Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018 05.02.1999 yildagi 49-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018
Hujjat 05.02.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYORLASh, SAQLASh, EHTIYOTLASh VA TOPShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarining ish bilan toʻliq band qilinishini taʼminlash, shuningdek respublikaning xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2*, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi “Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini bajarganligi uchun mukofotlash toʻgʻrisida Nizom”ni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati bilan shartnomalar tuzishda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirishning ushbu tartibiga qatʼiy amal qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati boʻyicha qora va rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash topshiruvchi tashkilotlarni metall parchalarini va chiqindilarini topshirganlik uchun ragʻbatlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yigʻish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyatiga topshirish yuzasidan shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati bilan birgalikda qora, rangli metallar chiqindilarining hosil boʻlish manbalari hisobini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar, ularni oʻgʻirlash va respublika tashqarisiga olib ketishga urinish hollarining qatʼiy oldini olsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-fevraldagi 61-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-noyabrdagi 457-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 5-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 49-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini (bundan keyin “qora va rangli metallar parchalari va chiqindilari” soʻzlari oʻrniga “metall parchalari” soʻzlari qoʻllanadi) tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va yetkazib berish xususiyatlarini tartibga soladi hamda uni barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, kompaniyalar, xoldinglar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. TOPShIRIQLARNI TAYYORLASh, TASDIQLASh, TAQSIMLASh VA ShARTNOMALAR TUZISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (topshirish) boʻyicha topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati bilan birgalikda, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va joriy yilning oktyabr oyidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tasarrufida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar (bundan keyin “mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” soʻzlari oʻrniga “metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” soʻzlari qoʻllanadi) boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar metall parchalari tayyorlash (topshirish) boʻyicha topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda metall parchalari tayyorlash (topshirish)ning, uning turlari koʻrsatilgan holdagi, bir yil uchun belgilangan topshiriqlarini tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga yetkazadilar. Tayyorlash (topshirish) topshirigʻi boʻlmagan taqdirda har qanday yuridik shaxsda toʻplangan metall parchalarining hammasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati (bundan keyin “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati oʻrniga “tayyorlovchi” qoʻllanadi) korxonalariga topshirilish majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xuddi shu muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xoldinglar, uyushmalar tasdiqlangan topshiriqlar asosida oʻz tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga, metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini, ularni shaharlar, tumanlar, viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha jamlash hamda metall parchalari topshirish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun, tayyorlovchilar rekvizitlari koʻrsatilgan holda joʻnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Metall parchalari tayyorlash (topshirish) hajmlari boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlarga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno hollarda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi metall parchalarini topshirish va yetkazib berish nazarda tutilgan yil choragi (oy) boshlangungacha 30 kundan kechikmay topshiriqqa tuzatish kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Metall parchalaridan oʻzining metall quyish ishlab chiqarishida foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar metall parchalari topshiruvchilar tomonidan kiritiladi hamda Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga binoan amalga oshiriladi. Bunda oʻzining metall quyish ishlab chiqarishi uchun foydalanilgan metall parchalari hajmlari tayyorlovchiga berilgan maʼlumotnoma asosida metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshirigʻi bajarilishiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. MIQDORI, SIFATI, TOPShIRISh VA YETKAZIB BERISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari boʻyicha — “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasi, rangli metall parchalari boʻyicha — “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyati vakolatli tayyorlovchilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tayyorlovchilarning vakillari hech bir istisnosiz barcha metall parchalari yigʻuvchilarni, topshiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni metall parchalarini yigʻish, saqlash, ishlatish va joʻnatishning toʻgʻriligi boʻyicha, shuningdek metall parchalari hosil boʻladigan joylarni tekshirishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Metall parchalari topshiruvchilarda hosil boʻladigan metall parchalarining hammasi tayyorlovchiga topshirilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Metall parchalari topshiruvchilar metall parchalarini yigʻish, saqlash va joʻnatishni oʻz kuchi va vositalari bilan bajarishga majburdirlar. Metall parchalarini joʻnatish muddatlari har oyda, teng ulushlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Tartibning buzilishi, shuningdek metall parchalarining yoʻq qilinishi va yaroqsizlantirilishi, ularning axlatxonaga hamda ushbu korxona va