1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2667]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrugʻiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga koʻra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi shaxsni ishdan (oʻqishdan) ozod qilish uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oʻqishga vaqtincha layoqatsizligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida olingan jarohatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni davriy profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bogʻliqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ambulatoriya sharoitida oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri oʻn toʻrt kalendar kundan oshganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sogʻliqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi boʻyicha yetarli malakali xodimga ega boʻlgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari berishga haqli. Bunda sogʻliqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifoxonalarning qabul boʻlimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari boʻyicha tibbiy muassasalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Olis hududlardagi davolash profilaktika muassasalarida bitta davolovchi shifokor faoliyat koʻrsatgan taqdirda, ushbu shifokor Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari (bundan buyon matnda sogʻliqni saqlash boshqarmalari deb yuritiladi) boshliqlarining buyrugʻiga asosan bir oygacha boʻlgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtilida boʻlgan shaxslarga (mazkur Yoʻriqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollardan tashqari) va harbiy xizmatchilarga berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingandan, harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmat safidan boʻshatilgandan keyin bir oy ichida mehnatga vaqtincha layoqatsizlik vujudga kelgan boʻlsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kasallik va shikastlanganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kasallik va shikastlanganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi mehnatga layoqatsiz shaxs murojaat qilgan yoxud davolangan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik aniqlangan kundan boshlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi oʻtkazib yuborilgan kunlarga berilmaydi. Mazkur Yoʻriqnomaning 14-bandi, 15-bandining birinchi xatboshisi hamda 25-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish kuni yoki oʻqish tugaganidan soʻng murojaat qilinganda mehnatga layoqatsizlik aniqlansa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi murojaat qilingan kuni, lekin ish yoki oʻqishdan keyingi kalendar kunidan ozod etilgan holda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bemor shifokor tomonidan shaxsan koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng mehnatga layoqatsizlik aniqlanganda beriladi. Tashxis klinik va obyektiv maʼlumotlar (shikoyatlar, obyektiv holat) hamda laborator-instrumental tekshiruvlar natijalari bilan tasdiqlanadi va tibbiy hujjatlarda qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ambulatoriya sharoitida davolanishda davolovchi shifokor yakka oʻzi besh kalendar kunigacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik besh kalendar kunidan oshganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining muddati davolovchi shifokor va boʻlim mudiri tomonidan har safar oʻn kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mehnatga layoqatli shaxslarga tekshiruv va davo muolajalari ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqtlarda amalga oshiriladi. Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish (oʻqish) vaqtida ayrim tekshiruvni kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda yoki murakkab tekshiruvlar (endoskopiya, kolonoskopiya va boshqalar) oʻtkazilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi tekshiruv oʻtkazilgan kunga (kunlarga) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xizmat safari, mehnat taʼtili va boshqa sabablarga koʻra yashash joyida boʻlmagan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bemor vaqtincha boʻlgan joydagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bosh shifokor ruxsati bilan beriladi. Bemorning ahvoli yaxshilangach, davolanganligi toʻgʻrisida ambulator kartasidan koʻchirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Travmatologik va shoshilinch tibbiy yordam punktlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardagi tibbiy vrachlik punktlari shifokorlari uch kalendar kunigacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi berish huquqiga ega. Ushbu shifokorlar tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi hududiy yoki mazkur tashkilotga xizmat koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bemor tungi vaqtda tibbiy punktdagi feldsherga murojaat qilganda, unga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisida erkin shaklda maʼlumotnoma beriladi va tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi. Ushbu holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holati aniqlanganda, tegishli davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemor tibbiy punktga murojaat qilgan kundan boshlab mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Statsionar yoki uning qoshidagi kunduzgi statsionarda davolangan bemorlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi davolovchi shifokor hamda boʻlim mudiri tomonidan davolanishning barcha davri uchun bemorning shifoxonadan chiqish paytida bir yoʻla beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Statsionar yoki uning qoshidagi kunduzgi