Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.03.2000 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 04.03.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FERMERLARNI, XUSUSIY TADBIRKORLARNI HAMDA KICHIK VA OʻRTA BIZNES BOSHQA SUBYEKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORa-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va uning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, uni iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligining muhim omiliga aylantirish, shuningdek Toshkent viloyati misolida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yangi shakllarini sinab koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatining oʻz faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar kompleksi ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda kredit berish uchun maxsus kredit jamgʻarmasi tashkil etish boʻyicha tashabbusi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa bozorga oid tuzilmalar bilan birgalikda Toshkent viloyati tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2000-yil 1-iyulgacha Toshkent viloyatining kamida 100 fermer xoʻjaligiga 10 ming AQSh dollariga teng miqdorgacha xorijiy valyutada yoki milliy valyutada mikrokreditlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, tijorat banklari fermer xoʻjaliklariga, xususiy tadbirkorlarga hamda kichik va oʻrta biznesning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berishning soddalashtirilgan tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va amaliyotga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy, kichik va oʻrta biznes subyektlarining mahalliy hokimliklar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi ular tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish hamda koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtmasdan vakolatli banklarda valyuta hisob raqami ochish uchun asos hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli bank tomonidan valyuta hisob raqami ochilganligi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma xususiy, kichik va oʻrta biznes subyektini Davlat savdo reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta hisob raqamlari ochilgan xususiy, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi axborotlar vakolatli banklar tomonidan har oyda, oyning 5-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga ularni Davlat savdo reyestriga kiritish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish shaklini bir hafta muddatda belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qaror bilan maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgarlik Toshkent viloyati hokimi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-son