12.04.2002 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.04.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmoniga muvofiq hamda respublikada kutubxonachilik ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tuzilmasi va xodimlarining 250 nafardan iborat cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxona fondlarini mamlakatimiz va chet el adabiyotlari bilan butlash, mavjud matbaa nashrlari, qoʻlyozmalar va hujjatlarni saqlash, oʻrganish va ilmiy ishlash, ularni muntazam ravishda toʻldirib borish, umumiy ravishda foydalanish tamoyillariga rioya etish asosida jamiyatning hujjatlar va bibliografik axborotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqining milliy-madaniy, maʼnaviy merosi, boyligi va qadriyatlarini keng targʻib qilish;

respublika kutubxona fondi boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yaratish, xalqaro andozalar asosida zamonaviy metodlar va axborot texnologiyalarini kutubxonachilik ishlariga joriy etish;

xalqaro bibliografik axborotlardan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash uchun Internet tarmogʻidan foydalanish;

kutubxonachilik ishlari sohasidagi respublika dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni, yangi axborot texnologiyalarini kutubxonachilik ishlariga tatbiq etishni muvofiqlashtirish va olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonachilik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro kutubxonachilik dasturlarida qatnashish, mutaxassislar, matbaa nashrlari va boshqa hujjatlarni oʻzaro almashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Matbaa mahsulotlari, audio va videomateriallarning milliy fondini shakllantirishni tubdan yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, axborot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar matbaa materiallarining, shu jumladan ularning audio va multimediy variantlarining (chiqarilishiga koʻra) ikkita bepul majburiy nusxasi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga berilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi 2003-yilgi Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar davlat dasturiga respublikada kutubxonachilik ishlarini avtomatlashtirish va axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish loyihalarini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2002-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari ish haqiga 15 foizgacha miqdorda ustama belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxona Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ustama belgilanadigan kutubxona xodimlari roʻyxatini hamda kutubxona direktori va uning oʻrinbosarlariga ish haqi toʻlash razryadlarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi kutubxonaning binosini joylashtirish boʻyicha bir oy muddatda taklif kiritsinlar, bunda zamonaviy talablarga javob beradigan zarur sharoitlar yaratilishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Milliy kutubxona, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2010-yilgacha boʻlgan davrda respublikada kutubxonachilik ishlarini rivojlantirish konsepsiyasini va dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 2003-yildan boshlab har yili Milliy kutubxona buyurtmanomasiga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilish va xalqaro kitob almashish, shuningdek yangi xorijiy kitoblarni sotib olish yoʻli bilan xorijiy hujjatlar fondini shakllantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tarmogʻini va elektron katalogni zarur darajada saqlash, jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun kutubxonani zamonaviy kompyuterlar va maxsus texnika vositalari bilan jihozlashga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika axboroti davlat fondi tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy kutubxona Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi, X. Sulaymonova koʻchasi, 33-uydagi, Sh. Rashidov shoh koʻchasi 16-uydagi binolarga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 12-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 12-apreldagi 123-son qaroriga
1-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi oʻrinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi, axborot va madaniy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi va kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy kutubxona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmoniga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi negizida tashkil etilgan hamda majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy kutubxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy kutubxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy kutubxona jamoat foydalanishi, jamiyatning axborotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun moʻljallangan matn, ovozli yozuvlar yoki tasvirlar holidagi axborotlar qayd etilgan moddiy obyektlarning (keyingi oʻrinlarda hujjatlar deb ataladi) universal fondini toʻplash va saqlashni taʼminlaydi hamda jamiyat, milliy va jahon madaniyati, fani va taʼlimni rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy kutubxona fondlari Oʻzbekiston Respublikasi xalqi madaniy boyligining bir qismi sifatida begonalashtirilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanish va foydalanishning maxsus rejimida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻquv zallarida Milliy kutubxona fondlaridan va uning maʼlumotlar apparatidan foydalanish, shuningdek axborot