28.03.2002 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

2002 — 2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1999—2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashning tasdiqlangan dasturida nazarda tutilgan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish topshiriqlari bajarilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002—2004-yillarda respublika hududlari boʻyicha gazlashtirilgan uy-joy fondini (kvartiralarni va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash hamda respublika korxonalarida gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish jadvallari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-2-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarayotgan korxonalarda gazni hisobga olish priborlariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash tarmoqlarini barpo etish topshirigʻi 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmagan taqdirda aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun beriladigan tabiiy gazning oylik sarfi normasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondini gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish hamda kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida oʻrnatish “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishliligidan qatʼi nazar, kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilmagan yangidan qurilgan koʻp kvartirali (rekonstruksiya qilingan, mukammal taʼmirlangan) uylarni foydalanishga qabul qilish va yakka tartibdagi uylarni tabiiy gazga ulash taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlanmagan kvartiralar va yakka tartibdagi uylarga 2005-yil 1-yanvardan boshlab gaz yetkazib berilmasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi bilan birgalikda gazlashtirilgan uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalining bajarilishini taʼminlovchi Tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom asosida gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha namunaviy shartnomani belgilangan tartibda ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda tomonlarning javobgarligi yuzasidan qattiq choralarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchi (aholi) va gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha shartnoma shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga daʼvo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “Oʻzkommunxizmat” agentligining respublika mintaqalarida kvartiralarni hamda yakka tartibdagi uylarni gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash uchun imtiyozli kreditlarni, shu jumladan Ispaniya davlat kredit agentligining kreditini jalb etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Ispaniya tomoni bilan kontrakt loyihasini kelishib olsin hamda uning asosida uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini belgilangan tartibda tayyorlasin va ekspertizadan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2002—2004-yillarda quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazlashtirilgan uy-joy fondini (koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvali doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan gazni hisobga olish priborlari, shuningdek import boʻyicha xarid qilinadigan yakka tartibda foydalaniladigan isitish qozonlarining xavfsizlik avtomatikasi va tartibga solish avtomatikasi, gaz-gorelka jihozlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilayotgan butlovchi materiallar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligining korxonalari aholiga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish va montaj qilish xizmatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilari oʻzlari ishlab chiqargan gazni hisobga olish priborlarini “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 28-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga
4-ILOVA

Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi tashkilotlar, gazni yetkazib beruvchi va isteʼmol qiluvchi korxonalar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlari — quvurlar kesimi orqali oʻtadigan gazning aniq miqdorini bevosita hisobga oladigan hisoblash qurilmasi. Priborlar Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan birliklarda ifodalangan shkalaga ega boʻlishi, gazning turli miqdordagi oqimlarini oʻlchash uchun zarur va yetarli boʻlgan gradatsiyalar boʻyicha ishlab chiqarilgan boʻlishi hamda texnika xavfsizligi, foydalanish, taʼmirlashga yaroqlilik, oʻzaro almashtiruvchanlik boʻyicha texnik shartlarni qondiradigan, indikator qurilmalari oson koʻrinadigan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni yetkazib beruvchi — “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi, uning shoʻba korxonalari va gazni bevosita isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi boshqa tashkilotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilar va ularning xorijiy yetkazib beruvchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi — uy-joyning egasi, uy-joyni ijaraga oluvchi, uy-joy egalari shirkati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gaz hajmini hisobga olish uchun “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan sinovdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan, Isteʼmolchilar gaz taʼminoti tarmoqlarining kirish joylariga oʻrnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻrnatish uchun texnik shartlarni qondiradigan, oʻlchanadigan gaz hajmiga muvofiq boʻlgan va ushbu mintaqada ixtisoslashgan taʼmirlash hamda tekshirish jihozlari bilan taʼminlangan barcha turdagi gazni hisobga olish priborlari qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Gazni hisobga olish priborlari gaz hajmini oʻlchashning aniqligi boʻyicha Isteʼmolchini va Yetkazib beruvchini qondirishi hamda nazarda tutilayotgan eng koʻp isteʼmol gradatsiyalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisobga olish priborlari shkalasining oʻlchov birliklari Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan Xalqaro birliklar tizimi boʻyicha miqdorlarda ifodalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Priborlar shkalalaridagi yozuvlar davlat tilida — oʻzbek tilida boʻlishi kerak. Shkalalaridagi yozuvlar rus va ingliz tillarida boʻlgan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Gazni hisobga olish priborlari individual pasportga ega boʻlishi va uni tayyorlagan zavod yoki ularning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirgan korxona tomonidan plombalangan boʻlishi kerak. Gazni hisobga olish priborining har bir turini tekshirib koʻrish davrlari “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tekshirib koʻrish muddati oʻtgan priborlar nosoz hisoblanadi va foydalanishga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Gazni hisobga olish pribori panelida quyidagilar koʻrsatilgan yozuvlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
priborning tartib raqami va tayyorlangan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlagan zavod yoki firma, tayyorlangan mamlakat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
priborning marka belgisi (firma va kodlangan nomi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng koʻp gaz oʻtkazish quvvati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam gaz oʻtkazish quvvati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng yuqori ishlash bosimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Pribor uning texnik shartlari va turiga muvofiq (vertikal, gorizontal) holatda oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARI BILAN JIHOZLASH QATNASHCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatishni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha manbalarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda, ishlab chiqarish tannarxi va xizmat koʻrsatishdan olinadigan yalpi foydadan kelib chiqqan holda, gaz yetkazib berish boʻyicha narxlar (tariflar)ni belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchilar “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi bilan tuziladigan kontraktlarga muvofiq sertifikatlangan, Oʻzbekiston Respublikasining texnik talablariga javob beradigan gazni hisobga olish priborlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzdavstandart” markazi respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha keltiriladigan gazni hisobga olish priborlarini belgilangan tartibda sertifikatlashni va oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritishni tashkil etadi. Tegishli tashkilotlar yoki korxonalarga gazni hisobga olish maishiy priborlarini tekshirib koʻrish huquqi yuzasidan ruxsatnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda 2002—2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi topshiriqlarining bajarilishi taʼminlanishi uchun toʻliq javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gaztaʼminot” shuʼba korxonalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, oʻrnatish, keyinchalik ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlari yetkazib beruvchilar, gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ixtisoslashgan montaj tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hisob-kitoblarni tashkil etishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatish uchun olinadigan kreditlarni jalb etish va qaytarishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar tomonidan priborlarning qiymati toʻliq toʻlangungacha boʻlgan davrda gazni hisobga olish priborlarining egasi funksiyasini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Boshkommunxizmat” korxonasining “Gaztaʼminot” shoʻbʼa korxonalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlarini jalb etgan holda shartnoma asosida isteʼmolchilarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatishni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish ustidan texnika nazoratini amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yangi qurilgan, shuningdek mavjud uy-joylar (kvartiralar)ning gaz tarmogʻiga ulanishiga, shuningdek tayyorlovchi zavod yoki tekshiruvchi korxona tomonidan plombalanmagan, texnik shartlarga muvofiqligi tekshirish sinovidan oʻtmagan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun javob beradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi talabiga binoan, pribordagi mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarni aniqlash uchun, Isteʼmolchiga oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborini tekshirishdan oʻtkazishga majburdirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchiga bogʻliq boʻlmagan sabab bilan ishdan chiqqan va foydalanishning kafolatli muddatidan oldin yaroqsiz boʻlib qolgan priborlar yetkazib beruvchi