O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
11-modda “Amir Temur” ordeni” degan so‘zlardan keyin “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
15 va 16-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-modda.
Davlat mukofotlari bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
16-modda.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asini oladilar”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
255-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 120-modda)