Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashi va oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi
Qarori
“XALQ SOʻZI” VA “NARODNOYE SLOVO” GAZETALARI TAHRIRIYATI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining ustavi va tahrir hayʼati toʻgʻrisida”gi 2003-yil 24-dekabrdagi 585 va 564-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining Nizomi tasdiqlansin (Nizom ilova qilinadi).
2. A. Usmonov, Oʻ. Hoshimov, S. Zinin, S. Muhiddinov, L. Pak, M. Egorov, A. Jabborov, M. Miralimov, M. Safarov, L. Spiridonov, R. Farhodiy, I. Xudoyorov, I. Shogʻulomov “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahrir hayʼatining aʼzolari etib tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-iyun,
649-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 7-son, 138-modda)