hisobiga oʻz vaqtida almashtirilishini taʼminlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatish uchun isteʼmolchilardan mablagʻlar yigʻishni taʼminlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlari oʻrnatganlik uchun ixtisoslashgan montaj tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilinishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari gazni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga 2005-yil 1-yanvardan boshlab gaz berishmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatadigan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari bilan tuzilgan kontraktlarga muvofiq isteʼmolchilarga gazni hisobga olish priborlarini montaj qilish va oʻrnatishni amalga oshiradilar. Bajarilgan ishlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Isteʼmolchilar (aholi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlarining saqlanishi va zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilgani uchun shartnoma asosida oʻz vaqtida toʻlovni, shuningdek gazni hisobga olish pribori qiymatini shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan gaz qiymatini priborlar koʻrsatkichlariga binoan, amaldagi tariflarga muvofiq, belgilangan muddatlarda toʻlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisobga olish pribori qiymati toʻliq toʻlangach, unga egalik huquqini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Uy-joy egalari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz yetkazib beruvchining vakillari bilan birgalikda aholi oʻrtasida gazdan foydalanishda aniq tejamga erishish uchun gazni hisobga olish priborlarini joriy etishning zarurligi toʻgʻrisida targʻibot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam taʼminlangan oilalarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish uchun toʻlov boʻyicha ularga amaldagi Tartibga muvofiq moddiy yordam koʻrsatish shaklida qoplov yoʻli bilan yordam koʻrsatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat aʼzolariga (mahalla aholisiga) oʻrnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qiymatini toʻlash boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan kafil boʻladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarni toʻliq taʼmirlash vaqtida ularda gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARINI SOTIB OLISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Gazni hisobga olish priborlari ularni Yetkazib beruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi va “Boshkommungaz” korxonasiga yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Gazni hisobga olish priborlari “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz mablagʻlari hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun 2002—2004-yillarda “Boshkommungaz” korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, qaytarish asosida har yili ajratiladigan aylanma mablagʻlar hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz va chet el banklari hamda boshqa moliya institutlarining kreditlari hisobiga sotib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARINI OʻRNATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Boshkommungaz korxonasi tomonidan sotib olingan gazni hisobga olish priborlari aholi kvartiralariga va yakka tartibdagi uylarga oʻrnatiladi, keyinchalik ularning qiymati Isteʼmolchi tomonidan kafolatli muddat mobaynida, lekin gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilgan kundan boshlab koʻpi bilan 5 yilda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatini toʻlash shartlari “Boshkommungaz” korxonasining “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari bilan aholi oʻrtasida gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Gazni hisobga olish priborlari pribor qiymati Isteʼmolchi tomonidan toʻliq toʻlangunga qadar “Boshkommungaz” korxonasining mulki hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborining qiymati toʻliq toʻlangandan keyin unga mulkchilik huquqi Isteʼmolchiga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish priborining tipi, markasi, tartib raqami va qiymatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish priborining mansubliligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma tuzilgan muddatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haq toʻlash shartlari va miqdorini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish pribori qiymatini toʻlash shartlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish priborini saqlash, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning ahdlashuviga koʻra boshqa shartlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan qurilayotgan va mavjud turar joyda gazni hisobga olish priborlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ixtisoslashgan korxonalar tomonidan oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻrnatiladigan har bir gazni hisobga olish priboriga yakka tartibdagi loyiha yoki takrorlanadigan yechimni muvofiqlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan yakka tartibdagi loyiha qiymati koʻp kvartirali turar joyning mukammal taʼmirlanishi smeta qiymatiga, takrorlanadigan muvofiqlashtirish qiymati esa — gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mavjud turar joy fondida gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish ishlarning koʻrsatib oʻtilgan turlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari tomonidan kontrakt-shartnoma asosida bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Gazni hisobga olish priborlari ularning butligini va texnik holatini koʻz bilan koʻrib nazorat qilish uchun xizmat koʻrsatuvchi xodimning priborning oldiga bemalol borishi, shkala-raqamli qurilmaning koʻrsatkichlarini yozib olish imkoniyatini taʼminlaydigan, shuningdek xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi joylarga oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymati Isteʼmolchi tomonidan Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish shartnomasiga muvofiq tartibda va muddatlarda “Gaztaʼminot” shoʻba korxonasiga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIDAN FOYDALANISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
priborlarning koʻrsatkichlari va texnik holatini nazorat qilishni oʻz ichiga oluvchi hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqti-vaqti bilan tekshirish ishlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
priborlarni taʼmirlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
