariza beruvchiga topshiriladi.
203. Gerbli guvohnomalarni berish uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan gerb yig‘imi undiriladi.
204. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.
Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yo‘qolganda, ikkinchi nusxa bo‘yicha guvohnoma olish qulay bo‘lganda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarining aynan bir xilligini tekshirgandan so‘ng tug‘ilganlik, nikoh, o‘lim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.
205. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o‘ziga, uning ota-onalariga yoki qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi.
Nikohdan ajratilganda nikoh haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin.
206. Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoyalash muassasasi ma’muriyatlarining arizalari bo‘yicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2061. Ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxslarga yoki pasport olishmagan shaxslarga tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaxsning fotosurati yopishtirilgan, yashash joyidagi fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki mazkur shaxs ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.
(2061-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 319-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 521-modda)
207. Takroriy guvohnoma olish to‘g‘risidagi arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi, manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, guvohnoma so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma so‘ralganda er-xotinning familiyalari, ismlari va ota ismlari, dalolatnoma yozuvi qachon va qaysi FHDY organi tomonidan qayd etilganligi va takroriy guvohnoma qanday sababga ko‘ra talab qilinayotganligi ko‘rsatilishi kerak.
208. Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki o‘zi yashab turgan joydagi FHDY organi orqali murojaat etishi mumkin.
Yashash joyidagi FHDY organi orqali takroriy guvohnoma berish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDY organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun jo‘natadi.
Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.
Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalar shu kuni ijro etiladi va ilova xat bilan birgalikda shahar (tuman) FHDY organiga jo‘natiladi va bir vaqtning o‘zida ariza beruvchiga guvohnoma jo‘natilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
Agar takroriy guvohnoma so‘rab murojaat etilgan FHDY organida tegishli dalolatnoma yozuvi yo‘q bo‘lsa, FHDY organi arizani va dalolatnoma yozuvi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani shahar, viloyat, respublika FHDY arxiviga tegishli tekshiruv o‘tkazish va takroriy guvohnoma berish uchun jo‘natadi.
209. Shahar, viloyat, respublika FHDY arxivi arizani olishi bilan dastlabki va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini tekshiradi va takroriy guvohnomani yuboradi.
210. Takroriy guvohnoma berish haqida ariza tushganda tekshirish arizada ko‘rsatilgan yil bo‘yicha, agar mazkur yilda bo‘lmasa, o‘tgan va keyingi 3 yillar bo‘yicha o‘tkaziladi.
211. Takroriy guvohnoma olishda ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi kerak.
212. Dalolatnoma yozuvining ba’zi ustunlari to‘ldirilmagan bo‘lsa, u holda guvohnomada chiziqlar qo‘yiladi.
213. Takroriy guvohnomalar berilganligi uchun davlat boji va (o‘lim haqidagi guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi undiriladi.
214. Fuqarolarning (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) arizalari yoki huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa manfaatdor organlarning yozma so‘rovnomalariga ko‘ra dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan ko‘chirmalar berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur hollarda hokimlik, mudofaa ishlari bo‘limi, sog‘liqni saqlash, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining vakillari ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadida adliya boshqarmalarining ruxsati bilan dalolatnoma yozuvlaridan ayrim ma’lumotlarni ko‘chirma qilishlari mumkin.
(214-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
215. FHDY organlari arxivlari tegishli tuman, shahar hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalaridan iborat bo‘lgan daftarlardan tashkil topadi.
216. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari qayd etgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini har oyning 2-kunidan kechikmay FHDY organiga topshirishlari shart.
217. FHDY organlari arxivida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari va statistika organlari orqali shahar, viloyat, respublika FHDY arxiviga qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari kitob shaklida tikiladi, arxiv fondi hisobiga olinadi va Alfavit daftarlariga kiritiladi.
218. FHDY organlari arxivi uchun alohida xona bo‘lmaganda dalolatnoma yozuvlari daftarlari ish xonalarida temir shkaflarda saqlanishi mumkin.
219. FHDY organlari arxivlari, kitob shkaflari ishdan tashqari vaqtda FHDY organining mas’ul xodimi tomonidan muhrlab qo‘yilishi kerak.
220. FHDY organlari arxivlarida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlarini saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalariga yuklanadi.
221. FHDY organlaridan kelib tushgan xabarnomalar asosida dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi belgilar shahar, viloyat, respublika FHDY arxivi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlanishi va gerbli muhr bilan muhrlanishi shart.
222. Jo‘natilayotgan xabarnomalar FHDY organidan chiqayotgan xat va xabarnomalar daftarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
223. FHDY organi arxivida dalolatnoma yozuvlari daftarlarining to‘la saqlanishi uchun javobgarlik FHDY organi mudiri yoki arxiv uchun mas’ul xodimga yuklatiladi.