statsionarda davolangan bemorning mehnat qobiliyati tiklanmagan taqdirda davolovchi shifokor hamda boʻlim mudiri tomonidan bemorga hududiy yoki boshqa davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilishi uchun uch kalendar kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilgan va yopilmagan holda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Poliklinika qoshidagi kunduzgi hamda uydagi statsionarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tez-tez va uzoq kasallanuvchi bemorlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining buyrugʻi asosida biriktirilgan shifokor tomonidan beriladi va bu haqda yozma ravishda bemorga va uning ish (oʻqish) joyiga maʼlum qilinadi. Biriktirilgan shifokorning sohasiga tegishli boʻlmagan kasallik aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi tegishli mutaxassis bilan birgalikda beriladi (uzaytiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biriktirilgan shifokor ishda boʻlmaganda bemorga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi boshqa shifokor tomonidan boʻlim mudiri yoki bosh shifokor bilan birgalikda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. OITSga qarshi kurashish markazlari va sil, ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil kasalliklari dispanserlari shifokorlari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari vaqtincha mehnatga layoqatsizlikning barcha davriga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasi, sil, ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil kasalliklariga chalingan bemorlar umumiy yoʻnalishdagi davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi uch kalendar kunigacha rasmiylashtiriladi va ixtisosligi boʻyicha tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar, oʻqish bilan bogʻliq taʼtillar va ijodiy taʼtillar vaqtida, shuningdek ishlaydigan pensionerlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asoslarda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdan ajralmagan holda oʻqiyotgan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda ishlayotgan shaxslarga bir vaqtning oʻzida mehnatga layoqatsizlik varaqasi va taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (095\x shakl) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimga oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Alkogolga qaramlik natijasida kelib chiqadigan kasalliklar va jarohatlarda, shuningdek bemorning mastligi natijasida olingan jarohatlarda mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (094\x shakl) rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarohat bemorning mastligiga bogʻliq boʻlmagan holda olinganligi (yetkazilganligi) sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlanganda mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (094\x shakl) mehnatga layoqatsizlik varaqasiga almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining (094\x shakl) amal qilish davrida oʻz xususiyatiga koʻra ogʻirroq boshqa kasallik (miokard infarkti, xavfli oʻsma kasalligi, sil va boshqalar) vujudga kelganda, yangi kasallik aniqlangan kundan boshlab mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish mehnatga vaqtincha layoqatsizlikning davom etishiga sabab boʻlayotganligi aniqlanganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tartibning buzilishi” satriga tegishli yozuv kiritilgan holda uning muddati shu kundan boshlab toʻxtatiladi va bemorga mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (094\x shakl) rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir kasallik boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz toʻrt oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir kasallik boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan oʻn ikki oy mobaynida jami olti oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida oʻn oyni tashkil qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtmasdan turib ham tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror TMEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ishlaydigan nogironlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi kasallik uzluksiz kechganda ikki oygacha, tanaffus bilan kechganda oʻn ikki oy mobaynida jami uch oygacha boʻlgan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi qaroriga asosan, ishlovchi Chernobil AESdagi halokat oqibatini bartaraf etish bilan bogʻliq holda nogiron boʻlganlarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi uzluksiz toʻrt oygacha, tanaffus bilan oʻn ikki oy mobaynida jami besh oygacha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bemor TMEKga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining muddati bemor TMEKga yuborilgan kundan boshlab toʻxtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TMEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy koʻrik oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TMEK tomonidan nogironlik belgilanmagan, lekin vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemorning hujjatlari TMEKda qabul qilingan kundan boshlab uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Chet elda vaqtincha boʻlgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasida ishlaydigan yoki oʻqiydigan chet el fuqarolariga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi umumiy asosda beriladi. Ishlamaydigan yoki oʻqimaydigan chet el fuqarolariga tibbiy xizmat koʻrsatilganda, ularga davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan kasallik tarixi yoki ambulator kartadan batafsil koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda bir yoʻla bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda homiladorlik