priborlarni oʻrnatishni va ishdan chiqqan priborlarni almashtirishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish pribori qiymati toʻliq toʻlangandan keyin gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish gaz yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishni, shu jumladan oʻrnatish, almashtirish, texnik xizmat koʻrsatish va koʻrsatkichlarni nazorat qilishni “Boshkommungaz” korxonasining “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Hisobga olish priborlarini tekshirish va taʼmirlash ishlari tegishli tekshirish asbob-uskunalariga va koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Gazni hisobga olish pribori Isteʼmolchi tomonidan toʻliq sotib olingunga qadar gazni hisobga olish priboridan foydalanish xarajatlari “Boshkommungaz” korxonasi hisobidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Gazni hisobga olish pribori qiymatini qoplash va uni oʻrnatish haqini toʻlash, gaz uchun haq toʻlash, shu jumladan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanganlik va ularga texnik xizmat koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash tartibi Isteʼmolchi bilan Gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuziladigan tegishli shartnomalarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA NORMALARI BUZILGANLIGI UCHUN JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining normal ishlashini, uning foydalanish xavfsizligi texnik shartlariga muvofiqligini, Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmini oʻlchashning aniqligini taʼminlaydigan yetkazib berilayotgan gaz sifati uchun javob beradi. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining texnik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ulardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlarini, xizmat koʻrsatish (yaroqlilik) muddatini, texnik koʻrik va tekshirish sinovlari davri va muddatlarini Isteʼmolchiga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Plombalar va gaz taʼminotiga texnik hujjatlarning saqlanishini “Boshkommungaz” korxonasining boʻlinmalari nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Hisobga olish pribori plombasining buzilganligi va texnik hujjatlarning saqlanishi uchun javobgarlik Isteʼmolchiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Plomba buzilgan va gaz taʼminotiga texnik hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda Isteʼmolchi gazning nazoratchining oxirgi tashrifidan boshlab bir sutkada 24 soat hisobidan kelib chiqqan holda oʻrnatilgan gazdan foydalanish jihozining toʻliq qiymati boʻyicha hisoblab chiqilgan qiymatini, shuningdek takroriy tekshirish sinovlari ishlari qiymatini toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Hisobga olish priboriga kafolat muddati gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Hisobga olish priborida ishlab chiqarish nuqsoni yoki pribordan oʻlchov vositasi sifatida foydalanib boʻlmasligiga olib kelgan nosozlik aniqlangan taqdirda hisobga olish pribori “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari tomonidan almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. “Boshkommungaz” korxonasi boʻlinmalari va gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar uch kun muddatda taʼmirlashlari yoki, taʼmirlash mumkin boʻlmagan taqdirda, nosoz priborni Oʻzbekiston Respublikasi uchun sertifikatlangan soz priborga almashtirishi, Isteʼmolchiga priborning texnik shartlariga muvofiqligiga doir takroriy tekshirish sinovlariga doir barcha materiallar va maʼlumotlarni berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi gazni hisobga olish pribori nosozligi toʻgʻrisidagi ariza bilan Gaz yetkazib beruvchiga murojaat qilgan vaqtdan boshlab uning toʻliq tiklanishigacha boʻlgan davrda gaz qiymatini oldingi yildagi oʻrtacha mavsumiy gaz isteʼmolidan kelib chiqib toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Isteʼmolchi oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishi, xizmat koʻrsatuvchi xodimning pribor oʻrnatilgan joyga toʻsiqsiz oʻtishini taʼminlashi va priborning koʻrsatkichlari boʻyicha olingan gaz qiymatini amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan muddatlarda toʻlashi shart. Priborning nosozligi aniqlangan taqdirda Isteʼmolchi bu haqda darhol Gaz yetkazib beruvchini xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Gazni hisobga olish priborlari qasddan ishdan chiqarilgan taqdirda Isteʼmolchi gaz taʼminoti tizimidan uzib qoʻyiladi va gaz berish buzilgan gazni hisobga olish priborlari Isteʼmolchi mablagʻlari hisobiga tuzatilgandan keyin tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazogacha javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Gaz yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi oʻrtasida paydo boʻluvchi nizolar boʻysunish tartibida yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan, belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Mazkur Nizomning, shuningdek Isteʼmolchi bilan Gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish shartnomasi shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga daʼvo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish sxemasiga izohlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga gazni hisobga olish priborlarini mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish uchun, qaytarish asosida, budjet mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mamlakatimiz banklari, xorijiy banklar va boshqa moliyaviy tuzilmalarning kreditlarini jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan gazni hisobga olish priborlari sotib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gazni hisobga olish priborlarining mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Gazni hisobga olish priborlarining xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Gazni hisobga olish priborlarini sertifikatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Gazni hisobga olish priborlari qiymatini xorijiy ishlab chiqaruvchilarga toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Gazni hisobga olish priborlarini “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari boʻyicha taqsimlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Gazni hisobga olish priborlarini ixtisoslashgan montaj tashkilotlariga berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Gazni hisobga olish priborlarini isteʼmolchilarga oʻrnatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish uchun isteʼmolchilar tomonidan haq toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish ishlari bajarilganligi uchun hisob-kitob qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Isteʼmolchilar tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatining Gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Gazni hisobga olish priborlari uchun “Boshkommungaz” korxonalari bilan hisob-kitob qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun ajratilgan aylanma mablagʻlarni qaytarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kreditlarga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Gazni hisobga olish priborlarini davriy tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga
5-ILOVA

