OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1859-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori (roʻyxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-yanvar,
2/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-bandda:
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim obyekti boʻlishi mumkin.”;
birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Banklar bevosita oʻzlari yoki boshqa banklar tomonidan joylashtirilgan sertifikatlar bilan taʼminlangan kredit ajratishga haqli.”.
3. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Banklar tomonidan sertifikatga oid axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq oshkor qilinadi.”.
4. 27-banddan “notarial tartibda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Sertifikatlarga doir shartnomalarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sertifikatlarni chiqarish shartlari Markaziy bankda roʻyxatga olingandan soʻng, ushbu shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa:
sertifikatlarga doir shartnomalarni imzolagan mansabdor shaxslar;
bank va (yoki) sertifikat egasining joylashgan manzili;
bankning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilmagan holda nomi, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga oʻzgarganda, sertifikatni chiqarish shartlari, sertifikat blankalari va sertifikatlarni joylashtirish jarayonida rasmiylashtirilgan shartnomalarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish talab etilmaydi.”.
6. 49-banddagi “30 kalendar kunidan” degan soʻzlar “oʻttiz kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
2015-yil 31-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 104-modda)