Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VA UNING UCHUN HISOB-KITOB QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika aholisiga va iqtisodiyoti tarmoqlariga tabiiy gazning uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlashga doir ishlarni kuchaytirish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek tabiiy gaz uchun toʻliq va oʻz vaqtida hisob-kitob qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzgazsotish” shuʼba unitar korxonasini hamda uning hududiy vakolatxonalarini belgilangan tartibda “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tasarrufiga tabiiy gazni sotish va uning uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob qilish boʻyicha yagona tuzilma tashkil etish maqsadida berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
2002-yil 1-apreldan boshlab tabiiy gazni, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanadigan isteʼmolchilardan tashqari, ulgurji isteʼmolchilarga va aholiga sotish “Oʻzkommunxizmat” agentligi hududiy gaz taʼminoti korxonalari tomonidan 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlarining boʻlinish chegaralarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Boshkommungaz” korxonasi va “Oʻzulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan kontraktga muvofiq Ukrainadan kliring boʻyicha yetkazib berishning foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga sotib olinadigan 501 ming AQSH dollari miqdoridagi 52 ta hamda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan 248 ta gazni hisobga olish priborlarining 2002-yilda gaz quvurlarining boʻlinish chegaralarida almashtirilishi va oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
4. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi ulgurji isteʼmolchilar va aholining debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini 2002-yil 1-martdagi holatiga koʻra xatlovdan oʻtkazsinlar va 2002-yil 1-aprelgacha ularni topshirish-qabul qilishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari gaz sarfini hisobga olish priborlari boʻlmagan ulgurji isteʼmolchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan yangi shartnomalar tuzmasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga gazdan foydalanishga ruxsatnomalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondi miqdorini aksiyalarning davlat paketini “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga berilayotgan “Oʻzgazsotish” shuʼba unitar korxonasi va uning hududiy vakolatxonalari mol-mulki qiymati summasiga qisqartirish hisobiga kamaytirsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzgazsotish” shuʼba korxonasining berilayotgan mol-mulki qiymati qoʻshilgan qiymat va daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqarishda “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hamda “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Boshkommungaz” korxonasining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy va yuridik shaxslarning gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish, tabiiy gazdan samarasiz foydalanganlik va uni oʻgʻirlaganlik uchun javobgarligini kuchaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-mart,
90-son
Tabiiy gaz yetkazib berish va pul mablagʻlari oqimlarining harakati
SXEMASI
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda):
a) 1-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi 2002-yil 1-apreldan eʼtiboran gaz sarfini hisoblash priborlariga ega boʻlmagan ulgurji isteʼmolchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan mavjud shartnomalarni bekor qilsin va yangi shartnomalar tuzmasin”;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “ulgurji isteʼmolchilar tomonidan” soʻzlaridan oldin “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
v) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda):
a) 4.1- band:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) gazdan foydalanish uchun ruxsatnoma tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqa uchun belgilangan limitlar doirasida beriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tabiiy gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma tegishli ravishda yangidan qurilayotgan, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini yoki ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlarini (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) gaz bilan taʼminlashni loyihalash uchun asos hisoblanadi.”;
b) 4.3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha” soʻzlaridan keyin “gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz hisoblash priborlari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boshkommungaz” korxonasining gaz sotuvchi tashkilotlariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining boʻlinish chegarasida xoʻjalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari boʻyicha uni keyinchalik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga hamda chakana isteʼmolchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 110-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 115-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 10-son, 115-modda; 20-son, 236-modda; 37-son, 411-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)