1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish tadbirlari izchil amalga oshirilishi natijasida aholi sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik bazasi shakllantirildi. Qishloq vrachlik punktlaridan tortib respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha barcha darajalarni qamrab oluvchi aholiga tibbiy-profilaktik yordam berishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikada alohida oʻta xavfli yuqumli kasalliklar chetdan kirib kelishining oldi olindi, chaqaloqlarning poliomiyelit, difteriya, qizilcha, qoqshol kasalliklari qayd etilmayapti. Bolalarni rejali emlash bilan qamrab olish 98,3 foizni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” va “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablari toʻliq hajmda bajarilishi taʼminlanmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rahbarlik usullarini takomillashtirish, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish, uning moddiy-texnika bazasini nazorat qilish va kadrlar salohiyatini mustahkamlashning ahvoli, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻsib borayotgan zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining moddiy-texnika bazasini tahlili maxsus laboratoriyalarning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi 60 — 70 foizni tashkil etishini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbar kadrlarini tanlash tizimida, birinchi navbatda ularning malakasi yetarlicha emasligi va qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi bilan bogʻliq jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjud. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vrach kadrlar bilan taʼminlanganligi 84,4 foizni tashkil etadi. Vrachlar umumiy sonining 45 foizi malaka toifasiga ega emas, shu jumladan rahbar xodimlar orasida ushbu koʻrsatkich 30 foizni tashkil etadi. Lavozim mavqeyini suiisteʼmol qilish va oʻz kasbi bilan bogʻliq vazifalarga sovuqqonlik bilan qarash kabi salbiy holatlar bartaraf etilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash, boshqaruvning ilgʻor shakllari va usullarini joriy etish, yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tanlash va ular bilan toʻliq taʼminlash masalalarida davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari bilan 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga mehnat shartnomasi tuzadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari 3 yilda bir marta davriylikda attestatsiyadan oʻtishlari kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari egallab turgan lavozimida muvaffaqiyatli ishlashning besh yillik muddati tamom boʻlgandan keyin egallab turgan lavozimidan past boʻlmagan lavozimga yangi ish joyiga oʻtkazilishi kerak. Ishda jiddiy kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu shartli muddat sezilarli darajada qisqartirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari yangi ish joyiga oʻtkazilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat turar joyi yoki u ijaraga olinganligi uchun kompensatsiya toʻlovi bilan taʼminlanadilar.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada sanitariya-epidemiologik ahvol va radiatsiya holati monitoringini olib borish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suv taʼminoti manbalari ifloslanishining oldini olishga qaratilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng avvalo, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularning oʻchoqlarini bartaraf etish va tarqalib ketishining oldini olishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari tizimlarini va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xom ashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, kimyoviy moddalar, biologiya vositalari, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlari va hududlarni saqlash, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xoʻjalik-maishiy chiqindilarni, shu jumladan radioaktiv va zararli moddalarni toʻplash, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish ustidan zarur sanitariya-epidemiologik nazoratni taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariyali vaziyatlarni tugatishda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli boʻlinmalarini jalb etgan holda yuqumli va parazitar kasalliklarni aniqlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilinishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni taʼminlash boʻyicha aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasining tarkibi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi (A.I. Ikramov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlarini tanlash, ularni rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini malakali, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olgan, yetarlicha boshqaruv koʻnikmasi va tajribaga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari lavozimlariga tavsiya etiladigan yuklangan vazifalar va majburiyatlarni samarali bajarishni taʼminlashga qodir boʻlgan nomzodlar tanlanishi boʻyicha shaxsiy masʼuliyat Sogʻliqni saqlash vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejalari va dasturlarni qayta koʻrib chiqish va yangilashga alohida eʼtibor qaratgan holda davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va modernizatsiyalash boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror talablari hisobga olingan holda “Sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi puxta ishlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqsin, bunda davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari Respublika komissiyasining qarori bilan yangi ish joyiga oʻtkazilganda xizmat turar joyi yoki u ijaraga olinganligi uchun kompensatsiya toʻlovi bilan taʼminlanishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasining tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
Ikramov A.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Alimov A.V.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Sayidaliyev S.S.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, komissiya raisining oʻrinbosari
4.
Xalilov F.K.
—
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari
5.
Qoʻchqorov D.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
6.
Usmanov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari
7.
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
8.
Muhamedov K.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi
9.
Almatov B.I.
—
Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bosh vrachi
10.
Hakimov T.P.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)