manbalarini qidirib topish va tanlashda konsultatsiya yordami koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Milliy kutubxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kutubxonadan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi, kutubxona fondlarini va boshqa axborot resurslarini saqlash hamda ulardan foydalanishning maxsus rejimini, shuningdek ulardan foydalanish rejimini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida qimmatga ega boʻlgan va nodir nashrlarning saqlanishini taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda kutubxonadan foydalanish qoidalarida Milliy kutubxona fondlaridan foydalanishda cheklashlar belgilanishi mumkin. Milliy kutubxonada mavjud boʻlgan cheklangan tartibda foydalaniladigan hujjatlar toʻgʻrisidagi axborotdan hamma foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Milliy kutubxona faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy kutubxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, smetaga, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, gerbli yumaloq muhrga, burchakli va boshqa shtamplarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Milliy kutubxonaning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar Milliy kutubxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxona fondlarini mamlakatimiz va chet el adabiyotlari bilan butlash, mavjud matbaa nashrlari, qoʻlyozmalar va boshqa hujjatlarni saqlash, oʻrganish va ilmiy ishlash, ularni muntazam ravishda toʻldirib borish, umumiy ravishda foydalanish tamoyillariga rioya etish asosida jamiyatning hujjatlar va bibliografik axborotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xalqining milliy-madaniy, maʼnaviy merosi, boyligi va qadriyatlarini keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika kutubxona fondi boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yaratish, xalqaro andozalar asosida zamonaviy metodlar va axborot texnologiyalarini kutubxonachilik ishlariga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro bibliografik axborotlardan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash uchun Internet tarmogʻidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonachilik ishlari sohasidagi respublika maqsadli dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish hamda kutubxonachilik ishlarida yangi axborot texnologiyalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonachilik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro kutubxonachilik dasturlarida qatnashish, mutaxassislar, matbaa nashrlari va boshqa hujjatlarni oʻzaro almashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. ASOSIY FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Milliy kutubxona oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dunyoviy bilimlarning keng koʻlamini, Oʻzbekiston xalqi maʼnaviy merosini aks ettiruvchi hujjatlarning universal fondini butlash, saqlash va uni jamoat foydalanishiga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarga kutubxona va axborot xizmati, shu jumladan maʼlumotnoma-bibliografik xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan hujjatlarning ikkita bepul majburiy nusxalari asosida, shuningdek hujjatlarni sotib olish, kitoblarni oʻzaro (shu jumladan xalqaro) almashish yoʻli bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xilda olish asosida milliy hujjatlarning eng toʻliq fondini shakllantirish, uning doimiy saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulkan madaniy, ilmiy va badiiy qimmatga ega boʻlgan xorijiy hujjatlar fondini shakllantirish va uning saqlanishini taʼminlash, Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi hujjatlarni ustuvor tarzda butlash, saqlash va hisobga olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarix va madaniyat yodgorliklariga mansub nashrlar va kolleksiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy hujjatlarning davlat bibliografik hisobini olishda qatnashish, bibliografik, referativ va umumiy-tahliliy axborot manbalarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy bibliografiya manbalarini yaratish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida, uning hududida va tashqarisida chiqqan barcha hujjatlarning bibliografik hisobini tashkil etish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli axborot manbalaridagi kataloglar va kartotekalar tizimi yordamida Milliy kutubxona fondlarini ilmiy ishlab chiqish va ochib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy yigʻma elektron katalogni, axborot bazalarini va maʼlumotlar banklarini shakllantirish, ulardan, shuningdek boshqa milliy hamda xorijiy axborotlar resurslaridan foydalanishni tashkil etish, axborot almashishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarning, shu jumladan milliy hujjatli merosga, tarix va madaniyat yodgorliklariga mansub hujjatlarning holatini tekshirishni, tavsiflashni, konservatsiyalash va taʼmirlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonachilik ishlari, bibliografiya, kitob ishlari sohasida va boshqa turdosh sohalarda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni olib borish, boshqa kutubxonalarga metodik yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxona kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy kutubxonachilik texnologiyalarini oʻrganish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavzuli koʻrgazmalar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy kutubxonalar, boshqa