224. Shahar, viloyat, respublika FHDY arxivlari fondi tegishli ravishda ular hududidagi FHDY organlarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalaridan tashkil topadi.
225. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari Toshkent shahar adliya boshqarmasi FHDY arxivida, ikkinchi nusxalari esa Toshkent viloyat adliya boshqarmasi FHDY arxivida saqlanadi.
226. Ayrim tumanlar (o‘zini o‘zi boshqarish organlari)dan olingan, tartib raqamlari va turlari bo‘yicha taxlangan dalolatnoma yozuvlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika organlaridagi ikkinchi nusxalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari FHDY arxiviga dalolatnoma asosida, har yilning yanvar oyining 20 kunigacha topshirilishi kerak.
227. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari FHDY arxivlarida o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalar dalolatnoma yozuvlari bilan birga tikilib qo‘yiladi.
228. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari FHDY organi arxivlarini fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini kitob shaklida tikish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlaydi.
229. FHDY organlari arxivlari keluvchilar uchun xona, ish xonasi hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlari saqlanadigan xonalarga ega bo‘lishlari kerak.
Arxiv uchun ajratilgan xona temir stellajlar yoki temir javonlar bilan jihozlangan bo‘lishi, uning eshiklari va derazalariga temir panjaralar o‘rnatilishi kerak.
230. Arxivga begona kishilarning kirishi, dalolatnoma yozuvlari bilan tanishishi, ulardan nusxalar, fotonusxalar olishi, ularga dalolatnoma yozuvlari daftarlarining berilishi qat’iyan man etiladi.
231. FHDY organi arxivlarida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari ularning tuzilgan kunidan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, dalolatnoma yozuvlari daftarlari tegishli ravishda shahar, viloyat va respublika FHDY arxivlariga topshiriladi.
232. Shahar, viloyat va respublika FHDY arxivlari o‘z navbatida dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxalarini bir-biri bilan solishtirib, zaruriy o‘zgartirishlar, tuzatishlar, qo‘shimchalar va belgilar kiritadilar, foydalanishga yaroqsiz holdagi dalolatnoma yozuvlarini almashtiradilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va doimiy saqlash uchun Markaziy davlat arxiviga topshiradi.
233. Shahar, viloyat respublika FHDY arxivlarida qolgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari muddati o‘tganligi sababli, dalolatnoma bo‘yicha yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.
Saqlash muddatlari o‘tganligi sababli dalolatnoma yozuvlari daftarlarini yo‘q qilish haqidagi dalolatnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
234. FHDY organlari tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl bo‘yicha hisobotlarni har oyning 5-kunidan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalariga topshirishlari kerak.
235. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxasi 97-shakl bo‘yicha 2 nusxada tuzilgan hisobot bilan keyingi oyning 2-kunidan kechiktirmay FHDY organiga topshiriladi. Hisobotning ikkinchi nusxasi o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlarida saqlanadi.
236. FHDY organlarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasiga tibbiy muassasalar tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar ilova qilinadi.
237. Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarining to‘g‘riligini tekshiradi va tekshirish paytida noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirilgan dalolatnoma yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDY organiga uch kun muddatda tuzatish uchun qaytaradi.
To‘g‘rilash uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vedomostdan o‘chirilmaydi.
Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini har oyning 10-kunidan kechiktirmay davlat statistika organiga topshiradi.
238. Davlat statistika organi o‘tgan yilda topshirilgan dalolatnoma yozuvlarini keyingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay viloyat FHDY arxiviga topshirishi kerak.
239. 97-shakldagi hisobot vedomosti to‘rt nusxada tuziladi. Ulardan ikkitasi dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasi bilan adliya boshqarmasiga, uchinchi nusxasi tuman, shahar davlat statistika organiga topshiriladi, to‘rtinchisi esa FHDY organida qoladi.
240. FHDY organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha adliya boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha 22-shakldagi, gerbli guvohnomalar bo‘yicha esa 1-shakldagi 1-chorak, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.
241. Adliya boshqarmalari FHDY organlaridan olingan 1 va 22-shakllar bo‘yicha hisobotlarni umumlashtiradi va har chorak o‘tishi bilan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Adliya vazirligiga topshirishi kerak.
242. Adliya boshqarmalari yillik hisobotlarni yangi yil yanvar oyining 10-kunidan kechiktirmay Adliya vazirligiga topshirishi kerak.
243. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari Adliya vazirligiga yangi yil yanvar oyining 10-kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.
244. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi bo‘lgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qo‘yilgan gerbli guvohnomalar beriladi.
