27.08.2004 yildagi 671-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 31-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“31-modda. Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar uchun imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar imtiyozli asoslarda soliq toʻlash, moliyalashtirilish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlanish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish, ularni moliyalashtirish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 10-moddasi ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 12-moddasi ikkinchi qismining oʻttizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisini tayinlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20-modda. Fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. “Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 132-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 20-moddasining beshinchi qismi “qatnashish huquqini” degan soʻzlardan keyin “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodni roʻyxatga olishni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi tegishincha beshinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 23-moddasining birinchi qismidagi “kamida yuz nafar” degan soʻzlar “kamida uch yuz nafar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) quyidagi mazmundagi 231-moddasi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“231-modda. Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini saylov komissiyalari tomonidan tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, saylovchilar tashabbuskor guruhlari taqdim etgan imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligi esa okrug saylov komissiyasi tomonidan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov komissiyalari imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shugʻullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolar soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 9-10, 134-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi qismi tegishincha yettinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 221-moddasi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi—oʻn beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shugʻullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolar soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylovchilar tashabbuskor guruhidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodni roʻyxatga olishni rad etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 59-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 661-moddasining matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismining sanksiyasi “uch yildan” degan soʻzlardan oldin “eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) quyidagi mazmundagi 2511-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2511-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoxud joʻnatish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning oʻgʻirlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 76-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi—sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish qoʻshimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan koʻrish uchun yuborilgan boʻlsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 342-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Surishtiruv jinoyat ishini tergovchiga oʻtkazish yoki uni ushbu Kodeksning 584-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborish bilan tamomlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati oʻtishini kutmasdan ishni darhol tergovchiga oʻtkazishi lozim, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tergovchi ishning oʻz yurituviga berilishini talab qilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi ishni tergovchiga oʻtkazish haqida qaror chiqaradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 471-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 498-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 1861-moddasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 245-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 264-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 291-moddasi birinchi qismining “d” kichik bandidagi “1861” raqamlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 212-moddasining toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq” degan soʻzlar “basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 1143-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 9-moddasining ikkinchi qismidagi “transport vositalari egalaridan olinadigan soliq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis deputatlari saylovlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “Oliy Majlis” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi qismidagi “Oliy Majlisning qarori boʻyicha” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga nomzod etib” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshisidagi “Oliy Majlis” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish uchun tuziladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov va Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularning bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, saylov va referendumni tashkil etishga oid masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov okruglarini, referendum okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini koʻrsatgan holda okruglar roʻyxatini eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari va referendum uchastkalarini qaysi okruglarga birkitish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
okrug saylov komissiyalarini va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi hamda ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
okrug saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilariga saylov va referendumga mandatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovga va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga hamda referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi, bu mablagʻlardan foydalanish tartibini belgilaydi, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylov hamda referendumni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiyalarning, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining kuzatuvchilari, matbuot, televideniye, radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzatuvchilariga moʻljallangan mandat namunasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishiga ijozat berish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar va davlat hokimiyati vakillik organlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini uyushtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenlarining, referendumda ovoz berish byulletenining, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, ovoz berish qutilarining hamda saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovning va referendumning yakunini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar soni toʻgʻrisidagi, har bir nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi, referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni matbuotda eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda takroriy ovoz berish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yoki Senati aʼzolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlarini, Senatining aʼzolarini roʻyxatga oladi, shuningdek ularning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovdan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining birinchi majlisini qonunda belgilangan tartibda chaqiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatiga va Senatining aʼzosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari hamda xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlari jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovni va referendumni tashkil etish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar arxivga topshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 6-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov, shuningdek referendum yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 8-moddasining oʻzbekcha matnidagi “bayoni”, “bayon”, “bayonga” degan soʻzlar tegishincha “bayonnomasi”, “bayonnoma”, “bayonnomaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 10 va 11-moddalaridagi “jamoat birlashmalari” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda) 8-moddasining birinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining manzil makonidan hamda domen nomidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uchinchi—oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi—oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 27-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
671–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)