Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATINING
Qarori
BUXORO VILOYaTI TARKIBIDA QOROVULBOZOR TUMANI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimi va Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining iltimoslari qondirilib, viloyat tarkibida maʼmuriy markaz Qorovulbozor shahrida boʻlgan yangi Qorovulbozor tumani tuzilsin.
Qorovulbozor tumani tarkibiga Kogon tumanining Qorovulbozor shahri va Navbahor qishlogʻi, shuningdek Buxoro tumani Losha qishlogʻi hududining “Qorovulbozor” davlat xoʻjaligi foydalanib kelayotgan yerlardan iborat (ushbu davlat xoʻjaligining Amu-Buxoro kanalining chap qirgʻoq tomonidagi yerlaridan tashqari) qismi berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Kogon tumani Kengashining yangi tuzilayotgan Qorovulbozor hududida joylashgan okruglardan saylangan deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining deputatlari boʻladilar.
Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani kengashi tuzilgan Qorovulbozor tumani davlat hokimiyatining muxtor vakillik idorasi deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-yanvar,
778-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 125-modda)