245. FHDY organlarida guvohnomalarning hisobga olinishi va ularning saqlanishi uchun javobgar ularning mudirlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida esa — ularning raislari hisoblanadi.
246. Agar gerbli guvohnomalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmaganda, u holda gerbli guvohnomalar dalolatnoma bo‘yicha uning vazifasini vaqtincha ijro etayotgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
247. Gerbli guvohnomalarning kamchiligi, nuqsonlari, yo‘qolganligi va o‘g‘irlanganligi aniqlanganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maxsus xabar jo‘natiladi.
Gerbli guvohnomalar yo‘qolgan har bir holatda adliya boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi va aybdor shaxslarga nisbatan qattiq choralar qo‘llanilishi lozim.
248. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va sarflash daftarlari aniq va ravshan to‘ldirilishi kerak.
Gerbli guvohnomalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, daftardagi yozuvlarni chizish va o‘chirish qat’iyan man etiladi. Ushbu daftarlarga kiritilgan har bir tuzatish izohlanishi shart.
250. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalarining FHDY organlari faoliyatini har 2 yilda kamida 1-marta kompleks tekshirishdan o‘tkazishi kerak.
251. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari o‘zlariga qarashli FHDY organlari faoliyatini bir yilda kamida 1-marta tekshiruvdan o‘tkazishlari kerak.
252. Tuman, shahar FHDY bo‘limlari fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha o‘zlariga hisob beruvchi o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari faoliyatini bir yilda kamida bir marta tekshiruvdan o‘tkazishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan vasiylik yoki homiylik ota-ona vafot etganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ota-ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda, ular kasal bo‘lganda, ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiyalash, davolash muassasalari va aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasadagi o‘zining bolasini olishdan bosh tortganda, bolalar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, shuningdek, voyaga yetgan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ularni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish maqsadida, shuningdek, ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi.
2. Salomatligi yomonligi sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan, muomalaga layoqatli shaxslarning iltimoslariga binoan, ularning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish uchun ularga nisbatan homiylik belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan — sog‘liqni saqlash bo‘limlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
v) sog‘lig‘i yomonligi sababli homiy tayinlashga muhtoj bo‘lgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan — bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga yuklanadi.
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolariga va sog‘lig‘i tufayli o‘z huquqini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan, va o‘z majburiyatini bajara olmaydigan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarolariga nisbatan vasiylik va homiylik faoliyatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari zimmasiga yuklanadi.
6. Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga binoan vasiylik va homiylik organlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
a) ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydilar, ularni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatidan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydilar (149-modda);
v) tuman, shahar hokimiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish yuzasidan tavsiyanomalar tayyorlaydilar (151-modda);
g) bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida kelishuv tuzadilar va uni bekor qiladilar (195, 196-moddalar);
vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash, uni bir yildan ortiq muddatga garovga qo‘yish yoki ijaraga berishga;
e) vasiylikdagi va homiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda, uning ta’minoti uchun nafaqa tayinlaydilar (186-modda);
j) vasiy yoki homiydan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni insofsizlik yoki e’tiborsizlik bilan bajarishi natijasida vasiylikdagi shaxsga yetkazilgan mulkiy zararni to‘lashni talab qiladilar (191- modda);
z) homiyni homiylik qilishdan ozod qiladilar, vasiy va homiyni o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlatadilar (187, 188-moddalar);
i) vasiy yoki homiyning xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadilar (193-modda);
k) farzandlikka olish sirining saqlanishini ta’minlaydilar, farzandlikka olgan va farzandlikka olishni istovchi shaxslarning, farzandlikka olinganlarning, shuningdek, vasiylik va homiylikka ehtiyoji bor voyaga yetmaganlarning, vasiy va homiy bo‘lishni hamda bolalarni tarbiyaga olishni istovchi shaxslarning, vasiylikka va homiylikka hamda tarbiyaga olingan voyaga yetmaganlarning, vasiylar va homiylarning hisobini yuritadilar;
l) belgilangan tartibda farzandlikka olishni bekor qilish yoki (farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish uchun sudga hujjatlar tayyorlaydilar;
m) davlat muassasalari (internatlar)ga yuborilgan voyaga yetmagan bolalarning hisobini olib boradi va ularga oid hujjatlar tayyorlaydi;
n) ota-onalar o‘rtasida paydo bo‘ladigan bolaning ismi va (yoki) familiyasiga aloqador kelishmovchiliklarni, shuningdek bolalarning ta’lim va tarbiyasiga taalluqli masalalarni hal qiladilar (69, 75-moddalar);
o) vasiy va homiy majburiyatlarining bajarilishi va huquqlarining amalga oshirilishi ustidan yilda kamida 2-marta nazoratni amalga oshiradilar, oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar va bu haqda tegishli ma’lumotnomalar tuzadilar (182, 200-moddalar);
p) sud qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaroning mulkini ishonchli boshqarib turuvchi shaxsni aniqlaydilar va u bilan shartnoma tuzadilar (Fuqarolik kodeksining 34-moddasi);
r) ota-onalar va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan hollarda bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydilar (74-modda);
s) belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etadilar (80, 82, 83 moddalar);
t) voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qiladilar (emansipatsiya) (Fuqarolik kodeksining 28-moddasi);
8. Vasiylik va homiylik organlari vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qiladilar va ularni manfaatdor muassasalarga, tashkilotlarga va shaxslarga e’lon qiladilar.