tashkilotlar bilan kutubxonachilik ishlari sohasida xalqaro hamkorlikni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. MILLIY KUTUBXONANING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Milliy kutubxona quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomda belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq oʻz faoliyatining mazmuni va aniq shakllarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda noshirlik va poligrafiya faoliyatini amalga oshirish, kitoblarning kimoshdi savdolarini oʻtkazish, pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek kutubxonaning asosiy vazifalarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonadan foydalanuvchilar tomonidan yetkazilgan zararning turlarini va undirish miqdorlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va kutubxonadan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz fondlaridan, ularning toʻliqligi va butligiga xilof yetkazmasdan hujjatlarning ortiqcha soni va nusxalarini hujjatlarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan yoʻriqnomaga muvofiq chiqarish va sotish. Kutubxona faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mol-mulkni xarid qilish yoki ijaraga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida kutubxona fondlaridan foydalanish shartlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida va chet ellarda asosiy faoliyat sohasi boʻyicha uyushmalar, jamiyatlar, fondlar va boshqa tashkilotlarni taʼsis etishda va ularning ishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kutubxona fondlarini toʻplash, saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga hujjatlarni identifikatsiya qilish boʻyicha konsultatsiyalar berish, hujjatlarni, shu jumladan milliy hujjatli merosga, tarix va madaniyat yodgorliklariga mansub hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. MILLIY KUTUBXONANI BOSHQARISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Milliy kutubxona faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Direktor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kutubxonani butlash sohasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonaning shtatlar roʻyxatini, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda direktor oʻrinbosarlarini va ilmiy kotibni lavozimga tayinlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxona xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ularning vazifalarini belgilaydi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kutubxona xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda kutubxona mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun kutubxona resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonaning moddiy-texnika bazasini zarur darajada saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, kutubxona fondlari va maʼlumotnomalar apparati, alohida qimmatli va nodir kolleksiyalar toʻplamlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Milliy kutubxonada maslahatlashuv organi sifatida yetakchi olimlar, kutubxona va boshqa ilmiy tashkilotlar mutaxassislaridan shakllantiriladigan ilmiy kengash tuziladi. Kutubxona direktori ilmiy kengash raisi hisoblanadi, u ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomni, ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni hamda uning tarkibini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. MILLIY KUTUBXONANING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Milliy kutubxonaning binosi, inshootlari, kutubxona fondlari, boshqa mol-mulklari davlat mulki hisoblanadi, kutubxonaning tezkor boshqaruvida boʻladi va ularning biron-bir tarzda begonalashtirilishi, xususiylashtirilishi va garovga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy kutubxona egallab turgan yer uchastkalari qonunchilikka muvofiq uning doimiy foydalanishida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni taʼminlash uchun kutubxona:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda oʻziga tezkor boshqaruv uchun birkitilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxona yuridik va jismoniy shaxslarning sovgʻa, ehson shaklida, shuningdek vasiyatnoma, shartnoma boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olinadigan mol-mulkka egalik qilishni, undan foydalanish va uni tasarruf etishni qonunda belgilangan doirada amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Milliy kutubxonaning kutubxona fondlariga hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish, berish va ulardan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Milliy kutubxonaning moliyaviy mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy ehsonlar, kutubxonaga vasiyat qilingan mablagʻlar, shuningdek kutubxona foydasini koʻzlab oʻtkaziladigan xayriya tadbirlaridan olingan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Milliy kutubxonaning tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining soni, xodimlar mehnatiga haq toʻlash shakllari va miqdorlari ushbu maqsadlar uchun kutubxonaga davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablagʻlar doirasida belgilanadi. Milliy kutubxona xodimlariga stavkalar va maoshlar budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Milliy kutubxonani tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 12-apreldagi 123-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
T U Z I L M A S I
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 7-son, 50-modda; 2011-y., 45-46-son, 475-modda)