O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1972-yilda imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1972-yilda imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
182-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 272-modda)