9. Vasiylik va homiylik organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga amal qiladilar.
10. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatiga rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va joylardagi davlat hokimiyat organlari amalga oshiradilar.
11. Sud tomonidan bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim da’vo taqdim qilganligidan qat’i nazar, vasiylik va homiylik organi ishda qatnashishga jalb qilinishi kerak.
12. Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni o‘z tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxsning (shaxslarning) turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazish va tekshirish dalolatnomasini hamda unga asoslangan nizo mohiyati bo‘yicha xulosani sudga taqdim qilishi shart.
13. Bolaning hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan tortib olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan tortib olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
14. Bola tortib olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorni xabardor qilishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bolani tortib olish haqidagi dalolatnomasi chiqarilgandan keyin yetti kun mobaynida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqlarini cheklash haqida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.
15. Bolani tortib olish va uni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organi va bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs (shaxslar) ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
16. Ota va onalari haqidagi ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda ota va ona haqidagi yozuvlar “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ga va mazkur Nizomga binoan vasiylik va homiylik organi ko‘rsatmasi bo‘yicha yozib qo‘yiladi.
Agar ota-onalar turli familiyalarda bo‘lsa, unda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga ulardan birining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
18. Ota-onalar o‘rtasida nikohdan ajralish yoki nikohning haqiqiy emas deb topilishi bolalarning familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. Agar ajralishdan, nikoh haqiqiy emas deb topilganidan keyin yoki ota-onadan biri otalik yoki onalik huquqidan mahrum etilganidan so‘ng bolani o‘z tarbiyasiga olgan ota yoki ona unga o‘z familiyasini berishni xohlasa, bu masalani vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi.
19. Bolalar tarbiyasi va ta’limiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan ularning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishuvlar bo‘lmasa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
20. Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota-ona bilan ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
21. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega bo‘ladi.
Ota-onalar (ulardan biri) bolaning yaqin qarindoshlarga u bilan ko‘rishib turishni rad etgan hollarda, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday ko‘rishib turishlarga to‘sqinlik qilmaslikka majbur qilishi mumkin.
22. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
24. Agar bola vasiylik yoki homiylikda bo‘lsa va uni farzandlikka olish uchun ota-ona roziligi talab qilinmasa, farzandlikka olish vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.
25. Vasiylik va homiylik organi Oila kodeksining 168 va 169-moddalarida belgilangan hollarda farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida yoki farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
26. Agar da’vo vasiylik va homiylik organiga nisbatan qilingan bo‘lsa, u bu haqda farzandlikka olgan shaxsga xabar berishga majbur, farzandlikka olgan shaxs ishni ko‘rib chiqishda javobgar tomonida ishtirok etishga haqlidir.
27. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni tanlashni amalga oshiradi, ular bilan bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risida kelishuv tuzadi.
28. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining o‘zgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan o‘zaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud bo‘lsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek, vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.
29. Vasiylik va homiylik organi oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradi.
30. Voyaga yetmagan, o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs agar u mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab turgan yoki ota-onasi, farzandlikka olganlar yoxud homiyning roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib turgan bo‘lsa, to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) vasiylik va homiylik organining qaroriga ko‘ra ikkala ota-onaning, farzandlikka olganlarning yoki homiyning roziligi bilan, yoxud bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sud qarori bilan amalga oshiriladi.
31. Vasiylik va homiylik organining vasiy yoxud homiyni tayinlash yoki vasiy yoxud homiyni bu vazifadan chetlatish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, vasiylik va homiylikning boshqa barcha masalalari yuzasidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
32. Vasiy va homiyning xatti-harakatlari ustidan homiyning turar joyidagi tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga homiylikdagi shaxsning o‘zi, davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va boshqa fuqarolar tomonidan shikoyat qilinishi mumkin.
33. Vasiylik va homiylik organining qarori hamda vasiy va homiyning xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
34. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan muassasalar (maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim, davolash va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqda bolalarning aniq turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga xabar berishlari shart.