tashkilotlarga biriktirilmagan hududlarga olib borib tashlanishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlovchining vakili metall topshiruvchining vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma mazkur Tartibda nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Metall parchalarining joʻnatish vaqtida aniqlanadigan miqdori (ogʻirligi) va sorti tayyorlovchi tomonidan metall parchalari qabul qilib olingandan keyin qabul qilish dalolatnomalarida aniqlashtiriladi. Qabul qilish dalolatnomalari hisob-kitob qilish va tayyorlash topshirigʻining bajarilishini hisobga olish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. QABUL QILISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Avtomobil transportida tayyorlovchiga yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifatiga koʻra qabul qilinadi hamda qabul qilish natijalari topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda tayyorlovchiga yetkazib berilgan metall parchalari yuzasidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi esa metall parchalari topshiruvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Metall parchalari tayyorlovchiga temir yoʻl transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda har bir temir yoʻl vagoni, konteyner uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi vagon, konteyner oluvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab, vagon, konteyner yetib kelgan kunni hisobga olmasdan, koʻpi bilan ikki sutka mobaynida uch nusxada tuziladi. Tayyorlovchida olib kelingan metall parchalari sifati boʻyicha eʼtiroz paydo boʻlgan taqdirda, u ushbu metall parchalarini masʼul saqlovchida qoldiradi va metall parchalari topshiruvchining vakilini chaqirtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Metall parchalari topshiruvchi tomonidan tayyorlovchiga portlash xavfi boʻlgan, kimyoviy jihatdan toza boʻlmagan va radioaktivli metall parchalarining joʻnatilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HISOB-KITOB QILISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Metall parchalari topshiruvchilar bilan hisob-kitoblar pul mablagʻlari, shuningdek ham tayyorlovchining oʻz mahsuloti, ham tayyorlovchi topshirilgan metall parchalari summasida ushbu maqsadlar uchun sotib olgan mahsulot bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Tartibning 8, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun metall parchalari topshiruvchidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Iqtisodiy sanksiyalarning qoʻllanishi metall parchalarini majburiy topshirishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Metall parchalarini yoʻq qilganlik va yaroqsizlantirganlik, axlatxonaga va metall parchalari topshiruvchiga biriktirilmagan hududga olib borib tashlaganlik uchun metall parchalari topshiruvchi korxona, tashkilot rahbariga tayyorlovchining vakolatli vakillari tomonidan metall parchalari topshiruvchining vakillari bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan pul jarimasi solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek metall parchalarini qabul qilishni asossiz rad etganlik uchun tayyorlovchi metall parchalari topshiruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Metall parchalari topshiruvchilar ikki hafta muddatda tayyorlovchi vakilining iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha xatti-harakati yuzasidan “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasiga va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksionerlik jamiyatiga, ularning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa — xoʻjalik sudiga shikoyat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 49-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda “komissiya” deb ataladi) davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, uyushmalar, birlashmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qora va rangli metallar parchalari va chiqindilaridan foydalanishning yagona strategik siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, hokimliklarning metall parchalari tayyorlash, saqlash, topshirish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metall parchalarini tayyorlash, saqlash, topshirish va ulardan foydalanishga doir qarorlari va farmoyishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KOMISSIYANING FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall parchalari tayyorlash (topshirish) hajmlari boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlarga favqulodda hollarda oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning metall parchalaridan oʻzining metall quyish ishlab chiqarishi uchun foydalanish toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlashdan oldin kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, xoldinglar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va mahalliy organlar mansabdor shaxslarini metall parchalari tayyorlash (topshirish) boʻyicha vazifalar bajarilganligi uchun mukofotlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall parchalari tayyorlash (topshirish) boʻyicha vazifalar bajarilganligi uchun mukofotlash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall parchalari resurslarini aniqlash, saqlash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish uchun istalgan mintaqaga, har qanday korxonaga taftish guruhini yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlash boʻyicha topshiriqlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasidan va “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksiyadorlik jamiyatidan viloyatlar va vazirliklar boʻyicha metall parchalari tayyorlanishi (topshirilishi) boʻyicha topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomdan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. RAHBARIYAT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ishini tashkil etadi va unga umumiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirish boʻyicha vazifalarni shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi, uning soni va shaxsiy tarkibi yuzasidan takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. KOMISSIYA FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 28-modda; 37-38-son, 379-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)