va tugʻish taʼtilini uzaytirish uchun tugʻruq muassasasi tomonidan yana oʻn toʻrt kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan ilgari tugʻish holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi tugʻruq muassasasi tomonidan bola tugʻilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola tirik tugʻilganda — bir yuz yigirma olti kalendar kunga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola oʻlik tugʻilgan yoki tugʻruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud boʻlganda — yetmish kalendar kunga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tugʻishga qadar necha kun qolganidan qatʼi nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan toʻliq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tugʻish vaqtida yoki tugʻishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab, tugʻilgan bolani (bolalarni) parvarish qiluvchi shaxsga, bola tugʻilgan kunidan eʼtiboran ellik olti kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tugʻilganda yetmish kalendar kunigacha hududiy ambulator poliklinikasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita tugʻruq muassasasi yoki boshqa muassasadan yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kungacha, ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan taqdirda esa, yetmish kalendar kungacha hududiy ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bola ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtil yoki ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtilda boʻlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davolash-profilaktika muassasasida homila sunʼiy tushirilganda, shuningdek homila tushganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi mehnatga layoqatsizlikning butun davriga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oilaning betob aʼzosini parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj boʻlgan oʻn toʻrt yoshdan katta bemorni parvarishlash uchun yetti kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor bilan birga yashash yoki yashamasligi hamda mehnat taʼtilida ekanligidan qatʼi nazar, bemorning oila aʼzolari yoki qarindoshlaridan biriga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj boʻlgan oʻn toʻrt yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga oʻn toʻrt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ona boʻlmagan yoki betob boʻlganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor bilan birga yashash yoki yashamasligidan qatʼi nazar, boshqa oila aʼzolariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ambulatoriya sharoitida oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri oʻn toʻrt kalendar kunidan oshganda bola sogʻaygan yoki surunkali kasallikning remissiya davriga oʻtganga qadar bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda bolaning oldingi kasalligiga bogʻliq boʻlmagan yangi kasallik yuzaga kelsa yoki oilaning boshqa farzandi kasal boʻlib qolsa, umumiy asoslarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) bola statsionarga qabul qilingan kundan yopiladi. Agarda bola statsionardan chiqqandan keyin uning parvarishga muhtojligi davom etsa, statsionarga qabul qilingan kunga qadar berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining kunlari chegirilgan holda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oilada bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bola kasallikka chalinsa, ularni ambulatoriya sharoitida parvarish qilish boʻyicha bitta mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilada ikki va undan ortiq oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bola navbatma-navbat kasallikka chalinsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) ularning har biri boʻyicha alohida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar birinchi bolaning kasalligi davrida boshqa bola kasallikka chalinsa, keyingi bolani parvarish qilish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi birinchi bola uchun berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilganidan keyin, ushbu varaqa boʻyicha mos tushgan kunlar chiqarib tashlangan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ona yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs kasal boʻlganda yoki boshqa farzandi bilan statsionarda boʻlganda uch yoshga toʻlmagan sogʻlom bolani yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani parvarishlash uchun qarindoshlariga hududiy poliklinikasi vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan ona boʻlmagan muddat uchun bir yoʻla oʻn toʻrt kungacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Maktabgacha taʼlim muassasasida yoki olti yoshga toʻlmagan bolaga oʻrnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa aʼzosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin oʻn toʻrt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Statsionar sharoitda uch yoshga toʻlmagan bolani parvarishlash uchun qarovni taʼminlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Statsionarda davolanish vaqtida bolaning kasalligi ogʻir kechgan hollarda davolovchi shifokor hamda boʻlim mudirining bemor bola qoʻshimcha parvarishga muhtojligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan, ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa aʼzosiga qarovni taʼminlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OIV infeksiyasini yuqtirgan bolaning ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa aʼzosiga bola shifoxonada yotgan barcha davr uchun bir yoʻla mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oilaning betob aʼzosini parvarishlash boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodim mehnat taʼtilida boʻlgan davrda ham umumiy asosda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Protez qoʻydirganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlarida protez qoʻydirgan shaxslarga bemorning markazda boʻlgan barcha davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Sanatoriy-kurortda davolanganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga, sobiq baynalminalchi jangchilariga, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, sil kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarga, shuningdek davolanish va yakka parvarishga muhtojligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa mavjud boʻlganda oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolaga hamroh boʻlib boradigan ishlovchi ota-onalaridan biriga (vasiyga) vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davriga (borish-kelish vaqtini hisobga olgan holda) mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat) tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha layoqatsizlikning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega boʻlsa, unga vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Chernobil AES halokatidan ziyon koʻrgan mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega boʻlsa, vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan bemorning ish qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan kungacha boʻlgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Karantinda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Bajarayotgan ishining xususiyatiga koʻra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tugʻdiradigan shaxslar ishdan chetlashtirilib, ish beruvchi tomonidan mumkin boʻlgan ish bilan taʼminlanmaganda, davolanish davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan bajarayotgan ishining xususiyatiga koʻra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tugʻdiradigan shaxslarni ishdan chetlashtirish yoki atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan yuqumli va parazitar kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni shifoxonaga yotqizish talab qilinganda davolovchi shifokor tomonidan mazkur mansabdor shaxs tomonidan belgilangan muddat davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda Sogʻliqni saqlash vazirligi deb yuritiladi) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari hamda mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalarini rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (094\x shakl) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga, taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (095\x shakl) 3-ilovasiga, bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Ushbu Yoʻriqnomaning 2-bandida nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari tibbiy hujjatlar asosida erkin shaklda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida, tuzatish va qisqartirishlarsiz, koʻk yoki qora rangli ruchkada rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi blankasining yuqori oʻng qismida “Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha hisobot” shaklining satr raqamiga mos keladigan shifr qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tartib” satrida bemor davolanayotgan tegishli tartib (ambulator, statsionar, sanator va boshqa) koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tartibning buzilishi” satrida belgilangan tartib buzilganligi (qabulga belgilangan vaqtda kelmaslik, mastlik, man etilgan ishni bajarish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida ruxsatsiz boshqa joyga joʻnab ketish yoki ishga chiqish va boshqalar) haqidagi maʼlumotlar, tartibning buzilishining sababi va sanasi qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga vaqtincha layoqatsizligi davom etayotgan bemor shifokor tomonidan belgilangan muddatda uning qabuliga kelmasa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi oʻtkazib yuborilgan kunlar hisobga olinmagan holda murojaat qilgan kundan uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemor shifokor qabuliga kelmagan kunlarda uning mehnat qobiliyati tiklangan boʻlsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi u qabulga kelgan sana bilan yopiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining ruxsati bilan berilgan hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan birinchi kundan “Bosh shifokor imzosi” satri bosh shifokor tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri davom etganda “Davomi berildi” satrida yangi mehnatga layoqatsizlik varaqasining raqami va seriyasi koʻrsatiladi, yangi mehnatga layoqatsizlik varaqasida esa “Davomi” degan soʻzning tagi chizib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqasida davolash-profilaktika muassasasining muhri ikki marta: mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilganda yuqori oʻng burchagiga, yopilganda esa, pastki oʻng burchagiga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi yoʻqolganda ular taqdim etiladigan tashkilotning soʻroviga asosan bosh shifokor yoki bosh shifokor oʻrinbosari ruxsati bilan uning dublikati beriladi. Dublikatda u berilgan sana, yuqori oʻng burchagida “dublikat” yozuvi koʻrsatiladi hamda shifokor, boʻlim mudiri tomonidan imzolanib, davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dublikatning “Ishdan ozod qilish” satrida mehnatga layoqatsizlikning barcha davri bir satrda toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasining rekvizitlari bolaning rivojlanish tarixida, bemorning kasallik tarixida hamda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini roʻyxatga olish va vrachlik maslahat komissiyasi xulosalarini