15.01.2015 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibini keng tushuntirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 15-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarini, ularning yuridik shaxs hisoblangan alohida boʻlinmalarini, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi) ixtiyoriy hamda majburiy tugatish, shuningdek NNTlarning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarini yopish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning qoidalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik belgilariga ega boʻlgan NNTlarni tugatishda qoʻllanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. NNTni ixtiyoriy tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan, majburiy tugatish esa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat fondlarini ixtiyoriy tugatish manfaatdor shaxsning arizasi asosida, sudning qaroriga binoan, mazkur Nizom II boʻlimining tegishli bandlarida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ayrim NNTlar uchun qonun hujjatlarida ularni tugatishning mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari va shartlari belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. NNTni ixtiyoriy tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. NNTni ixtiyoriy tugatish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. NNTni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatish komissiyasi tarkibi (agar tugatish komissiyasi NNTning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tayinlansa, u holda qarorda bu haqda koʻrsatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning mavjud alohida boʻlinmalari roʻyxati (yuridik shaxs hisoblangan va yuridik shaxs hisoblanmagan boʻlinmalarni alohida koʻrsatgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar taʼsis hujjatlariga muvofiq alohida boʻlinmalarni tugatish ishlari ularning rahbar organlari zimmasiga yuklangan boʻlsa, alohida boʻlinmaga oʻz faoliyatini toʻxtatish va tugatish ishlarini boshlash haqidagi koʻrsatma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatishning moʻljallanayotgan muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulkning taqdiri (unda NNTning ustavda belgilangan asosiy maqsadlari va vazifalari uchun foydalanish usuli va (yoki) ushbu mol-mulkni xayriya sifatida oluvchilar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTni tugatish komissiyasi tarkibiga, qoidaga koʻra, tegishli yuridik, iqtisodiy maʼlumotga va (yoki) buxgalteriya sohasida amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish komissiyasi tarkibiga tegishli davlat organlari roziligi bilan ularning mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotlar (komissiya aʼzolarining F.I.O., yashash joyi, asosiy ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari), shuningdek NNTni tugatish haqida uning yuqori organi tomonidan qabul qilingan qarori uch ish kuni mobaynida NNTni roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organiga (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taʼsis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs hisoblangan boʻlinmani tugatish uchun alohida tugatish komissiyasi tuzish talab etilmasa, asosiy tashkilot tomonidan tayinlangan yagona tugatish komissiyasi haqidagi maʼlumotlar, uning tarkibi mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng alohida boʻlinmani roʻyxatdan oʻtkazgan organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro va xorijiy NNTlar vakolatxonalari va filiallarini tugatish haqida asosiy tashkilotning markaziy organi tomonidan qabul qilingan qarori belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga nisbatan eʼtirozi boʻlmasa, tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotlar hamda NNTni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tuman (shahar) boʻlimini xabardor qiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga nisbatan eʼtirozi boʻlsa, asoslantirilgan eʼtirozi va takliflarini mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatda NNTning yuqori organi nomiga yozma ravishda maʼlum qiladi. Eʼtiroz va takliflar ushbu muddatda taqdim etilmagan taqdirda tugatish komissiyasi tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish komissiyasi tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan vaqtdan boshlab NNTni boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi. NNTning muassislari (qatnashchilari) va (yoki) rahbar organi aʼzolari uch ish kuni mobaynida NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplari hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tugatish komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tugatish ishlarini amalga oshiradi va NNTning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari), rahbar organlari aʼzolari yoki boshqa xodimlari manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NNT qarzdor sifatida ishtirok etadigan ijro hujjatlarining ijrosini tugatish tartiboti doirasida taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishonchnomasiz NNT nomidan vakillik qiladi, NNTning moliyaviy, toʻlov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) NNTning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mazkur Nizomda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi. Majlisda barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tugatish komissiyasining vakolatlari quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tugatish ishlari nihoyasiga yetganda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTni tugatish toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NNT faoliyati tiklanganda — tugatish ishlari toʻxtatilganligi va NNT faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) NNT bankrot deb eʼtirof etilganda — NNT bankrot deb eʼtirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida sud qarori qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yangi tugatish komissiyasi tayinlanganda — yangi tugatish komissiyasini tayinlash haqida qaror qabul qilinganda. Ushbu holatda NNTning barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatish komissiyasiga ikki kun muddat mobaynida roʻyxat boʻyicha topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tugatish komissiyasi, uning tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan soʻng uch kun muddat mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) NNTning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb ataladi) xizmat koʻrsatuvchi bankka va NNTning xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan vakolatli bankka ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini hamda tugatish komissiyasi raisi imzosining namunasi qoʻyilgan varaqchani;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NNTning milliy valyutadagi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga, shuningdek yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini NNTning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) NNTning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini