Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2011 04.06.2002 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2011
Hujjat 04.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va mulkchilikning xususiy shakliga asoslangan kichik va oʻrta korxonalar tashkil etishni ragʻbatlantirish, yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlarining ilova qilinayotgan roʻyxati tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ilova qilinayotgan roʻyxatga kirmagan va amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatining qolgan barcha turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy rioya qilinishi hamda nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlarining tadbirkorlarning xoʻjalik faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligi, xususiy tadbirkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 4-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎

Faoliyat turining nomi‎

1.‎ Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlarni sotib olish va sotish ‎
2.‎ Muhr va shtamplar tayyorlash‎
3.‎ Mehmonxonalar, otellar va kempinglar tashkil etish‎
4.‎ Yuridik shaxslarga kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish ‎
5.‎ Loyiha, loyiha-konstruktorlik faoliyati hamda loyihalar va smetalarni ekspertizadan oʻtkazish‎
6.‎ Neft mahsulotlarining barcha turlarini sotish‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 90-modda, 20-son, 157-modda, 22-son, 174-modda)