OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxatining 2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2429-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining havo fazosida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevraldagi 2 va 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2429, 2013-yil 20-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxatining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
2. |
Samolyotlar, vertolyotlar va harbiy maqsaddagi boshqa uchish apparatlari |
8801 00 8802 12 000 0; |
” |
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
2015/17-1-son
Davlat bojxona qoʻmita raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
01-02/12-03-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 44-modda)