Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2015-yil 2-yanvar kunini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 2-yanvar juma kuni dam olish kuni deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan, texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan holatlarda ishlashga yoʻl qoʻyilsin.
Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
PQ-2277-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 12-son, 347-modda)