28.02.2002 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK MEHNATGA LAYOQATSIZLIK BO‘YICHA NAFAQALAR TO‘LASH CHEGARASINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisning 2001-yil 6-dekabrdagi 306-II-son qarori bilan ma’qullangan Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 285-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yil 1-martdan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bo‘lgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun — 18 yosh) to‘lmagan uch nafar va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bo‘lgan xodimlarga, shuningdek xodim ishda shikastlanish va kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda — oylik ish haqining to‘liq miqdorida;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab — oylik ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan hollarda, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab — oylik ish haqining 60 foizidan 80 foizigacha miqdorda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 3-4-son, 36-modda, 10-son, 83-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)