Gazni hisoblash priborlari boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gaz sarfining oylik
N O R M A L A R I
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Gaz priborlarining turi va gazni
‎sarflash maqsadi‎

Oʻlchov
‎birligi‎

Gazni
‎sarflash
‎normasi,
‎har oyda
‎kub/m hisobida‎

1.‎ Markaziy (yakka tartibdagi) issiq suv
‎taʼminotiga ega boʻlgan uylardagi ovqat
‎tayyorlashga moʻljallangan maishiy gaz plitasi‎
1 kishi
‎hisobiga‎
11,0‎
‎2. Markaziy issiq suv taʼminoti hamda gaz bilan
‎suv isitish moslamalari boʻlmagan uylardagi
‎ovqat tayyorlashga moʻljallangan maishiy gaz
‎plitasi‎
1 kishi
‎hisobiga‎
15,0‎
3.‎ Markaziy issiq suv taʼminoti boʻlmagan yoki
‎issiq suv taʼminoti vaqti-vaqti bilan
‎ishlaydigan uylarda issiq suv taʼminoti
‎uchun gaz bilan suv isitgich‎
1 kishi
‎hisobiga‎
16,0‎
4.‎‏
‎‏
‎4. Gaz bilan isitish priborining turidan qatʼi nazar,
‎kalendar yil mobaynida teng miqdorlarda besh oylik
‎isitish mavsumi hisobidan uylar, kvartiralarni
‎yakka tartibda isitishda gazdan foydalanilganda:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida
‎va Xorazm viloyatida‎
isitiladigan
‎binoning
1 m3
hisobiga‎
2.5‎
b) Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda‎ -"-‎ 2.4
‎5. Mollar uchun ozuqa tayyorlash, dagʻal xashak va
‎ildizmevalarni bugʻlash, shuningdek ichish va
‎sanitariya maqsadlari uchun suv isitishni
‎hisobga olgan holda‎
bir bosh mol
‎‎hisobiga:

yilqilar uchun ‎
‎qoramol, shu ‎
‎jumladan ‎

‎5,6 ‎

‎sigirlar ‎uchun ‎

‎23,7 ‎

‎choʻchqalar ‎uchun ‎

‎12,5 ‎

‎qoʻy (echki)lar
‎ ‎uchun ‎‎

‎2,2 ‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir kishi hisobiga isitiladigan bino normasi 43 kub metr hajmida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isitiladigan binoning 43 kub metrgachasini isitish uchun foydalaniladigan gaz miqdori uchun — 1 kishi hisobiga belgilangan tarif boʻyicha, isitiladigan binoning 43 kub metrdan ortiq hajmi uchun —bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Isteʼmolchi (abonent)da ikkita yoki undan koʻp gaz plitasi yoki suv isitgich mavjud boʻlganda mazkur priborlar uchun gaz sarfi normasi tegishli ravishda ikki baravar va undan koʻp oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki koʻp etib belgilangan taqdirda isteʼmolchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ipak qurti yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun isitish mavsumini uzaytirish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-banddagi “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin, “1-2-ilovalarga” soʻzlari “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidan “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning uchinchi xatboshidan “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilova chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ilovaning gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish topshiriqlariga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 va 3-ilovalar tegishli ravishda 1 va 2-ilova deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-band va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 1-2-son, 9-modda, 19-son, 179-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)