Vasiylik va homiylik organi bunday xabarni olgan kundan boshlab bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bola ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlanganda, uni joylashtirish masalasi hal bo‘lgunga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.
35. Vasiylik va homiylik organi vasiylik va homiylik majburiyatlarining bevosita bajarilishi uchun vasiy va homiyni tayinlaydi.
36. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs va vasiylik va homiylikka muhtoj shaxs o‘rtasidagi mavjud munosabatlar, shuningdek, 10 yoshga to‘lgan homiylikka olinuvchining o‘z xohishi e’tiborga olinishi lozim.
37. Vasiylik va homiylik organlariga vasiylik yoki homiylik belgilash zarurati ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim.
38. Vasiy, homiy va bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarning majburiyatlari bajarilishi va ularning huquqlari amalga oshirilishi ustidan nazorat vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Vasiylik va homiylikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy bo‘lishni xohlovchi shaxslarni, vasiy va homiylarni, ariza beruvchilarni, manfaatdor va ishga aloqador shaxslar (qarindoshlar, jamoat birlashmalari vakillari, ekspertlar, guvohlar va boshqalar)ni hamda ayrim hollarda vasiylikka yoki homiylikka muhtoj shaxslarni taklif qilishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning kelmaganligi, agar vasiylik va homiylik organi ularning ishtirokini majburiy deb hisoblamasa, ishning ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
40. Vasiylik va homiylik organlari vasiy va homiyni ular zimmasiga qonun bilan yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan hollarda ularni bu majburiyatlarni bajarishdan chetlatadi.
41. Vasiy yoki homiy o‘z zimmasiga yuklangan vazifalardan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa maqsadlarda foydalanganida, homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganida, vasiylik va homiylik organi aybdorni qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralar ko‘rishi mumkin.
42. Vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiydan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni insofsizlik yoki e’tiborsizlik bilan bajarishi natijasida yetkazilgan mulkiy zararni to‘lashini talab qilishi shart, vasiylik va homiylik tugatilganda esa, vasiylik va homiylikda bo‘lgan muomalaga layoqatli shaxs ham bunday talabni qo‘yishga haqli.
43. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan homiylikdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘z ish haqlarini, nafaqalarini, stipendiyalarini va boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf qilishga haqlidir. Etarli asoslar bo‘lganda vasiylik va homiylik organi ularning bu mablag‘larni mustaqil tasarruf qilish huquqini cheklash yoki bu huquqdan mahrum qilish yuzasidan sudga murojaat etishi mumkin, Fuqarolik kodeksining 22-moddasining ikkinchi qismida va 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
44. Vasiy va homiylar vasiylik va homiylik organlariga yil tugashi bilan kelgusi yilning boshida (10-yanvargacha) homiylikdagi shaxslarning mol-mulkining saqlanishi va boshqarilishi, ularga tegishli pul mablag‘lari va boshqa qimmatli buyumlarni saqlashning ahvoli haqida yozma hisobot taqdim qiladilar.
45. Vasiylik va homiylik tugaganida, vasiy va homiyni o‘z majburiyatini bajarishdan chetlatilganda, shuningdek, voyaga yetgan shaxsga homiylik qilish majburiyatidan ozod etilganida vasiylik va homiylik organi mol-mulk, pul mablag‘larini va boshqa qimmatli buyumlarning saqlanishi chora-tadbirlarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Vasiylik va homiylik bo‘yicha ish yuritish tegishli ravishda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash bo‘limlari hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan yuritiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
1. Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ta’minlash, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, shuningdek, ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoyalash maqsadida belgilanadi.
2. Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga, homiylik esa 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga va sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi hollarda belgilanadi:
ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganida yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
ota-onasi b oydan ortiq muddat bo‘lmagan hollarda, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
3. Sog‘lig‘ining yomonligi sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy xo‘jaligi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiyalar, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga:
ota-onasining tarbiyasida bo‘lishi bolalar manfaatlariga zid bo‘lganda, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi 6 oydan ortiq yo‘q bo‘lgan bolalar to‘g‘risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to‘g‘risida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar to‘g‘risida;
sog‘lig‘i tufayli homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar berishga majburdirlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-iyundagi 117-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 204-modda)
5. Vasiylik yoki homiylik organlari vasiylik va homiylik bo‘yicha majburiyatlarni bevosita amalga oshirish uchun ushbu organlarga vasiylik yoki homiylik tayinlash lozimligi ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmasdan vasiy yoki homiy tayinlaydi.
6. Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina, mazkur Nizomning 36-bandining I qismida nazarda tutilgan holatlar hisobga olingan holda, tayinlanishi mumkin.
