Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2023 15.07.2015 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli ““Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklarining xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan axborot tizimlarining axborot-texnologik hamkorligini ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-yanvargacha elektron raqamli imzodan foydalangan holda foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning bepul foydalaniladigan yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda identifikatsiyalash tizimi deb ataladi) yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalash tizimining uzluksiz va beto‘xtov faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining elektron raqamli imzosi vositalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiyalashni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari 2016-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan rasmiy veb-saytlar va portallarni identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashni hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar bilan mosligini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalash tizimidan foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash yo‘li bilan rasmiy veb-saytlarda va portallarda jismoniy va yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish tartibini va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomni 2015-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi elektron raqamli imzolar egalarining murojaatlari bo‘yicha elektron raqamli imzoning amaldagi sertifikatini, uning amal qilish muddatini saqlab qolgan holda, “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan yangi sertifikatga bepul almashtirishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 15-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 28-son, 370-modda)