Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Litva Respublikasi Hukumati, (bundan keyin—“Tomonlar”),
doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish niyatiga amal qilib,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotda turizmning muhim ahamiyatini eʼtiborga olib,
turizmni rivojlantirish va ikkala davlat hayoti bilan yaqindan tanishish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida,
turizm sohasida xamkorlikni kengaytirishning oʻzaro manfaatliligidan kelib chiqib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar ikkala davlat fuqarolarini ikkala mamlakat xalqlarining iqtisod, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohasidagi yutuqlari, tabiati va diqqatiga sazovor joylari, shuningdek, tarixiy yodgorliklari va madaniy ananalari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashadilar.
2-modda
Tomonlar teng huquqlilik va oʻzaro foyda asosida chet el turizmini rivojlantirish sohasida hamkorlik va amaldagi qonun va boshqa hukuqiy aktlar asosida ikkala davlat oʻrtasida turistlar harakatining rasmiyatchiliklarini soddalashtirishga intiladilar.
3-modda
Tomonlar chet el va ichki turizmning barcha sohalarida tajriba almashishga yordam beradilar, ikkala davlatning turizm boʻyicha hukumat tizilmalari oʻrtasidagi, shuningdek, turizm va uni rivojlantirish masalalaridan manfaatdor boʻlgan boshqa tashkilotlar va muassalar oʻrtasidagi hamkorlikka koʻmaklashadilar.
4-modda
Tomonlar turizm bilan bogʻliq axborotning reklama materiallarini nashr qilish, axborot, matbuot nashrlari, koʻrgazmalar, filmlar bilan almashish hamda turli simpoziumlar va seminarlar oʻtkazish yoʻli bilan tarqalishiga koʻmaklashadilar.
5-modda
Tomonlar turistik korxonalar xodimlarini oʻqitishga oʻzaro yordam koʻrsatadilar va turizm boʻyicha tegishli muassasalar mutaxassislari bilan almashuvga koʻmaklashadilar manfaatdor tashkilotlarga turizm boʻyicha qoʻshma korxonalar tuzishga va boshqa sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga yordam beradilar.
6-modda
Tomonlar tegishli turistik muassasalar orqali hamkorlik, xalqaro turistik tashkilotlardagi faoliyat boʻyicha ish tajribasi toʻgʻrisida fikr almashadilar.
7-modda
Tomonlar turizm sohasida yanada samarali hamkorlik qilish maqsadida tegishlicha ikkala mamlakatda turistik vakolatxonalarning ochilishiga koʻmaklashadilar va ularning faoliyatiga baholi qudrat yordam koʻrsatadilar.
8-modda
Tomonlar zarurat boʻlganda ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar va ishchi guruhlari tuzadilar hamda shu maqsadlarda uning bajarilishiga qaratilgan choralarni taklif qiladilar.
9-modda
Tomonlar ushbu Bitimning bajarilishi uchun quyidagi davlat muassasalarini masʼul qilib belgilaydilar:
Oʻzbek tomoni: “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi.
Litva Tomoni: Turizm boʻyicha davlat departamenti.
10-modda
Tomonlar xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi boʻyicha Tomonlar har birining milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy protseduralarning bajarilgani toʻgʻrisida notalar bilan almashadilar. Soʻnggi nota olingan sana ushbu Bitimning kuchga kirish sanasi boʻlib hisoblanadi.
Ushbu Bitim besh yil davomida amal qiladi.
Agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz niyati toʻgʻrisida tegishli muddat tugashidan olti oy ilgari xabardor qilmasa, ushbu Bitimning amal qilishi navbatdagi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ushbu Bitim amal qilishining tugatilishi uning doiralarida boshlangan va ushbu Bitim amal qilishining tugash daqiqasiga kelib bajarilmagan har qanday qoʻshma faoliyatning tugallanishiga taʼsir qilmaydi.
Vilnyus shahrida 1995-yil 7-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, litva va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil huquqiy kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda tafovutlar yuzaga kelsa, Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
(imzolar)