1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurishni tegishli ravishda taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda qoplasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 23-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi 100-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga (keyingi oʻrinlarda urush va mehnat fronti faxriylari deb ataladi) har yili bir marta borish va kelishda temir yoʻl transportida bepul yurish huquqini, shuningdek havo transportida yurishda yoʻl haqi qiymatining 50 foizi miqdorida chegirish tarzidagi imtiyozlar berish (keyingi oʻrinlarda bepul va imtiyozli yurish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bepul va imtiyozli yurish huquqi 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanma olgan urush va mehnat fronti faxriylariga beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. I guruh nogironligi boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlarini kuzatib borayotgan bir nafar shaxs uchun ham bepul va imtiyozli yurishga chipta olish huquqiga egadirlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish tadbirlari ushbu Nizomning ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bepul va imtiyozli yurishga chiptalarni berish (sotish), hisob va hisobotlarni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurish chiptalari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining vakolatli boʻlinmalari orqali beriladi (sotiladi). Havo transportida yurish qiymatining 50 foizi miqdoridagi chegirishlar, aeroport yigʻimlarini hisobga olmagan holda, yurish tariflaridan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurish uchun chiptalarni beruvchi (sotuvchi) vakolatli filiallari toʻgʻrisidagi batafsil axborot joylashtirilishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Urush va mehnat fronti faxriylari bepul va imtiyozli yurishga chipta olish (sotib olish) uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining tegishli kassasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan berilgan urush va mehnat fronti faxriylari uchun respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urush faxriysi guvohnomasining yoki 1941 — 1945-yillarda mehnat frontida ishtirok etganlik toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urush va mehnat fronti faxriylari ayni bir vaqtda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining tegishli kassasiga koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzgalarning hamrohlik qilishiga muhtoj boʻlgan nogironlikning I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlariga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadilar, hamrohlik qiluvchi shaxsning nomiga tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan berilgan respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmaning nusxalari, ularning asl nusxalari taqdim etilgan holda).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining vakolatli boʻlinmalari berilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazadilar va ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan (sotilgan) chiptalar hisobini yuritadilar hamda chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun) ilova qilgan holda tashishning imtiyozli va amaldagi qiymati koʻrsatilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlarning alohida reyestrini shakllantiradilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarning nusxalari bepul va imtiyozli yurishga chipta olinganligi holatini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobot hujjatlari bilan birgalikda belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish uchun chiptalar berish (sotish) kupeli vagon tarifi boʻyicha, havo transportida imtiyozli yurishga — ekonom (rejali) klass tarifi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Bepul va imtiyozli yurishga xarajatlarni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Urush va mehnat fronti faxriylarining bepul va imtiyozli yurishini taʼminlash xarajatlari ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Urush va mehnat fronti faxriylarining bepul va imtiyozli yurish xarajatlarini qoplash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda tashishning imtiyozli va amaldagi qiymatini koʻrsatgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga rasmiylashtirilgan hujjatlarning reyestrlarini va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga budjet mablagʻlari ajratish uchun zarur mablagʻlarga ehtiyojning hisob-kitoblarini taqdim etadi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi oʻz navbatida 5 ish kuni mobaynida ushbu mablagʻlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining hisob raqamlariga oʻtkazadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Urush va mehnat fronti faxriylarini bepul va imtiyozli yurish chiptalari bilan oʻz vaqtida va maqsadli taʼminlash yuzasidan masʼuliyat ushbu Nizomga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga yuklanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgarlik bepul va imtiyozli yurishga chiptalar oluvchilarga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari sarflarining asoslanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tadbirlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bosqich
Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurishga chiptalarni beruvchi (sotuvchi) vakolatli boʻlinmalari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni joylashtiradi.
Doimo
2-bosqich
Urush va mehnat fronti faxriylari
1. Bepul yoki imtiyozli yurishga chiptani olish (sotib olish) uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining vakolatli boʻlinmasiga (kassaga) murojaat qiladilar.
Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan berilgan respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalarni, urush faxriysi guvohnomasini yoki 1941 — 1945-yillarda mehnat frontidagi ishtirok toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadilar.
Oʻzgalarning hamrohlik qilishiga ehtiyoj sezuvchi nogironlikning I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari ularga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va nusxasini, hamrohlik qiluvchi shaxs nomiga berilgan yoʻllanmani) ham taqdim etadilar.
Bir yilda bir marta
3-bosqich
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining vakolatli boʻlinmalari
1. Taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazadi.
2. Urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish (kupeli vagon tarifi boʻyicha), havo transportida imtiyozli yurish (ekonom (rejali) klass tarifi boʻyicha) uchun chiptalar berilishini (sotilishini) taʼminlaydi.
3. Berilgan (sotilgan) chiptalar hisobini yuritadi.
4. Chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun) ilova qilgan holda tashishning imtiyozli va amaldagi qiymatini koʻrsatgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlarning alohida reyestrini shakllantiradi.
Urush va mehnat fronti faxriylari murojaat qilishiga koʻra
5. Urush va mehnat fronti faxriylari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari hisobot hujjatlari bilan birgalikda belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlaydi.
Doimo
4-bosqich
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga tashishning imtiyozli va haqiqiy qiymatini koʻrsatgan, chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadi.
Hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda har chorakda
5-bosqich
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga budjet mablagʻlari ajratish uchun zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitoblarini taqdim etadi.
Hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha boʻlgan muddatda har chorakda
2. Moliya vazirligi tomonidan budjet mablagʻlari ajratilishiga qarab budjet mablagʻlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob raqamlariga oʻtkazadi.
5 ish kuni
6-bosqich
Moliya vazirligi
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (reyestrlar va zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblari) asosida zarur budjet mablagʻlari ajratadi.
Har chorakda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 199-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)