7. Tarbiyalash va davolash muassasalari, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalar tarbiyasi va ta’minotida bo‘lgan shaxslarga vasiylik yoki homiylik belgilanmaydi, vasiy va homiy majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalarga yuklanadi.
sobiq farzandlikka oluvchilar agar farzandlikka olganligi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq bekor qilingan bo‘lsa;
qonun bilan zimmalariga yuklangan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklari yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganliklari uchun vasiylik yoki homiylik vazifalaridan chetlatilganlar;
9. Vasiy yoki homiy bo‘lishni istovchilardan vasiy yoki homiylikka olishni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
a) vasiylikka yoki homiylikka oluvchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi va ularning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar bo‘lsa, ularning soni va yoshi va vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, shuningdek, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari ko‘rsatilgan ariza;
j) vasiy va homiy bo‘lishni istovchi shaxslarning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi vrachlik maslahat komissiyasining xulosasi, ruhiy va narkologiya muassasalari, teri-tanosil dispanseri ma’lumotnomalari.
10. Vasiylik va homiylik organlari vasiylikka yoki homiylikka berilayotgan shaxs to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni tayyorlaydi:
ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxasi yoki ota-onasining yoki ulardan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi haqida sud qarori;
ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdan va ta’minotidan bo‘yin tovlaganligi haqidagi, ota-onalarga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi hujjatlar, ichki ishlar, davolash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalarning bolalarning ota-onasiz qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalari;
vasiylik va homiylik organining bolani vasiylik yoki homiylikka olishni xohlayotgan oilaning maishiy turmush sharoitlari, oila a’zolarining salomatligi va oilaning boshqa sharoitlari to‘g‘risidagi tekshiruv dalolatnomasi.
11. Vasiylik yoki homiylik vasiy yoki homiy bo‘lishni xohlovchi shaxslarning arizasiga binoan tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik va homiylik vasiy yoki homiy tayinlanishga muhtoj bo‘lgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi bo‘lmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi.
12. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulk joylashgan yerda belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga o‘tkazish, vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni saqlash, mol-mulkni boshqarish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish tartibi va shartlari, shuningdek, vasiylik va homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish va saqlash bo‘yicha vasiy va homiylarning hisobot berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
13. Vasiylar o‘z qaramog‘idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar.
Homiylar o‘z qaramog‘idagi shaxslarga ular o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.
Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini barcha muassasalarda, shu jumladan, sudda ham alohida ishonchnomasiz himoya qiladi.
vasiyligi va homiyligidagi bolalarni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, salomatligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
o‘z qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalar bilan birga yashashi shart. 16 yoshga to‘lgan homiylikdagi bolaning o‘z homiysidan alohida yashashiga, basharti bu uning tarbiyasiga hamda huquq va manfaatlarining himoya qilinishiga salbiy ta’sir qilmasa, vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
vasiyligi va homiyligidagi bolaning fikri, shuningdek, vasiylik va homiylik organining tavsiyalarini hisobga olgan holda bolani tarbiyalash usullarini mustaqil ravishda belgilashga;
vasiyligi yoki homiyligidagi bolani qonuniy asoslar bo‘lmasdan turib, o‘z qaramog‘ida saqlab turgan har qanday shaxslardan, shu jumladan, bolaning yaqin qarindoshlaridan sud tartibida qaytarib berishni talab qilishga haqlidirlar.
16. Vasiy va homiy bolaning o‘z ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishib turishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas, bunday ko‘rishish bola manfaatlariga zid hollar bundan mustasnodir.
17. Vasiy yoki homiy, agar o‘z qaramog‘idagi shaxsni spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari yoxud psixotrop moddalarni iste’mol qilishi natijasida muomala layoqati cheklangan deb topilishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, uni muomalaga layoqatli deb topishni va vasiylik yoki homiylik bekor qilinishini so‘rab sudga murojaat etishi shart.
vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq muddatga garovga qo‘yish yoki ijaraga berishga;
19. Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
20. Vasiylik va homiylik vazifalari bepul bajariladi. Vasiy va homiy o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsga ta’minot berishga majbur emas.
Vasiy va homiyning o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti uchun qilgan xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur shaxsning mablag‘i hisobidan qoplanadi, bu mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda esa, uning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organlari nafaqa tayinlashi mumkin.
21. Sog‘lig‘ining yomonligi sababli homiy belgilanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan shaxsning homiysi o‘z homiyligidagi shaxs talabi bilan homiylik majburiyatidan ozod qilinishi lozim. Bunday holda vasiylik va homiylik organlari homiy tayinlanishiga muhtoj shaxsning roziligi bilan unga boshqa shaxsni homiy etib tayinlashi mumkin.
22. Vasiy va homiy huquqlarining amalga oshirilishi hamda majburiyatlarining bajarilishini vasiylik va homiylik organlari nazorat qiladi.