NNTning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joydagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, agar uning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana toʻgʻrisidagi belgisi, ularning tugatish komissiyasiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdigʻi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. NNTni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning, shuningdek uning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarining faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlar talablarini taʼminlash boʻyicha ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitimlarni faqat mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NNTga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatish komissiyasining topshirigʻiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son kartotekaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning milliy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlariga, yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan mazkur hisobvaraqlar yopiladi, ulardagi qoldiq mablagʻlar esa toʻlov topshiriqnomasi asosida NNTning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan tugatish komissiyasining ariza-topshiriqnomasi asosida mazkur hisobvaraqlar yopiladi hamda ulardagi qoldiq mablagʻlar milliy valyutadagi asosiy hisobvaraq ochilgan bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, agar asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank boʻlmasa, unda boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tugatish komissiyasi (uning tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda NNT xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish, shuningdek yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarni yopish chora-tadbirlarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NNTning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yil boshidan boshlab NNTni tugatish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda NNT tomonidan toʻlanadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) NNTning debitorlik qarzlarini undirish, kreditorlarni aniqlash va ularni tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) NNTning tugatilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda NNTning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon berilishini tashkil qiladi. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek NNTning tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTni tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, tartib raqami);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan arizalarni qabul qilish muddati. Ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatining mavjudligini belgilangan tartibda aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlsa, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida NNT faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq tugatish balansi NNTning yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida, tasdiqnomani (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilarni) olgan holda har qaysi kreditorni uning talablari eʼtirof etilgani yoki rad qilingani, eʼtirof etilgan talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatish komissiyasi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun NNT tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi navbatda — Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari (kalendar boʻyicha navbatli tartibda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan taʼminlangan talablarini qondirish NNTning (jamoat fondlari bundan mustasno) garovga qoʻyilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar qoldigʻi kreditorlar talablarini mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatish komissiyasi tomonidan NNT mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi va mazkur mol-mulkni ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash qiymati boʻyicha, mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kreditorlar talablarini qondirish NNTning muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa shaxslar tomonidan tugatilayotgan NNTning bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda tugatish komissiyasi NNTni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. NNT bankrot deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin NNTning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatish komissiyasi tomonidan ular NNTni tugatish toʻgʻrisidagi yuqori organ qarorida koʻrsatilgan usullarda va yoʻnalishlarda foydalaniladi va (yoki) xayriya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ortib qolgan mol-mulkni NNTning maqsadlari uchun foydalanishning imkoni boʻlmasa, NNTning asosiy maqsadiga oʻxshash sohalarda vazifalarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilotlarga mulk qilib berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha hollarda mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortib qolgan mol-mulkning NNT muassislari (qatnashchilari), rahbar organi aʼzolari yoki boshqa xodimlari oʻrtasida taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tugatish komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan;

kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk belgilangan tartibda tasarruf etilgandan soʻng tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tugatish balansi NNTning yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatish komissiyasi tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining Byuroning organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga soʻrov yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, bu haqda bir ish kuni mobaynida tugatish komissiyasiga tegishli xulosa berishi shart. Byuroning hududiy boshqarmasi NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrida tugatish komissiyasiga uch ish kuni mobaynida yozma javob yuborishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingandan, shuningdek ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi olingandan keyin, tugatish komissiyasi NNTning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida NNTga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatish komissiyasiga asosiy hisobvaraq yopilgani toʻgʻrisida xulosa beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agar NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari mavjud boʻlsa, ularning yopilganligi haqida reyestrga yozuv kiritish uchun tugatish komissiyasi asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida tegishli adliya organlariga xatlar yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatda alohida boʻlinmaning uchinchi shaxslar oldida majburiyati yoʻqligi kafolatlanishi haqida koʻrsatiladi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmasini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatni olgan adliya organi uch ish kuni mobaynida alohida boʻlinma yopilganligi munosabati bilan Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi va bu haqda ikki ish kuni mobaynida tugatish komissiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tugatish komissiyasi asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin, NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari mavjud boʻlgan taqdirda esa — ularning reyestrdan chiqarilganligi haqidagi tegishli adliya organlarining xabarnomalarini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarni davlat arxiviga, shuningdek muhr va shtamplarni yoʻq qilish uchun ichki ishlar organiga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar NNT yuridik shaxs hisoblangan alohida boʻlinmalarga ega boʻlsa, ularni tugatish ishlari yakunlanib, alohida boʻlinmalarni davlat reyestridan chiqarilganligi haqida ushbu Nizomning 32-bandida belgilangan tartibda adliya organlarining bergan xabarnomalari tugatish komissiyasi tomonidan olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tegishli hujjatlar davlat arxiviga, muhr va shtamplar esa — ichki ishlar organiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tugatish komissiyasi NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yozuv kiritish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTni tugatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan NNTning tugatilganligi toʻgʻrisidagi eʼlon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning ustavi (nizomi) va nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar NNTning alohida boʻlinmalari mavjud boʻlsa, ularning tegishli reyestrlardan chiqarilganligi haqida adliya organlarining xabarnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin ortib qolgan mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va shtamplar yoʻq qilinganligi haqida ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar mavjud boʻlsa, barcha litsenziyalar va ruxsatnomalarning, shuningdek NNT ramzi davlat roʻyxatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqida Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
(30-bandning oʻn ikkinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNT hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNT tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmasa yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻgʻri maʼlumot keltirilganligi yoxud NNTni tugatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilganligi aniqlansa davlat reyestriga yozuvlar kiritilishi rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestriga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan xatni tugatish komissiyasiga beradi hamda olingan barcha hujjatlarni qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestriga yozuv kiritish haqidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga NNT tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNT tugatilganligi toʻgʻrisida tugatish komissiyasini, davlat soliq xizmati va statistika organlarini belgilangan tartibda xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. NNTni majburiy tugatish mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. NNTni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda sud tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga muvofiq, tugatish komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda sud tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tugatish komissiyasi sudning qarorini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida uning nusxasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori nusxasini olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek Byuroning tuman (shahar) boʻlimini xabardor qiladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab NNTni boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi. NNTning muassislari (qatnashchilari) va (yoki) rahbar organi aʼzolari uch ish kuni mobaynida NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplarini hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tugatish ishlari mazkur Nizomning 8 — 22-bandlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oraliq tugatish balansi tugatish komissiyasi tomonidan NNTni roʻyxatga olgan organ bilan kelishilgandan soʻng tasdiqlanadi. Oraliq tugatish balansi loyihasini qabul qilib olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bir hafta muddat mobaynida yozma eʼtiroz berilmagan taqdirda oraliq tugatish balansi kelishilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin NNTning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatish komissiyasi ulardan NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sudning qarorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun foydalaniladi. Bunda mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sudning qarorida mol-mulk taqdiri hal etilmagan boʻlsa, tugatish komissiyasi kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ortib qolgan mol-mulkning taqdirini hal qilish yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tugatish komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin qolgan mol-mulkdan sudning qarorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun foydalanilgandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish balansi NNTni roʻyxatga olgan organ bilan kelishilgandan soʻng tugatish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish balansi loyihasini olgan roʻyxatga oluvchi organ tomonidan bir hafta muddat mobaynida yozma eʼtiroz berilmagan taqdirda tugatish balansi kelishilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatish komissiyasi tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatish komissiyasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berishi shart. Byuroning hududiy boshqarmasi, NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, bu haqda tugatish komissiyasiga uch ish kuni mobaynida yozma javob berishi shart.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. NNTni tugatishning keyingi jarayonlari hamda NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish mazkur Nizomning 27 — 32-bandlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. NNTning tugatilganligi haqida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yozuv kiritilishidan oldin ixtiyoriy tugatishning boshqa har qanday bosqichida NNTning vakolatli yuqori organi tomonidan faoliyatni tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. NNTni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab yetti oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar koʻrsatilgan muddat mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa yoki NNTning vakolatli yuqori organi tomonidan faoliyatni tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilinmasa roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda taʼsir choralarini qoʻllaydi va NNTni majburiy tugatish choralarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. NNT muassislari (qatnashchilari), rahbar organi aʼzolari yoki boshqa xodimlari hamda tugatish komissiyasi aʼzolari oʻzlari tayyorlagan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga), rahbar organ aʼzolariga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 29-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)