qayd qilish kitobida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomalari blankalarini tayyorlash, taqsimlash, hisobga olish va saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari, mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (094\x shakl), taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (095\x shakl) va bemor bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi (138\x shakl) blankalari (bundan buyon matnda blankalar deb yuritiladi) Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Blankalarni tayyorlashga sarflanadigan xarajatlar (shu jumladan, sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari, boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari uchun) Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Blankalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlash boshqarmalari, vazirlik va idoralar tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim qilingan davolash-profilaktika muassasalarining ehtiyoji inobatga olingan talabnomasi (kirim-chiqim hamda kasalliklar boʻyicha ishlatilgan blanka hisoboti) asosida bir yilda ikki marotaba tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa vazirlik va idoralar oʻz tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari ehtiyojlari uchun blankalarni markazlashgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri Sogʻliqni saqlash vazirligidan oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlaridagi davolash-profilaktika muassasalari uchun blankalar Sogʻliqni saqlash vazirligining zaxirasi hisobidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Blankalar qimmatbaho pochta joʻnatmalari bilan tarqatiladi. Joʻnatilgan blankalarning yuk xatlari alohida buyurtma xat — topshirganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Blankalarni tayyorlash, taqsimlash, hisobga olish, saqlash va hisobini yuritish ishlarini tashkil qilishga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiy xizmatga ega boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan blankalarning kirim va chiqim hisobotlari olib boriladi va blankalarni hisobga olish daftarida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Blankalarni hisobga olish daftari ip oʻtkazilib tikilgan, betlari raqamlangan, oxirgi betida davolash-profilaktika muassasasining nomi, varaqlar soni koʻrsatilgan va javobgar shaxs tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari (feldsherlari) blankalarning ishlatilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni ularning koreshoklarini javobgar shaxsga topshirish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiylashtirilgan blankalarning rekvizitlari blankalarni hisobga olish daftarida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemor tomonidan olinmagan yoki rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan blankalarga “X” shaklida chizilib, katta harflar bilan “yaroqsiz” yoki “buzilgan” deb bekor qilinadi va javobgar shaxsga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiylashtirilgan blankalarning koreshoklari, bemor tomonidan olinmagan yoki rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan blankalar davolash-profilaktika muassasalarida 2 yil davomida saqlanadi va davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyrugʻi asosida yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻqotiladi. Yoʻqotilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma 10 yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash-profilaktika muassasalari blankalar yoʻqolgan barcha hollar boʻyicha ularni bevosita yetkazib bergan tashkilotga xabar berishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Erkin shakldagi maʼlumotnomalarning berilishi tibbiy hujjatlarga asoslanadi va uning raqami, berilgan sanasi maxsus jurnalda qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Shifokorlarning javobgarligi va ularning faoliyati ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasini notoʻgʻri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Sogʻliqni saqlash vazirligi barcha davolash profilaktika muassasalari tomonidan mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasini berish masalalari boʻyicha shikoyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Muassasa shtampi)
094\x shakl
Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik MAʼLUMOTNOMASI
20___ yil “___” _____________
___________-son
Familiyasi, ismi_________________________________________________________ Yoshi _______________________ Jinsi ______________________________________ Ish joyi _______________________________________________________________
(tashkilot nomi)
Tashxis _________________________________________________________________ Yakuniy tashxis ___________________________________________________________ Layoqatsizlik turi _________________________________________________
(kasallik, ishlab chiqarishdagi, turmushdagi baxtsiz hodisalar)
Yuqumli kasallikka chalingan bemor bilan kontaktda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar ________________________________________________________________________
Oʻquv mashgʻulotlaridan ozod etilgan kunlar (shu kunlar bilan birga)
20___ yil “_____” _______________ dan 20___ yil “_____” _______________ gacha
Shifokorning F.I.O.
_____________________________
Shifokorning imzosi
_________
Yangi maʼlumotnoma berildi
20___ yil “_____” _________________ da ___________-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2667-1/4230-son; 15.06.2020-y., 10/20/2667-2/0765-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2667-3/0675-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 08.10.2025-y., 10/25/2667-4/0909-son)