23. Vasiy yoki homiy o‘z zimmasiga qonun bilan yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganida vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimi vasiy yoki homiyni bu majburiyatlarni bajarishdan chetlatadi.
voyaga yetmaganlarga nisbatan — ular 14 yoshga to‘lganda yoki ular ota-onasi tarbiyasiga qaytarilganda;
qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganlar uchun — ularning muomala layoqati sud tomonidan tiklangan hollarda tugaydi.
25. Voyaga yetmagan bola 14 yoshga to‘lganligi sababli vasiylik tugaganida vasiy vazifasini bajaruvchi shaxs maxsus tayinlanmasdan voyaga yetmagan bolaning homiysi bo‘lib qoladi.
homiylikdagi voyaga yetgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganligi tufayli u mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarish mumkin bo‘lganda tugaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Farzandlikka olish faqat ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yo‘l qo‘yiladi.
3. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
4. Farzandlikka oluvchilar — bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ota-ona majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan shaxslardir.
5. Farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni va farzandlikka olinuvchilarni joylashtirish bo‘yicha tuman, shahar hokimiga tavsiyalar tayyorlash xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqda bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda xabardor qilishlari shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni boshqa tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek fuqarolarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan;
ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
ota-onasi bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar sifatida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinadigan bolaning yoshi va jinsi ko‘rsatilgan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
farzandlikka oluvchi bo‘lishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari.
Farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun xalq ta’limi bo‘limi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida xalq ta’limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiylik va homiylik organi salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining e’tiboriga yetkazadi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
9. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish bo‘yicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan bo‘lsa;
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
10. Vasiylik va homiylik organi tarbiyalash yoki davolash muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga oladi.
Aniq bir bolani (masalan, nevaralar, o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qiz, vafot etgan qarindoshlarining farzandlari va boshqalarni) farzandlikka oluvchilar farzandlikka olishni istovchi shaxslarning umumiy ro‘yxatiga olinmaydi.
aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xalq ta’limi bo‘limi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qo‘yilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin bo‘lgan bola (bolalar) to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) ko‘rish uchun yo‘llanma beradi.
Agar farzandlikka olishga nomzodlar o‘z yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘z xohishlariga ko‘ra boshqa xalq ta’limi bo‘limiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.
(121 va 122-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori bilan kiritildi — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
13. Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
bola er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa xotin (er)ning yozma roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatni tugatgan, bir yildan oshiq birgalikda yashamayotgan va er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, xotin (er)ning yozma roziligi talab etilmaydi);
ota-onasining vafot etganligi haqida ma’lumotnoma yoki sudning ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi to‘g‘risida, ota-onalar, muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan, bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori;
ota-onaning bolani tarbiyasi va ta’minotidan voz kechganligi to‘g‘risidagi arizasi, ota-onaga qidiruv e’lon qilinganlik haqidagi hujjatlar, ichki ishlar, tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalarning bola tashlab ketilganligi haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchiga nomzod bolaning yashash joyi (bola turgan joy)dagi xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi, yoshi va jinsini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bilan birgalikda nomzodning farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli xalq ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan xulosa taqdim etiladi.
Tarbiyalash yoki davolash muassasalaridan farzandlikka olish uchun berilayotgan bolaga hujjatlar tayyorlash yuqoridagi muassasalar ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi va tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rib chiqishga beriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuman, shahar hokimiga tavsiyanoma tayyorlaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
sog‘lom bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida farzandlikka oluvchini xabardor qilish sharti bilan farzandlikka berilishi mumkin;
farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i haqidagi tibbiy ma’lumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi va sog‘liqni saqlash tizimida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bola boshqa mutaxassislar tomonidan ham tekshiriladi.
farzandlikka olinayotganning ota-onasidan bolasini farzandlikka berish uchun notarial tasdiqlangan (pasport ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda) roziligi talab qilinadi;
farzandlikka olinuvchining ota-onasi farzandini muayyan bir shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin;
bola joylashgan tarbiyalash va davolash muassasalari ma’muriyati bolaning ota-onasidan boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga roziligini olishda farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak;
tuman, shahar hokimining farzandlikka olish haqidagi qarori chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqlidir. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar:
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa.
agar farzandlikka olinuvchi o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning farzandlikka olinishga roziligi vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanadi. Bolaning roziligi olinganda unga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan ko‘rishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarning o‘zgarishi tushunarli holda bolaga bayon qilinishi shart;
agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etishi vasiylik va homiylik organi tomonidan o‘tkazilgan suhbat mobaynida aniqlangan bo‘lsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish haqidagi farzandlikka oluvchilarning arizalarida bolaning sog‘ligi to‘g‘risida batafsil tanishganligi hamda uning tarbiyasi va ta’minotini o‘z zimmasiga olishi haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi er-xotinning birining roziligini oladi, oilaviy sharoitini o‘rganadi va tuman, shahar hokimiga farzandlikka olish bola tarbiyasi va manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
16. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimining qarori chiqarilganidan keyin o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi.
Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
17. Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganning otasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, ular vafot etgan holda, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
19. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini yo‘qotadilar.
20. Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.
farzandlikka oluvchi shaxs farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, ya’ni ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, ruhiy yoki narkologik muassasalarda ro‘yxatda turuvchilar, qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar, shuningdek, sobiq farzandlikka oluvchilar mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olishi bekor qilingan bo‘lsa.
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsalar;
Farzandlikka olinuvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyin uning xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf solayotgan bo‘lsa, farzandlikka olish sud tartibida bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Sud boshqa asoslarga ko‘ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.
23. Farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni uning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Bu toifadagi ishlarni hal qilishda o‘n yoshga to‘lgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish yoki farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch kundan kechiktirmay sud shu qarordan ko‘chirmani bolaning farzandlikka olinishi to‘g‘risida qaror chiqargan shahar, tuman hokimiga va tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborishi shart.
25. Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olingan bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) o‘zaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.
Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.
Bolaning ota-onasi yo‘q bo‘lsa, shuningdek agar bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, bola vasiylik va homiylik organlari qaramog‘iga beriladi.
Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi saqlanish-saqlanmasligi ko‘rsatilishi kerak.
O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi va otasining ismi faqat uning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
26. Farzandlikka olingan bolalarning shaxsiy hujjatlari farzandlikka olishga tavsiya tayyorlab bergan tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida yetmish besh yil mobaynida saqlanadi va ularni farzandlikka olganlarning yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limlariga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151 — 167, 237-moddalari hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi lozim.
28. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish O‘zbekiston Respublikasida o‘z diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini ko‘rib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatxonaning quyidagi ma’lumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, ota ismini, tug‘ilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni o‘z ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balog‘atga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. Ushbu ma’lumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish bo‘yicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
29. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning ota-onasi (ulardan biri) O‘zbekiston Respublikasi hududidan jo‘nab ketishdan oldin yashab turgan joydagi tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsatini oldindan olgan bo‘lsagina, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konsuli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olishni rasmiylashtirishga haqlidir.
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan bo‘lsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.
Hududida bola farzandlikka olingan xalq ta’limi bo‘limi farzandlikka olish to‘g‘risida tuman, shahar hokimining qarori chiqqandan keyin 7 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish xalq ta’limi bo‘limi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili o‘tkaziladi. 3 yil o‘tgandan keyin nazorat tartibida tekshirish o‘tkazish zarurligi xalq ta’limi bo‘limi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha oilani borib ko‘rgan xalq ta’limi bo‘limi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi to‘g‘risida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning sog‘lig‘i, o‘qishi, uning ruhiy va xulq-atvor jihatdan kamol topishi, o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalari, tashqi ko‘rinishi va oiladagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
(X bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori bilan qo‘shilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
1. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-xotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
2. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, 8 nafardan oshmasligi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
3. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy- maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari;
sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qo‘yadi. Hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi”;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
7. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘n yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuziladi.
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi namunaviy bitim O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
9. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvda tutingan ota-ona to‘g‘risida ma’lumotlar (yashash joyi, pasporti, oilaviy sharoiti), bolani ta’minlash sharoitlari, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko‘rsatilishi kerak.
10. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalar bilan kelishuv tuzilishigacha bolani tarbiyaga olayotgan oilaning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqishi va ushbu oila a’zolari sog‘lig‘ining ahvoli haqida ma’lumotlar to‘plashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlaydilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
12. Vasiylik va homiylik organlari bolani oilaga tarbiyaga olgan tutingan ota-onaga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Tutingan ota-onaga homiylar, tashkilotlar, idoralar, ayrim shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash maqsadida turli moddiy va ma’naviy yordam berilishi ham mumkin.
13. Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv muddatidan oldin quyidagi sabablar bo‘lganda tutingan ota-onaning tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan yoki bolalar ota-onalarga qaytarilgan yoxud ular farzandlikka olinganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
14. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal qilinadi.
o‘zlariga tegishli bo‘lgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonun hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
16. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ham egadirlar.
17. Oilada o‘z manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola o‘z fikrini bildirishga haqlidir.
18. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiy huquqlari va majburiyatlariga egadirlar, ya’ni o‘z qaramog‘idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Ular o‘z qaramog‘idagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.
19. Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqlidir.
20. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.