Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 13.02.2015 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 15 foizgacha pasaytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, mikrofirmalar va kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, 2015-yil 1-yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha, biroq har bir xodimga bazaviy hisoblash miqdorining 65 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha, biroq har bir xodimga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblash tartibi saqlanib qoladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq to‘lash fondi uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 4,7 foiz miqdorida belgilanadi va yagona ijtimoiy to‘lov summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 13-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 79-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)