04.03.2000 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

RESPUBLIKADA YETISHTIRILGAN PILLADAN FOYDALANISH MEXANIZMINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak mahsuloti eksportini tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoniga muvofiq hamda respublika ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun barqaror xom ashyo bazasini yaratish, ipak xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportga mo‘ljallangan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan ipak ip va kalavani, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalavalarni va boshqa ipak mahsulotlarini (TIF TN bo‘yicha kodi 5004 00 — 5005 00) respublika tashqarisiga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali, olib chiqish faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Buxoro (Xusenov), Samarqand (Ro‘ziyev), Namangan (Jabborov) va Toshkent (Mirzaqulov) viloyatlari hokimlariga 1999-yil pilla hosilini chet tashkilotlarga sotish yuzasidan o‘zboshimchalik bilan qarorlar qabul qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar hokimlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashganlik hamda pillani belgilangan tartibni buzgan holda sotishga yo‘l qo‘yganlik uchun shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “O‘zbek ipagi” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, boshqa manfaatdor idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— yetishtiriladigan pilla hosilining saqlanishini hamda ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibini buzishning har bir holati bo‘yicha aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq qattiq javobgarlikka tortsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, bojxona organlari tomonidan musodara qilingan pilla va boshqa ipak mahsulotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qayta ishlash uchun beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zbek ipagi” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda musodara qilingan pillani, ipak xom ashyosini va ipak chiqindilarini keyinchalik ipakchilik sohasi korxonalarida; qayta ishlash uchun berish mexanizmini o‘n kun muddatda aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda)