OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari va texnologiyalari boʻyicha yoʻriqnomaning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1836-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-sonli “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3214, 27.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 2006-yil 10-fevraldagi 21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2008-yil 12-iyundagi 01-193, 173 va 25-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836, 2008-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 287-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari va texnologiyalari boʻyicha yoʻriqnomaning 13-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tinglovchilarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) Komissiya tomonidan taʼlim muassasasi oʻtkazgan yakuniy nazoratlarni tahlil qilish orqali baholanadi”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-dekabr,
27/qq-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-dekabr,
52/qq-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-dekabr,
61-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 19-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 19-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2014-yil 19-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri v.v.b. B. AXMEDOV
2014-yil 19-dekabr
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
2014-yil 19-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi raisi A. RAMATOV
2014-yil 19-dekabr
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 19-dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 19-dekabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Q. SANAQULOV
2014-yil 19-dekabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURITDINOV
2014-yil 19-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 633-modda)